Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Konstruktlar va boshqa psixik hodisalar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə107/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Konstruktlar va boshqa psixik hodisalar
Shaxs yadrosi konstruktlar sistemasi tomonidan ko‘rsatilgan. Boshqa barcha – shaxsiy va bilish xususiyatlari – bevosita konstrukt fenomeni orqali tavsiflanadi. Shunday qilib, bezovtalik holati konstruktlar o‘zgarishi natijasida vujudga keladi, deb qaraladi. Konstruktiv sistemaning biron hodisaga fokusirovkalanishi diqqatni anglatsa, kontruktiv sistemaga bog‘langan hodisa – xotira, strukturalanmagan hodisa esa unutishni bildiradi.
Kelli shaxsni ong va prognozlashtirishning dastlabki faol sub’yekti sifatida qarab, unda motivatsiya tushunchasidan foydalanmaydi. Bu termin, uning fikricha, shaxs qachonki tadqiqotchi tomonidan passiv mavjudot sifatida qaralsagina ma’noga ega bo‘ladi.
Oxirgi yillardagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, konstruktiv sistema shaklanishining murakkabligi berilayotgan stimullarning murakkabligiga bog‘liqdir. Bunda bola va kattalar o‘rtasidagi munosabatlar muhim rol o‘ynaydi. Lekin hanuzgacha bolaning konstruktiv sistemasi rivojlanish jarayoni to‘liq ochilmgan.
Shaxsni rekonstruksiya qilishda klient bilan psixoterapevtik ishni amalga oshirish muhimdir. Kellining fikricha, psixoterapiyaning maqsadi – konstruktlar sistemasini qayta tiklashdir. Bu tiklanish keyinchalik faoliyatda, tadqiqot jarayonida va reallikni prognoz qilishda sinovdan o‘tadi.


Adabiyotlar:
  1. Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология. Т.: Ўқитувчи, 2010.


  2. Холл К., Линдсей Г. Теории личности. М., 1998.- 796 с.


  3. Хьелл Л., Зиглер Д. Теории личности. СПб.: Питер, 1997. – 608 с.




Nazorat savollari
  1. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi.


  2. Shaxsning asosiy tiplari


  3. Xususiyat va tiplarning neyrofiziologik asoslari


  4. Shaxs xususiyatlarini o‘lchash


  5. Introvert va ekstravertlar o‘rtasidagi farqlar


  6. Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi.


  7. Konstrukt tushunchasi


  8. Konstruktlarning paydo bo‘lishi va ularning tiplari


  9. Konstruktlarning asosiy xarakteristikasi


  10. Kontruktlar sistemasining rivojlanishi


  11. Repertuar panjaralar testi


  12. Konstruktlar va boshqa psixik hodisalar





Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin