Navashin-Krilov suyuqligi. Buning tarkibida 10 ml 1% li xrom kislota eritmasi, 10 ml
10% li formalin va 90 ml distillangan suv bor.
Bu eritmani ishlatish oldidan unga 1-2 ml sirka kislotasi solinadi. Bunda ob’yektlarni 4-6
soat saqlab, so'ngra ob’yektdan xrom kislotasini chiqarib yuborish uchun uzoq vaqt (24-26 soat)
oqar suvda yuviladi. Krilovning taklifi bo'yicha, ob’yektlar Navashin suyuqlig'idan olingandan
keyin 5-10% li formalinga solinishi kerak, bunda ob’yektda qolgan xrom kislotasi tezda chiqib
ketadi, natijada ob’yektlarni yuvish muddati ancha qisqaradi.
Navashin va Krilov suyuqlig'i hujayra o'zaklarini va protoplazmaning tarkibiy qismlarini
temir gematoksilin bilan bo'yashda yaxshi natija beradi.
Dostları ilə paylaş: |