155
qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr
yuritadi, kerak bo‗lsa, qonuniyyo‗llarbilano‗zmaqsadlarigaerishishgaintiladi.
Sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini taminlaydigan eng qulay
variantlarni, ijtimoiy-madaniy modellarni topishdan iborat. Bular jamiyat va
insonning o‗z-o‗zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir.
Sotsiologiyaning vazifasi murakkab sotsial dunyoni tashkil etuvchi o‗zaro
birikuvchi va harakat qiluvchi tuzilma va mexanizmlar mohiyatini aniqlashdan hamda
ularning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdani borat. Shunday qilib,
Sotsiologiya tarixi yaniq ijtimoiy tizimlar amal qilishining sotsial umumiy qonun va
qonuniyatlari haqidagi, ushbu qonun va qonuniyatlarning shaxslar, ijtimoiy guruhlar,
birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatida nomoyon bo‗lishi va tasir ko‗rsatishda haqidagi
fandir.
Sotsiologiya ijtimoiy hayotni u yoki bu shaklda va sohada o‗rganar ekan, u
avvalo sotsial voqelik haqidagi bilimlarni shakllantirish, sotsial rivojlanish
jarayonlarini tasvirlash, tushuntirish, o‗zining asosiy metodologiyasini va
sotsiologik tadqiqot metodlarini ishlab chiqish kabi ilmiy muammolarni hal etadi.
Sotsiologiyaning jamiya thayoti bilan xilma-xil aloqasi, uning ijtimoiy
burchi birinchi navbatda u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Har qanday
fanlar kabi sotsiologiyaning eng asosiy funksiyalaridan biri nazariy va
amaliyotning birligidir.
Sotsiologik tadqiqotlarning ko‗pchilik qismi amaliy muammolarni hal etishga
yo‗naltirilgan. Sotsiologiyaning amaliy yo‗naltirilganligi shunda nomoyon
bo‗ladiki, u ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish mayllari haqidagi ilmiy asoslangan
ma‘lumotni ishlab chiqishga qodir. Mana shunda uning oldindan aytib berish
funksiyasi namoyon bo‗ladi. Jamiyat hayotida sotsiologik tadqiqotlardan ijtimoiy
hayotning turli sohalarini rivojlantirishni rejalashtirishda foydalanish katta
ahamiyatga ega. Sotsial rejalashtirish ijtimoiy tizim qanday bo‗lishdan qati nazar
hamma mamlakatlarda rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: