Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


M1 1-mavzu: SHaxs psixologiyasining metodologik printsiplari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə144/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

M1


1-mavzu: SHaxs psixologiyasining metodologik printsiplari
Metodologiya ilmiy metodlar nazariyasi sifatida. SHaxsni o’rganish. Psixologiya tarixida shaxsning o’rni. SHaxsni etnik va gender jihatdan o’rganish. SHaxsni baholash. SHaxsni tadqiq etish. Inson tabiati haqidagi tadqiqotlar. SHaxsni tadqiq etish metodlari. SHaxs nazariyalarini belgilovchi mezonlar. G’arb psixologiya maktabalarida shaxsni tadqiq etish g’oyasining o’ziga xosligi.
A.G.Asmolov bo’yicha shaxsni tadqiq etishda bilish vaziyatlari xususiyatlari. SHaxsni o’rganishda tizimlilik printsipi darajalari, komponentlari va tuzilma hosil qilish mexanizmlari (S.L. Rubinshteyn, B.G. Ananьev, V.S. Merlin). Faolliu printsipi va unga doir uch yondashuv (N.A. Bernshteyn, P.K. Anoxin, D.N. Uznadze, A.N. Leontьev. Taraqqiyot printsipi: determenantlari, darajalari va shaxs rivojlanish bosqichlari (Z. Freyd, E. Erikson, N. MakVilьyams), determinizm printsipi (Dj. Uotson, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontьev), nazariya, eksperiment va amaliyot birligi printsipi (D. Kempbell, V.N. Drujinin, T.V. Kornilova)., determinizm printsipi. SHaxs psixologiyasi, ko’p qirraligi. Individ, shaxs, individuallik. SHaxsning turli fanlar nuktai nazaridan o’rganilishi. SHaxs muammosi va fanning metodologik darajalari. SHaxsga nisbatan evolyutsion, tarixiy va tizimli yondashuv. SHaxs fenotipik xususiyatlarining ontogenezda rivojlanishi. Inson tabiatini evolyutsion jihatdan tadqiq etish.




M2


2-mavzu. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari
Psixoanaliz nazariyasi psixik voqelikni ilmiy bilish shakli sifatida. Psixologik nazariyaning o’ziga xosligi. Implitsit kontseptsiya (Dj. Bruner va R. Tagiuri). Eksplitsit kontseptsiya. Z.Freydning klassik psixoanalizi. Ilmiy ijodning uch bosqichi: affektiv jarohat modeli, topik va strukturali modellar. Freyd bo’yicha psixoseksual taraqqiyot bosqichlari. K.Yungning analitik psixologiyasi. Psixika tuzilmasi. Arxetip va psixik funktsiya tushunchalari. Individuatsiya va uning bosqichlari. SHaxs tpologiyasiga yondashuvlar. A.Adlerning Individual psixologiyasi. Nomukammallik tuyg’usi va nomukammallik kompleksi. SHaxsiy va konstruktiv ustuvorlik hamda sotsial qiziqishlar, iodiy Men. Hayotiy maqsad va hayotiy uslublari tushunchalari. Klassik psixoanalizning olti tamoyili. Zamonaviy psixoanalizning asosiy yo’nalishlari ego-psixologiya (X. Gartmann, A. Freyd, E. Erikson), ob’ektiv munosabatlar psixologiyasi (M. Klyayn, M. Balint, X. Koxut). Psixoanalitiklarning ishlarida mehr va ajralish muammolari (Dj. Boulbi, M. Maler). Ko’chish va qarama-qarshilik.Ko’chish reaktsiyasining namoyon bo’lish tiplari, ko’chishning asosiy elementlari, ko’chish turlari klassifikatsiyasi. Qarama-qarshilik va uning klinik namoyon bo’lishi. Qarama-qarshilik klassifikatsiyalari. Psixologik himoya mexanizmlari va ularni diagnostika metodlari.





Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin