Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org
Jinsiy tanlanish nazariyalari Darvin organik olamning evolyusiyasi haqidagi ta’limotni irsiy o‘zgarishlarning tabiiy tanlanishiga asoslanib tuzgan edi. U ma’lum bir tomonga yo‘nalmagan noaniq o‘zgaruvchanlikka katta ahamiyat bergan edi. Darvin noaniq o‘zgarishlar deb nom bergan o‘zgaruvchanlik hozirgi genetika nuqtai nazaridan mutatsiyalardir. Mutatsiyalar tabiiy tanlanish va seleksiya uchun muhimahamiyatga ega. Tabiiy tanlanish natijasida turlar o‘zgaradi, tevarak-atrof-muhitsharoitiga moslashgan yangi turlar va tur xillari vujudga keladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, irsiy o‘zgaruvchanlikning o‘zi tur kelib chiqishiga sabab bo‘lmaydi, balki u turlarning rivojlanishida tabiiy tanlanishga boshlang‘ich material bo‘lib xizmat qiladi. Mutatsiyalar organizmning har qanday morfologik, fiziologik, bioximiyaviy belgilarini o‘zgartiradi.
Morfologik mutatsiyalar tufayli o‘simlik va hayvonlarning o‘sish va shakllanish xarakteri o‘zgaradi. Masalan, bir qancha chorva mollari (qoramol, qo‘y va boshqalarning) kalta oyoqli, hasharotlar qanotsiz va ko‘zsiz bo‘lishi, o‘simliklar har xil organlarining tuksiz bo‘lishi va albinizm hodisalari morfologik mutatsiyaga misoldir.
Fiziologik mutatsiyalar organizmlardagi fiziologik jarayonlarni o‘zgartiradi, natijada ularning yashovchanligi ortishi yoki pasayishi mumkin.
Bioximiyaviy mutatsiyalar tufayli organizmdagi ma’lum ximiyaviy moddalarning sintezlanishi o‘zgaradi yoki to‘xtaydi. Bunday mutatsiyalar organizmda moddalar almashinishini va uning ximiyaviy tarkibini o‘zgartiradi.
Organizm hujayralari rivojlanishining qaysibosqichida bo‘lishidan kat’i nazar, mutatsiyalar istalgan hujayralarda hosil bo‘laveradi. Agar jinsiy hujayralarda mutatsiya hosil bo‘lsa, generativ mutatsiya, vegetativ (jinssiz) hujayralarda hosil bo‘lsa, somatik mutatsiya deyiladi.
Jinsiy hujayralardagi mutatsiyalar navbatdagi bo‘g‘inning zigota bosqichida namoyon bo‘ladi. Agar mutatsiya dominant bo‘lsa, birinchi bo‘g‘in duragayning zigotasida, agar retsessiv bo‘lsa, keyingi (F2F3 va hokazo) bo‘g‘inlarda, ya’ni gomozigota holatga o‘tish vaqtida hosil bo‘ladi.
Somatik mutatsiyalar o‘z tabiatiga ko‘ra, generativ mutatsiyalardan farqqilmaydi, faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda uchraydigan somatik mutatsiyalar evolyusiya uchun va seleksiya amaliyoti uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Chunki bunday mutatsiyalar (odam sochida bir to‘p oq paydo bo‘lishi, bir ko‘zning qoraroq, ikkinchisining ochroqbo‘lishi, qorako‘l terida qora dog‘ning paydo bo‘lishi va hokazolar) keyingi bo‘g‘inga o‘tmaydi.
Jinssiz yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlardagi somatik mutatsiyalar seleksiya uchun katta ahamiyatga ega. Masalan, ba’zan o‘simlik novdalarida boshqalardan farqqiladigan barg, gul va mevalar paydo bo‘ladi. Bunday o‘zgaruvchanlik poyaning o‘sishnuqtalaridagi meristema to‘qima hujayralarining mutatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday kurtak mutatsiyasi (spora) deyiladi, o‘simliklar vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilganda ular saqlanib qoladi. Qizil qoraqat (smorodina) butasida oq mevalar hosil bo‘lishi bunga misol bo‘ladi.
Kurtak mutatsiyasidan seleksiya amaliyotida keng foydalaniladi. Urug‘siz olma, nok, uzum navlari somatik mutatsiya natijasida chiqarilgan. Michurin o‘zining «600 grammli Antonovka» olma navini kurtak mutatsiyasidan foydalanib chiqargan.
Jinssiz yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarning somatik mutatsiyasi evolyusiya uchun katta ahamiyatga ega. Ulardagi har bir somatik mutatsiya yangi belgilarga ega bo‘lgan klon avlodini beradi (klon vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan orgnizmlar avlodidir).
Antropogenez. Odamning paydo bo‘lishida biologik omillar katta ahamiyatga ega bo‘lsa-da, biroq ularning o‘zigina antropogenezni tushuntirish uchun yetarli emas. Bu jarayonda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan.
Maymunlar birdaniga tik yura boshlagan emaslar, atrof-muhitning o‘zgarishi, o‘rmon sharoitidan ochiq yerda yashashga o‘tish tufayli ayrim maymunlarda paydo bo‘lgan mutatsion o‘zgaruvchanlik –tik yurishga birmuncha layoqatli bo‘lish, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish orqali million yillar mobaynida saqlanib, takomillashib borgan. Tik yurish natijasida odamsimon maymunlarning harakatlanish darajasi cheklanib qolgan. Dumg‘aza suyaklari birlashib harakatlanmaydigan holga o‘tgan. Bu esa tug‘ilishni birmuncha qiyinlashtirgan bo‘lsa-da, tik yurishga o‘tish odamsimon maymunlarda uzoqdan xavf-xatarni ko‘ra bilish, qurol ushlashga xizmat qiluvchi qo‘llarining ozod bo‘lishiga imkon yaratgan. Shu sababli ham CH.Darvin va F.Engels tik yurish maymunlarni odamga aylanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaganlar.
Odam shakllana boshlashi jarayonida uning qo‘li dastlab yaxshi rivojlanmagan bo‘lib, faqat oddiy harakatlarni bajargan xolos.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli mehnat operatsiyalari uchun foydali bo‘lgan qo‘llari o‘zgargan individlar saqlana borgan. Dastlabki odamsimon maymunlar tayyor narsalardan qurol sifatida foydalanibgina qolmay, balki ularning o‘zlari tayorlay boshlagunlaricha million yillar kerak bo‘lgan. Mehnat qurollarini yasash odam qo‘lini tobora maymun qo‘lidan farq qilishga olib kelgan va odamning tashqi muhitga bo‘lgan tobeligini yengillashtirgan. Qisqacha qilib aytganda odamni –mehnat yaratgan.
Maymunning rivoj;anish jarayonida jamoa bo‘lib yashash ham muhim kasb etgan. Har qanday qurolga ega bo‘lgan ayrim individ yirtqich hayvonlar hujumiga bardosh bera olmas edi. Shu sababli eng qadimgi va qidimgi odamlar jamoa bo‘lib yashay boshlaganlar. Shu yo‘sinda ular yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, ov qilganlar, yosh bolalarni tarbiyalaganlar. Jamoaning kattalari yosh ahzolarini qurol yasashga, ov qilishi usullariga, olovni saqlashga, emishli o‘simlik va hayvonlarni qidirib topishga o‘rgatganlar.