Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Zoopsixologiyada atomistik nazariya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə54/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Zoopsixologiyada atomistik nazariya. Atomistik nazariyalar guruhiga inson va hayvonlarning bir xilligini ta’kidlovchi nazariyalarni kiritishimiz mumkin. Insonpsixikasi hayvonlarning psixikasidan bir muncha murakkab ekanligi ta’kidlanadi. Inson o‘z rivojlanishi jarayonida hayvonlarga xos bo‘lgan xatti-harakat va xulq-atvor tarzini takrorlaydi degan umumbiologik qonuniyatning paydo bo‘lishiga zamin yaratiladi. Bu xulq-atvorga evolyusion yondashuvning asosini tashkil etadi. Mazkur g‘oyaning tarafdorlari sodda hayvonlarning xulq-atvor xususiyatlari va insonning faoliyatini bir-biriga solishtirish orqali tahlil qilganlar. Atomistik nazariya tarafdorlari laboratoriya sharoitida eksperimentlar o‘tkazishni ma’qul ko‘radilar. Ularning asosiy kamchiligi shundan iboratki, tadqiqot natijalari ustida chuqur mulohaza yuritmasdan, eksperimentlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarishni afzal bilishgan. Biroq atomistlar hayvonlardagi psixik xususiyatlarning o‘ziga xos jihatlarini aniqlay olganlar. Morfologlar, gistologlar, fiziologlar va ximiklarning bu davrdagi tadqiqotlarga beqiyos katta hissa qo‘shganlar. Shunday qilib, ular eksperimental zoopsixologiya vaasab tizimi fiziologiyasi yo‘nalishining paydo bo‘lishiga asos solganlar.
Tropizmlar nazariyasi asoschisi amerikalik biologJ.Leb(1859-1924) bo‘lib,bu yo‘nalishning tarafdorlari fiziologik jarayonlarning tashqi holatlari kimyoviy reaksiyalardan iborat deb hisoblaganlar. Ushbu nazariya ham zoopsixologiyaning shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. Biroq bu yo‘nalish tarafdorlarining fikriga ko‘ra ular kimyoviy reaksiyalarni o‘rganish asosida psixik jarayonlarni ham o‘rganish mumkin deb hisoblaganlar. Tropizmlar o‘simlik va hayvonot olamining yorug‘likka, mexanik ta’sirlarga, kimyoviy ta’sirlarga, haroratga nisbatan javob berish qobiliyati sifatida talqin etilgan. Masalan, o‘simliklarning yorug‘likka intilish qobiliyati, Lebning fikriga ko‘ra, ijobiy fototropizm deb ataladi. YOrug‘likdan qochish xususiyati esa salbiy fototropizm sifatida talqin qilgan. Tropizm nazariyasi tarafdorlari o‘simlik dunyosi bilan chegaralanib qolmasdan, balki hayvonot olamiga ham shu xususiyatlarni qo‘llashgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin