Davlatning narx siyosati – bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida narxlarni erkinlashtirish va milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Narxlarni erkinlashtirishdan quydagi maqsadlar ko‘zlanadi:
narx bilan aholi daromadlari va korxonalar foydasi o‘rtasidagi mutanosiblikka erishish;
investitsion tovarlar, iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining oqilona nisbatini ta’minlash;
ishlab chiqarish vositalari, xalq iste’mol tovarlari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari hamda tariflariga o‘tish;
milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish.
Narxlarni erkinlashtirish-iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalish-laridan biri bo‘lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Narxlarni erkinlashtirish xom ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. SHu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish;
b) narxlar o‘sishini sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish; v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish.