62
Ma’lumki, yashil o‘simliklar hayot uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalarni
olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to‘playdi
va quyosh energiyasi
kimyoviy energiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning
asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid
gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. Bunday
organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi. O‘simliklar va boshqa jonivorlar bilan
oziqlanib yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida
organik moddalarni
karbonat angidrid, suv va mineral tuzalarga aylantiradi.
Shunday qilib,
ekotizimdagi energiya oqimi avtrotrof va getrerotrof organizmlar o‘rtasida boradi.
Geterotrof organizmlar safiga kiruvchi redutsentlar murakkab organik moddalarni
mineral birikmalarga aylantiradi. Demak, avtotrof organizmlar o‘plagan mahsulot
va undagi energiya boshqa organizmlar o‘rtasida ozuqa zanjiri orqali taqsimlanadi.
Oziqa zanjiri deb, har bir organizm o‘zidan keyinda turgan organizm uchun ozuqa
bo‘lib xizmat qilishi tushuniladi (4-rasm).
Dostları ilə paylaş: