Maksvell tenglamalarining differensial ko`rinishi
Maksvell tenglamalari 4 ta tenglamaning vektor ko`rinishidan iborat sistema. Ushbu tenglamalar birinchi tartibli chiziqli xususiy hosilali tenglamalardir. Ular orqali 4 ta vektor kattalik (�,�,�,� ) ning 12 ta komponenti aniqlanadi: Bu yerda qalin shriftlar bilan vektor kattaliklar, og`ma shriftlar bilan esa skalyar kattaliklar ifodalangan.
Kiritilgan belgilashlar:
-
� - elektr zaryadining hajmiy zichligi (SI sistemasida �/�2 )
-
� - elektr toki zichligi (SI sistemasida �/�2 )
-
� — yorug`lik tezligining vakkumdagi qiymati (299 792 458 m/s);
-
� — elektr maydon kuchlanganligi (SI sistemasida birligi — V/m);
-
� — magnit maydon kuchlanganligi (SI sistemasida birligi— А/m);
-
� — elektr induksiyasi (SI sistemasida birligi — C/m2);
-
� — magnit induksiyasi (SI sistemasidagi birligi— Tl = W/m2 = kg•s−2•А−1);
-
∇ — Nabla differensial operatori, bunda:
∇×�≡rot� yozuvi � vektorning rotorini anglatadi.
∇⋅�≡div� yozuvi � vektorning divergensiyasini anglatadi.
Gauss teoremasi — elektrostatikaning asosiy teoremasi. Berk sirt orqali oʻtayotgan elektr maydon kuchlanganligi £ oqimi bilan shu sirt ichida joylashgan zaryad q kattaligi orasidagi bogʻlanishni ifodalaydi. Berk sirt orqali oʻtayotgan oqim jV shu sirtning hamma elementlari orqali oʻtayotgan oqimlar yigʻindisiga teng:N = Ye EnliSj = 4ld.
G. t. Kulon qonuni (qoʻzgʻalmas nuqtaviy zaryadlarning vakuumda oʻzaro taʼsirlashuvi qonuni)dan kelib chiqadi. G. t.ni K. Gauss taklif qilgan.
Maksvell taqsimoti - statistik muvozanat holatida turgan fizik sistema tarkibidagi klassik mexanika qonunlariga boʻysunuvchi zarralar (molekula, atom, elektron va boshqalar) ning tezlik boʻyicha taqsimlanishi qonuni. 1859-yilda J. K. Maksvell aniqlagan. Maksvell taqsimotiga, asosan, statistik muvozanat holatidagi gazda ixtiyoriy molekula tezligi v ning koordinatalardagi proyeksiyalarining mos ravishda erishishi mumkin boʻlgan istalgan vx vy,vz kattaliklarga toʻgʻri keluvchi birlik intervaldagi qiymatlardan birortasiga teng boʻlish ehtimolligini ifodalaydi. Maksvell taqsimoti birinchi marta 1920-yilda nemis fizigi O. Shtern tomonidan qizdirish natijasida kumush atomlarining bugʻlanib chikib turishidan foydalanib oʻtkazgan tajribalarida toʻla tasdiqlangan.
Adabiyotlar:
-
Ahmadjonov O.I., Fizika kursi, 3 t. O'qituvchi 1988.
-
Trofimova T.I., Kurs fiziki, M., Visshaya shkola, 2000.
-
Savelyev I.V., Kurs obshey fiziki, t. 3, M., Nauka, 2000.
-
Gribov L.A., Prokofeva N.I. Osnovi fiziki, Gardarika. M., 1998.
-
S.X.Astanov, M.Z.Sharipov, N.N.Dalmuradova, R.V.Metanidze “Umumiy fizika kursining elektr bo’limidan” elektron darslik.
Dostları ilə paylaş: |