axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy
tarbiyaning barcha masalari bo'yicha materiallar solingan
papka.
-
ota-onaga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni
ko'rsatish mumkin.
Tarbiyachining oilani borib ko'rishi
Bola yashab turgan oilani o'rganish ota-onalar bilan yaqin
aloqa o'rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning
samarali yoTlaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi
sifatida emas maslahatchi, do'st va bola tarbiyasiga yordam
beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga
borishidan asosiy maqsad bola yashayotgan sharoitni ko'rish
va zarur bo'lsa, ota-onalarga yordam ko'rsatishdir. Oilani borib
ko'rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odat
bilan o'tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng
yaxshi tomonlari ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga
bo'lgan hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi bolaning uyida
ko'rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi,
ota-onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy
tomonlar haqida gapiradi. Ularga o'zining maslahatlarini
beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchun
tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oilani borib
ko'rgandagi taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish
ustuniga yozib qo'yishi kerak Oilaga kamida yiliga 2 marta
borib ko'riladi. Tarbiyachining oilaga borishi ota-onalarda
pedagogik madaniyatni oshiradi.
Dostları ilə paylaş: