Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə119/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Qobiliyatlar
Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga aloqador omillar, tarkiblar bo‘yicha ayrim ma’lumotlar keltirish maqsadga muvofiq: a) qobiliyatlar shaxsning psixologik xususiyatlari ekanligi; b) mazkur xususiyatlarga bilim, ko‘nikma, malaka orttirish bog‘liq; v) ushbu xususiyatlarning o‘zi bilim, ko‘nikma va malakalarga taalluqli emasdir. YUqoridagi voqeliklarning tahlilidan kelib chiqilganida, tovarga berilgan baho, tanlovlardagi muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyasiz ishtirok etishga asoslanib, shaxslarning qobiliyatlari yuzasidan qat’iy qaror kelinishi mumkin edi. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oliy ta’lim jarayonida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha «o‘rtamiyona» talaba keyinchalik ijobiy tomonga o‘zgarishi, boshqa soha (tarmoq)da yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga yondosh ixtisoslikda o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Ta’lim va ijtimoiy turmushda o‘quvsiz, «YAroqsiz» deb baholangan insonlar keyinchalik biron-bir sohaning etakchi mutaxassisi sifatida elga talinilishi, yuqori lavozim egallashi, tadbirkor shaxs sifatida kamol topishi hodisasi tajribada ko‘p uchraydi. Shuning uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash (o‘zlashtirish) jarayonida qobiliyatlar namoyon bo‘lsa-da, lekin ular bilim, ko‘nikma, malakalarga bevosita taalluqli emasdir xuddi shu boisdan, ular bir-biri bilan o‘zaro munosabat va nisbatan nuqtai nazardan tahlil qilinganida qobiliyatlar bilan bilimlar, qobiliyatlar bilan ko‘nikmalar mohiyat, mazmun, ma’no jihatidan bir-biridan tafovut qiladi. Ushbu psixologik hodisa obrazliroq qilib tushuntirilganida, bilim ko‘nikma, malaka mashqlanish tufayli egallaniladigan aniq voqelik deb tasavvur qilinsa, qobiliyatlar shaxsning ruhiy olamidagi hali ro‘yobga chiqmagan imkoniyatidir. Masalan, talabaning o‘qishga kirishi u mutaxassis sifatida kasbiy kamolot uchun imkoniyat tarzida gavdalanishi kabi (uning intilishi, ob’yektiv va sub’yektiv muhit, salomatligi va boshqalar), shaxsning qobiliyatlari kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun imkoniyat tariqasida namoyon bo‘ladi. Kasbiy bilim va ko‘nikmalar egallandimi yoki yo‘qmi, imkoniyat ro‘yobga chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida qolib ketdimi-bularning barchasi ko‘pgina omillarga va sharoitlarga bog‘liqdir. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar (oila, maktab, mehnat jamoasi a’zolari, jamoatchilik) shaxsning u yoki bu bilim hamda ko‘nikmalarni egallashga manfaatdorligi, o‘qish, o‘rgatishga munosabati, ularni tashkil qilish va mustahkamlashga nisbatan ma’suliyat his qilish kabilarning barchasi-imkoniyatning ro‘yobga chiqarish, uning voqelikka aylantirishning kafolatidir. Psixologiyaning metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyatlar-imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatidagi zaruriy mahorat darajasi haqiqat hisoblanadi. Insonda namoyon bo‘layotgan tasviriy san’at qobiliyati uning rassom sifatida shakllanishiga kafolat bera olmaydi. Rassomlikni egallashi uchun maxsus ta’lim berilishi, tabiatga o‘zgacha munosabati, idrok qilish hayoloti, shaxsiy fazilati, salomatligi, matolar, mo‘yqalamlar, bo‘yoqlar, moslama asboblar va boshqalar muhayyo bo‘lishi lozim. Ta’kidlab o‘tilgan vositalar, shart-sharoitlarsiz tasviriy san’at qobiliyatlari taraqqiy etmay turiboq, ilk ko‘rinishidayoq so‘na borishi mumkin. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot pallasida bunday hodisalar son-sanoqsiz bo‘lib o‘tganligi hech kimga sir emas, albatta.
Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Agar shaxs rasm solishga hali o‘rganmagan bo‘lsa, mabodo u tasviriy faoliyatning malakalarini uddalay olmasa, uning tasviriy san’atga nisbatan qobiliyatlari yuzasidan mulohaza yuritishga o‘rin ham yo‘q. Bularning barchasi bo‘lg‘usi rassomning ish uslubi, usullari, rangga munosabatlarini qanchalik tez va oson o‘zlashtirishida hamda borliqdagi go‘zallikni idrok qilish, tasavvur etishida yuzaga keladi.

Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi

Psixologiyada qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyatlari bo‘yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o‘rtasida farqlar sifat va miqdor jihatidan bir talay bo‘lishi mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdori tavsifi esa faoliyatga qo‘yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo‘sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog‘lik tez, engil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.


Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishida, birinchidan, maqsadga turlicha yo‘llar orqali erishishga imkon beruvchi «o‘zgaruvchan miqdor» to‘plami tariqasida, ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi shaxsning individual psixologik xislatlari (fazilatlari) murakkab majmuasi ko‘rinishida gavdalanadi. Masalan, fakultet dekanati va o‘qituvchilar jamoasi tomonidan yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega deb baholangan IV kurs boshlig‘i («oqsoli») Mahkamda mana bunday psixologik xususiyatlar majmuasini ko‘rish mumkin, chunonchi, tashabbuskorlik, talabchanlik, mehribonlik, e’tiborlilik, kuzatuvchanlik, tengdoshlarini tashxis qila olishlik, kashfiyotchilik, javobgarlik, hamdardlik, jozibadorlik, hamkorlik, samiymiylik, hissiy yaqinlik kabilar. Mahkamning qobiliyatini boshqa tashkilotchilar qobiliyati bilan qiyoslanganda ko‘lami keng, mohiyati chuqur bo‘lish bilan birga, balki o‘zining sifati bilan ham ajralib turadi. Xuddi shu fakultetning III kurs boshlig‘i («oqsoqoli») Adham ham tashkilotchi, uddaburon shaxs, lekin faoliyatni amalga oshirish, o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatish mutlaqo boshqa omillarga asoslanadi. Shuning uchun tashkilotchilik qobiliyati boshqa psixologik xislatlar majmuasini (turkumini) tashkil qiladi, chunonchi, zaiflarga nisbatan shafqatsizlik, jamoa a’zolariga tazyiq o‘tkazishlik, uddaburonlik, amalparastlik, maqtanchoqlik va boshqalar.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, u yoki bu faoliyatni amalga oshirishda o‘zaro o‘xshash yoki bir-biri bilan farqlanuvchi turlicha qobiliyatlar turkumi (majmuasi, birikmasi) ishtirok etishi mumkin ekan. Bu psixologik hodisa tahlili orqali shaxs qobiliyatlarining muhim jabhalari yaqqol ko‘zga tashlanadi, jumladan, shaxsdagi bir xislatning o‘rnini boshqasi bosishi (kompensatsiya qilishi, latincha compensatio o‘rnini bosishi, muvofiqlashtirish ma’nosini bildiradi) vujudga keladi, buning uchun inson o‘zi ustida sabr-toqat, chidam bilan mehnat qilishi tufayli yuksak ko‘rsatkichlarga erisha oladi.
Shaxsning qobiliyatida mavjud bo‘lgan o‘rnini bosish (kompensator)lik imkoniyati va eshitishdan mahrum insonlarni maxsus o‘qitish orqali ro‘yobga chiqadi. Hayotda ko‘r musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb egalari etishib chiqqanligi ko‘p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki umuman yo‘qligi ham kasbiy musiqaviy qobiliyatining rivojlanishiga keskin xalaqit bermasligi mumkin. Bu psixologik hodisa (bir qobiliyatni boshqa qobiliyat yordami bilan o‘stirish, ya’ni kompleksatorlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash ishtiyog‘i) sohasida mislsiz keng qo‘lamdagi imkoniyatlarni ochadi. Ushbu voqelikni tasdiqlovchi qator misollarning o‘zida silliq duradgor, mohir tikuvchi bo‘lishi; yirik fan allomasi yirik san’atkor, etuk sportchi ekanligi uchrab turadi. Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhalarida o‘z o‘rnini topa oladilar hamda yuksak yutuqlarga erishadilar, hatto bir necha faoliyat turida tekis muvaffaqiyatlar qozonish ham mumkin.
Qobiliyatlarning miqdoriy tavsifi va ularni o‘lchash muammosi psixologiya fanida o‘ziga xos rivojlanishning tarixiy o‘tmishiga ega. Hozirgi davrda fanning mumtoz psixologlariga aylangan Spirmen, Permen Kettell va boshqalar XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlaridayoq muayyan ixtisoslar uchun kasb tanlashni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zaruriyatidan kelib chiqadigan talablar tazyiqida o‘quv yurtlarida saboq olayotgan shaxslarning qobiliyat darajasini aniqlashga kirishdilar. Ularning taxminlaricha, insonning lavozimiga loyiqligi, uning mehnat faoliyatiga layoqatni, shuningdek, oliy o‘quv yurtlariga, harbiy xizmatga, rahbarlik martabasini egallashga nisbatan layoqatlarini aniqlash imkoniyati mavjuddir. O‘tgan asrda qobiliyatlarni o‘lchash usuli, mezoni tariqasida aqliy iste’dod testlari ishlab chiqildi va AQSH, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda o‘quvchilarni saralash, harbiy xizmatga zobitlarni tanlash, ishlab chiqarishda rahbarlik lavozimiga tasiya qilishda foydalanildi. Hatto Buyuk Britaniyada universitetga kirish huquqini beruvchi test sinovi tizimi ham yaratildi «Aqliy iste’dod» testlari ball yoki ochkolar bilan baholanib, echimga sariflangan vaqtni hisobga olib natijalar yig‘indi holiga keltirilar edi. Masalan, Buyuk Britaniya maktablarida 11 yoshli o‘smirga beriladigan test ko‘rinish; «Pyotr Jemsga qaraganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq. Kim hammadan ko‘ra balandroq?» va tanlagan javobning tagiga chizib qo‘yish talab qilinadi: 1) Pyotr, 2) Edvard; 3) Jeyms; 4) «ayta olmayman». Boshqacharoq testlar berilgan beshta so‘zdan boshqalariga o‘xshamaganini sinaluvchi tanlab olish kerak: 1) qizil, yashil, ko‘k, ho‘l, sariq; 2) yoki, ammo, agar, hozir, garchi va shu kabilar. Testlar murakkabligi ortib borish tamoyili bo‘yicha «Testlar batareyasi» tizimi yaratiladi. Testlar tuzilishi bo‘yicha faqat so‘zlardan iborat (verbal) sinovlar bilan cheklanmasdan, balki turlicha mohiyatli «labirintlar» (yunoncha labyrinthos- chigal holat, murakkab, chalkash ma’nosini bildiradi), «boshqotirma» va shunga o‘xshash sinovlar kiritiladi.

