Namangan Davlat universiteti Arxivshunoslik yo’nalishi 2-kurs talabasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#196282
1   2   3
Sanaqulov Ruslanjon

Arxiv saqlovxonasi;
arxiv xodimlarining ish xonalari;
arxiv hujjatlarini qabul qilish va vaqtincha saqlash, maqbul iqlim yaratish uchun xonalar;
zararlangan arxiv hujjatlarini izolatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya qilish xonalari;
arxiv hujjatlarini changdan tozalash, muqovalash va ta’mirlash xonalari;
arxiv hujjatlari (mikro, ksero, foto nusxalarini olish, fotota’mirlash va boshqalar)dan nusxa olish va ta’mirlash, plyonkani qayta ishlash va audiovizual hujjatlarni texnik nazoratdan o‘tkazish xonalari;
hisob hujjatlarini saqlash xonalari;
o‘quv zali majmui (yig‘majildlarni berish maydonlari, ma’lumot-qidiruv vositalari – vaqtinchalik saqlovxonalar bilan);
ilmiy-ma’lumotlar kutubxonasi;
metodik kabinet;
ko‘rgazma zali.
Arxivlarni moslashtirilgan bino va xonalarda joylashtirish binolar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Ekspertiza binoning yong‘inga chidamlilik darajasini, asosiy konstruksiyalari va qavatlar orasidagi to‘siqlarni ularning potensial yuklamani hisobga olgan holdagi mustahkamligini, bino xonalarining holatini (qavatlarda, yerto‘lada, chordoqda), isitish va ventilatsiya tizimining mavjudligi va holatini aniqlaydi. Ekspertiza arxiv vakillari ishtirokida, tegishli organ va xizmatlar vakillarini jalb etgan holda o‘tkaziladi. Ekspertiza yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi.Arxivni mustahkam bo‘lmagan, yog‘ochdan qurilgan, asosiy, yerto‘la va chordoq xonalari zax bo‘lgan, pech yordamida isitiladigan binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.Arxiv hujjatlarini saqlash uchun mo‘ljallangan moslashgan binolardagi xonalar shu binoning boshqa xonalaridan ajratilgan bo‘lishi kerak. Arxiv hujjatlarini umumiy ovqatlanish xizmati, oziq-ovqat omborlari, yong‘in chiqish xavfi kuchli bo‘lgan hamda agressiv moddalar yoki yong‘in chiqishi xavfi mavjud va kimyoviy texnologiyalar qo‘llaniladigan binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arxiv saqlovxonasi maksimal darajada arxivning laboratoriya, ishlab chiqarish, maishiy xonalaridan uzoqda joylashtirilishi va ular bilan umumiy ventilatsiya kanallariga ega bo‘lmasligi kerak. Arxiv saqlovxonalarida suv ta’minoti va kanalizatsiya, suvni texnologik va maishiy chiqarish quvurlari o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arxiv saqlovxonasi tabiiy yoki sun’iy ventilatsiyaga ega bo‘lishi kerak. Konditsionerlash tizimlari havoning almashish darajasi 2-3 bo‘lgan havoni retsirkulatsiyalash, muqim harorat va namlik rejimini ta’minlashi, havoni changdan va agressiv aralashmalardan tozalash, shuningdek zamonaviy ixchamlik va tejamkorlik talablariga javob berishi kerak.
Arxiv joylashgan bino, arxiv saqlovxonalaridagi yong‘inga qarshi rejim O‘zbekiston Respublikasining yong‘in xavfsizligiga oid tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Arxivni qo‘riqlash tartibi muhandis-texnik mustahkamligini ta’minlash, arxiv binosini (xonasini) signalizatsiya vositalari bilan jihozlash, xonalarni muhrlash, xizmat xonalarining kalitlarini saqlashni ta’minlash bo‘yicha kompleks choralar orqali ta’minlanadi.
Arxiv saqlovxonalari va arxiv hujjatlari doimiy yoki vaqtincha saqlanadigan xonalar, shuningdek moddiy boyliklar, binodan avariya va zaxira chiqish yo‘llari, kunu-tun qo‘riqlash posti bo‘lmagan hollarda esa — asosiy kirish yo‘li qo‘riqlash signalizatsiyalari bilan albatta jihozlanishi va muhrlanishi lozim.Arxiv saqlovxonalaridan vaqtincha berilgan arxiv hujjatlari, hisob hujjatlari, ilmiy-ma’lumot apparati saqlanadigan xonalar muhrlanmaydigan bo‘lsa — shu hujjatlar saqlanadigan metall shkaflar, seyflar muhrlanishi lozim.Arxiv hujjatlari doimiy yoki vaqtincha saqlanadigan arxiv saqlovxonalari va boshqa xonalar buzib ochilishga qarshi, texnik jihatdan mustahkam, yuqori maxfiylikka ega qulflar o‘rnatilgan eshiklar bilan jihozlanadi.
Kalitlarning hamma nusxalari (maxsus maxfiylik tartibi o‘rnatilgan xonalardan tashqari) arxiv xonalari qulflariga mo‘ljallangan kalitlarni hisobga olish jurnalida hisobga olinadi, uni yuritish arxiv rahbarining buyrug‘I bilan mas’ul mansabdor shaxsga yuklanadi. Mazkur jurnalda xonalarning har biriga mansub kalitlar qaysi xodimda borligi o‘sha xodimning mazkur kalit nusxasini olganligi to‘g‘risidagi tilxati bilan belgilanadi.Arxivning barcha xonalari kalitlari ikki komplekt bo‘lgan qulflar bilan ta’minlanishi, kalitlarning bittasi arxivning qo‘riqlash xizmatida doimo bo‘lishi kerak.
Ish vaqtida va ishdan tashqari vaqtda kalitlarning saqlanish tartibi, qo‘riqlash xizmatidan kalitlarni olish, qo‘riqlash xizmatiga kalitlar va xonalarni topshirish belgilangan tartibda tasdiqlangan arxivni qo‘riqlash tartibi haqidagi yo‘riqnomada belgilanadi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin