o 'ym ga qancha
soat ajratiladi?
a) 1 soat
b) 45 daqiqa
v) 30 daqiqa
g) 50 daqiqa
454
XVII BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA TA'LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH VA HISOBGA OLISH Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishni
rejalashtirish
pedagoglar,
tarbiyachi-metodist,
mudira
faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit,
foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko'rsatib,
ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi,
izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi
ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta’kidlab,
bunda u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar,
muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy
qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omiii bo'lgan
tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar ham
da harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga
oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi.
Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassasasi
ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish
vazifasi rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi,
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga:
bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini
aniqlashga, bolalarni yoshga ko'ra pedagogik ta’sir mazmunini
va usullarini tanlashga, bolala^hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik
metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan
foydalanishga yo'llangan bo'lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishla
rini rejalashtirish murakkab bo'lib, tarbiyachidan bolalarning
ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to'g'risidagi bilimlarni,
455
ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va
usullarini bilishni taqozo etadi.