Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə90/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Nazorat savollari
  1. Gumanistik psixologiyaning asosiy prinsiplari


  2. G.Olportning shaxs nazariyasi. Taniqli AQSH psixologi


  3. Shaxs tiplari:


    1. A.Maslou shaxs nazariyasi.

    2. Maslou ehtiyojlar piramidasi.

  4. K. Rodjersning shaxs nazariyasi.


  5. Men konsepsiyasi xarakterlovchi jihatlari.


  6. Shaxs markazlashgan psixoterapiyaning asosiy prinsipi.


  7. R.Meyining shaxs xislatlari.




5- mavzu. SHAXS EKZISTENSIAL PSIXOLOGIYASI
Reja:
1. Ekzistensial psixologiyada shaxs.
2. V.Frankl: Ekzistensial analiz va logoterapiya nazariyasi.
3.L.Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistensial nazariyasi.
Ekzistensial psixologiyada shaxs
An’anaviy hayot mazmuni muammolari falsafaning predmeti hisoblanadi. Faylasuflar odamning hayoti mazmuni nima va u qanday bo‘lishi kerakligi masalasini muhokama qildilar va echimini topishga harakat qildilar. O‘z navbatida psixologiya ham fanlari tizimida hayot mazmuniy muammolariga yo‘naltirilgan, aniq ta’riflangan, maxsus intizom yo‘q.(bunga o‘xshaganlarning bir qismi biologik sababdan tortib g‘oyaviy sababgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni ko‘rib chiqadigan ruhlanish (motivatsiya) nazariyasini o‘z ichiga oladi). Shuning uchun hayot mazmunining muammosi bilan alohida maktab -ekzistensial psixologiya shug‘ullanadi."Ekzistensiya" tushunchasining o‘zi, so‘zma-so‘z tarjima qilganda “paydo bo‘lish”, “vujudga kelish”,“shakllanish”ma’nolarini anglatadi.Bu butun ekzistensializmning mohiyatini nafaqat psixologiya va psixoterapiyada, balki falsafa, san’at, adabiyot va hokazolarda ham aniq aks ettiradi. Unda odam psixodinamik mexanizmlari, xulq-atvor shakli, tabiiy va shaxsiy sifatlarining statik to‘plami sifatida emas, balki doim bor bo‘lgan va bo‘luvchi mavjudot sifatida asosiy rol o‘ynaydi.
Psixologiyada ekzistensial yo‘nalish XX asrning birinchi yarmida Evropada ikkita g‘oyaning chegarasida vujudga keldi: bir tomondan bu o‘sha paytda odamning holis va ilmiy tahlilining ko‘rsatmasi va deterministik qarashlari bilan hukmronlik qilgan ko‘plab psixolog va terapevtlarning qanoatlanmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu psixologiya va psixiatriyaga katta qiziqish uyg‘otgan ekzistensial falsafaning shiddatli rivojidir. Natijada psixologiyada Karl YAspers, Lyudvig Binsvanger, Medard Boss, Viktor Frankl kabilar tomonidan taqdim etilgan yangi – ekzistensial oqim vujudga keldi. Ekzistensializmning psixologiyaga ta’siri asl ekzistensializm yo‘nalishining shakllanishi bilan chegaralanib qolmadi. Juda ko‘plab psixologik maktablar u yoki bu miqyosda mana shu g‘oyalarni o‘ziga singdirdilar.
Ayniqsa, E. Fromm, F. Perls, K. Xorni, S. L. Rubinshteynlarning ekzistensial motivlari juda kuchli. Shunday qilib ekzistensial psixologiya quyidagilarni o‘rganadi:
1) o‘lim, hayot va vaqt muammolarini;
2) tanlash va javobgarlik erkinligi muammolarini;
3) yolg‘izlik, sevgi va muloqot muammolarini;
4) mavjudlikning mazmunini qidirish muammolarini.
Ekzistensial psixologiyaning asosiy predmeti – odamzod hayotining mazmuni, uni yo‘qotish, o‘zgartirish va erishishning shart-sharoitlari. Viktor Frankl, Rollo Mey, Djeyms Byudjental kabi mualliflar tomonidan ekzistensial falsafa asosida ishlab chiqilgan umumpsixologik nazariyalar va psixologik praktikaning metodologik asoslari bugungi kunda ekzistensial psixologiyaning cho‘qqilari hisoblanadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin