Xitoyning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish borasidagi yondashuvi g‘arb mamlakatlaridan jiddiy farq qiladi. Xitoy o‘sib borayotgan ishlab chiqarish sektorlarini yanada rivojlantirish bilan atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyillarini muvofiqlashtirishga harakat qilmoqda. Bu borada quyidagi uch jihatini ajratib ko‘rsatish mumkin.

Birinchidan, Xitoyda sanoatlashishga qarshi kurashish barqaror rivojlanish konsepsiyasiga kirmaydi, aksincha ushbu jarayonni davom ettirish ekologik muammolar yechimi sifatida qaraladi. SHu nuqtai nazardan yoqilg‘i resurslarini qazib chiqarish va og‘ir sanoatning boshqa tarmoqlarida asosiy fondlar miqdorini ko‘paytirish, yangilash va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash muntazam rag‘batlantirib boriladi. Bu esa o‘z navbatida resurslarni tejovchi va energiya sig‘imkorligini pasaytiruvchi yangi usullarni izlab topishga undaydi.
Ikkinchidan, xitoy hukumati mamlakatning ichki hududlarini rivojlantirish maqsadida janubdan shimolga suv olib borish, transport tarmoqlarini kengaytirish kabi infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqda. Davlat eski hududlarda yer narxini oshirish va ekologik talablarni yanada kuchaytirish orqali ishlab chiqarish korxonalarini yangi sanoat hududlariga olib o‘tishni rag‘batlantirmoqda.
Uchinchidan, Xitoyda barqaror rivojlanishni ta’minlashda ijtimoiy (kambag‘allikka qarshi kurash, urbanizatsiya darajasining o‘sishi) komponent yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu yo‘nalishda tug‘ilish va shaharlarga migratsiyani cheklash, sanoatni qishloqlarga olib kirish, tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha jamoat ishlarini joriy etish (ommaviy tarzda o‘rmonzorlar barpo etish) kabi islohotlar amalga oshirildi.