Qobiliyatlar tuzilishi

Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh ta’lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat’i nazar uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, xissiy-irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyan talablar qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’i-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (xislat) faoliyatining yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qurbiga ega, u qobiliyatlar uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar kuch quvvat tariqasida vujudga keladi degan faraz o‘zini oqlamaydi. Shuning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lgan psixik sifatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o‘rinlidir.


Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz:
  1. Umumiy qobiliyat: O‘quv materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, mamavzutik ish-amallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan engil o‘tishlik, masala echishda fikr yuritishning epchilligi kabilar;


  2. adabiy qobiliyat; Nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, «til zehni», behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, mamavzutik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.


YAqqol qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning xislatlari, fazilatlari orasida ustuvorlik qilsa, ayrimlari yordamchilik vazifasini bajaradi. Ma’lumki, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida etakchi xislatlar sifatida pedagogik odob (takt), bolalarni sevish, o‘quvchilar jamoasini tashkil qilish va uni boshqarish, kuzatuvchanlik, talabchanlik, bilimlarga chanqoqlik, bilimlarni uzatishga uquvchanlik va shunga o‘xshashlar tan olinadi. O‘qituvchilik qobiliyatining yordamchi (qo‘shimcha) fazilatlariga quyidagilar kiradi: artistlik, nutqiy qobiliyat, diqqatni taqsimlash, akademik qobiliyatlar va hokazo. Pedagogik qobiliyatlarning etakchi (asosiy) va yordamchi (qo‘shimcha) tarkiblari, jabhalari ta’limjarayoni muvaffaqiyatini ta’minlaydigan birlikni (birikuvni) yuzaga keltiradi hamda o‘qituvchi shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan hamkorlik individual faoliyatini tashkillashtiradi. qobiliyatlardan muayyan darajada umumiy va torroq ma’noda maxsus sifatlarni ajratish orqali ma’lum turkum tizimini yuzaga keltirish mumkin. Bundan kelib chiqqan holda qobiliyatlar guruhiga ajratish maqsadga muvofiq. Umumiy qobiliyatlar (sifatlar) maxsus qobiliyatlarga (sifatlarga) zid tarzda taqin qilish mumkin emas. Shaxsning umumiy qobiliyatlari ularni hosil qiluvchi omillar yaqqol psixologik hodisa yoki voqelikdir. Maxsus qobiliyatlar ko‘lam jihatdan torroq bo‘lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o‘zlarida mujassamlashtiradi.


Rus olimi I. P. Pavlov o‘z ta’limotida « badiiy», «fikrlovchi», «o‘rta» tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimsidan iboratligi to‘g‘risidagi ta’limotiga asoslanadi. Birinchi signallar va ikkinchi signallar tizimsi esa obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signallar tizimsi I. P. Pavlov tomonidan «signallarning signali» deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
  1. shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar sitizimsining signallari nisbatan ustunlik qilsa inson « badiiy» tipga taalluqlidir;


  2. mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa-bu shaxs «fikrlovchi tipga» munosibdir;


  3. agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa (birortasining ustunligi sezilmasa)-bu inson «o‘rta tipga» mansub odamdir.


  4. Tipologiyaning o‘ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo‘ladi:


  1. «Badiiy tip» uchun bavosita taa’ssirot, taassirotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.


  2. «Fikrlovchi tip» uchun, mavhumlarning, mantiqiy tizilmalarining, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarining ustunligi muvofiqdir.


Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqilning etishmasligini bildirmaydi, lekin bu o‘rinda gap psixikasining obrazlari jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida borada, xolos. Biroq shuni ta’kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimsi birinchi signallar tizimsidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutlaqlik xususiyatiga egadir. Ma’lumki, insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o‘rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqni aks ettirish jarayoni so‘zlar, fikrlov vositasida ro‘yobga chiqariladi.


Shunday qilib, shaxsning u yoki bu faoliyatiga tayyorligi tariqasida yuzaga keladigan har qaysi yaqqol qobiliyatlar tuzilishi o‘z tarkibiga etakchi va yordamchi, umumiy va maxsus nomdagi majmua sifatlarni (xislatlarni) qamrab olgan bo‘lib, murakkab tizimdan iboratdir.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin