42
bosqinchilik va insonlarni talashning avj olishi, quturishi va haddan oshishi, bu qamoq,
konslager, qatag‗on va surgunlardan iborat ekanini sobiq sovet tuzumi ko‗rsatdi. Bu
vayronkor mafkuraning qullarcha mehnat, vahshiyona ekspluatatsiya, ochlik, qahatchilik,
kasallik, insonlarning bevaqt o‗limi ekaniga postsovet hududidagi xalqlar tarixi guvoh.
BOSH ASSAMBLEYA
— BMT asosiy organlaridan biri, barcha a‘zolarining
umumiy yig‗ilishi. Butun BMTga tegishli vazifalar hamda vakolatlarning muhim qismini
bajaradi. BMT barcha asosiy organlari orasida eng vakolatlisi. Shu organlarni
shakllantirishda ishtirok etadi. BMTga a‘zo hamma davlatlar o‗z vakillariga ega bo‗lgan
yagona organ. Mazkur vakillar ko‗pi bilan 5 delegat va yana shuncha delegat o‗rinbosari
va zarur miqdordagi maslahatchilar va ekspertlardan tashkil topadi. BMTga a‘zo
davlatlarning barchasi BMT Bosh Assambleyasida teng huquqli, ya'ni har biri bir ovozga
ega. Delegasiya majlislar zalida davlatning ingliz tilidagi rasmiy nomiga muvofiq alifbo
tartibida joylashadi. BMT Bosh Assambleyasi BMT Ustavi
doirasidagi yoki uning har
qanday organi vakolat hamda vazifalariga doyr har qanday masala yoxud ishni, bironbir
davlat yoki Xavfsizlik Kengashi o‗rtaga qo‗ygan masalalarni muhokama qilish, shun.,
BMT a‘zolari va (yoki) Xavfsizlik Kengashiga oid tavsiyalarni berish vakolatiga ega.
BMT Bosh Assambleyasi Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‗lmagan a‘zolarini (doimiy
a‘zolari BMT Ustavi 23-moddasida ko‗rsatilgan), Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash a‘zolarini
saylaydi; Xavfsizlik Kengashi bilan birga Xalqaro sud sudyalarini saylashda qatnashadi;
Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga binoan BMT Bosh kotibini tayinlaydi;
Xavfsizlik
Kengashining va BMT boshqa organlarining-yillik hamda maxsus dokladlarini qabul
qilib, ko‗rib chiqadi; BMT budjetini muhokama etib, tasdiklaydi.
BMT Bosh
Assambleyasi navbatdagi-yillik sessiyaga (u odatda sentabr oyining 3-seshanba kuni
ochiladi), shun. maxsus yoki (1950-yildan) favqulodda sessiyaga yig‗iladi. Maxsus
sessiyalar Xavfsizlik Kengashi, BMT a‘zolarining ko‗pchiligi yoki bular ma'qullagan
holda BMT a‘zolaridan birining talabi bilan chaqiriladi.
Dostları ilə paylaş: