Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy
faoliyatda va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasi
ni shakllantirish.
Sensor tarbiyaninng mazmuni o'z ichiga tevarak-atrofda
gi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning
hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor
asosga egadir.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va
ularning nomini aytishga o'rgatiladi, ularda rang tuslari ha
qida, bo'yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tus-
lar paydo bo'lishi to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi, shuning
dek ular (nutqning tovush tomonlarini, so'zning tovush tu-
zilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o'quvini
rivojiantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor
tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning sifati-
ni paypaslab, ko'rib farqlash va ularni to'g'ri aytish (silliq, ma-
yin, dag'al, yumshoq, og'ir, yengil, sovuq, issiq va boshqalar]
ko'nikmalarni rivojiantirish ham sensor tarbiya vazifalaridn
biridir.
Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda
vaqt tushunchasini o'zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va
davomliligini anglaydilar. Dastlab bolaning "kecha", "bugun",
"ertaga" tushunchalarini nisbiyligini, vaqtning davomliligini
(bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo'ladi.
Bunga tajribaning to'planib borishi va biror maqsadga qaratil
gan ta'lim natijasida erishiladi.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalar
ning hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mum
kin.
Dostları ilə paylaş: