Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə130/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Assotsiativ psixologiya – XVII - XIX asrlarda Angliyada vujudga kelgan yo'nalish bo'lib, assotsiatsiyani asos qilib ish olib borgan.
Bixeviorizm - XX asr boshlarida AQShda vujudga kelgan yo'nalish bo'lib, asoschilari D.Uotson va E.Torndayk.
Vyurtsburg maktabi - XX asr boshlarida nemis psixologlari tomonidan tuzilgan maktab. Ular tafakkurni tadqiqot ob'yekti qilib olgan. Asoschilari Byuler, Ax va boshqalar.
Geshtalt psixologiya - nemischa “shakl” degan ma'noni bildiradi. Asoschilari Vertgeymer, V. Keler, K. Koffka. Shakl-fenomen, idrok va murakkab psixik hodisalarni yaxlit holda o'rgangan.
Introspektiv psixologiya – introspektsiya (o'z - o'zini kuzatish) metodini psixologiyaning asosiy metodi qilib olgan oqim.
Psixologiya - psixik faktlar va uning mexanizmlari haqidagi fan.
Psixika - ruxiy jarayonlar, bilish faoliyatlari, individual psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi va boshqaruvchi xossa.
Parapsixologiya - idrok qilish shakllarini tadqiq qilgan soha bo'lib, u hozirgacha muammolidir.
Freydizm (psixoanaliz) - XX asrda paydo bo'lgan, asoschisi avstriyalik psixiatr Z.Freyd. Predmeti instinktiv mayllar. Ongning rolini inkor qiladi.
Funktsional psixologiya - psixika va shaxsni alohida psixik funktsiya sifatida o'rgangan yo'nalish.
Psixologiya sohalari — faoliyat, taraqqiyot, shaxsning jamiyatga munosabatiga ko'ra.
Determinizm — sababiy bog'liqlik.
Eksperiment -- tajriba usuli
Introspektsiya — o'z - o'zini kuzatish
Bixeviorizm — xulq - atvorni o'rganuvchi oqim.
Freydizm — instinktiv mayllarni o'rganuvchi oqim.
Test metodi — standartlashtirilgan , aqliy taraqqiyotni aniqlovchi usul.
Seskanuvchanlik — psixika taraqqiyotining dastlabki bosqichi bo'lib tirik organizmning biologik ahamiyatga ega qo'zg'atuvchining ta'siriga javob berish.
Sezuvchanlik — psixika taraqqiyotining yuqoriroq bosqichi, sezish bilan bog'liq.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin