31
o‘rga-nishni boshla, toki amalda va xotirada shularni o‘zlashtirib
olmaguncha ikkinchisiga o‘tma, toki sen amalda va xotirada ularni
uzlashtirib olma-guningcha.
Naturaga qarab rasm chizish jarayonida, aniq sistema va o‘quv
rassom -pedagog topshirig‘ini bajarishda metodik ketma - ketlikka
rioya qilish haqida P.P. Chistyakov shunday deb yozgan edi:
“Chizuvchi o‘ylamaydi, ko‘radi va o‘zicha chizadi. Chizilayotgan
predmet sizning-cha qanday emas, balki naturada qanday bo‘lsa,
shunday chizilishi kerak. Bu jarayonda faqat sezgi, iste’dod kamlik
qiladi, tafakkur yuritish kerak. Ish ma’lum tartibni talab etadiki, uni
o‘rtasi yoki oxiridan emas, balki bir boshdan boshlash kerak. Bunda
dastlab ko‘rish, o‘ylash va mulohaza yuritish talab etiladi. Axir
aytadilarku, etti o‘lchab, bir kes deb… Iste’dodni xudo beradi, qonunlar
esa naturada yotadi...”
Darhaqiqat, rasm chizish jarayonida chizuvchi qalam vositasida bir
qator murakkab vazifalarni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Qog‘oz tekisligida
hajmiy shaklni tasvirlash uchun tasvirlovchi naturaning kompozitsiyasi,
shakli ustida ishlash kerak, uning atrofidagi holatni yorug‘ - soya orqali
ifodalash zarur. Umumlashtrish, tipik tomonlarni ajratish kabi
vazifalarni hal qilish zarur. Yuqoridagi omillar ishning badiiy
ta’sirchanligini ta’minlashini unutmaslik lozim. Demak, rasm chizishda
ma’lum bir ketma - ketlik saqlanmasa, mazkur vazifalarning yechimi
rassom uchun ancha murakkablashadi. (12 - rasm).
Dostları ilə paylaş: