365
Tayanch tushunchalar:
Ijodiy o'yinlar
- bolalarning mustaqil o'yini bo'lib, o'yin
mazmunini bolalarning o'zlari o'ylab topadilar.
Didaktik o'yin
- maktab yoshidagi bolalarning yoshi va
imkoniyatlariga mos keladigan ta'lim berish metodi.
Nazorat uchun savollar:
1. O'yin faoliyatiga ta'rif bering.
2. O'yin turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlarini yoritib
bering.
3. Bolalar o'yinchoqlariga qo'yiladigan asosiy talablar
nimalardan iborat?
4. Maktabgacha taTim tizimida o'yin texnologiyasining
maqsad va vazifalari nimadan iborat?
5. Interfaol o'yinlarning o'ziga xos tomonlari nimalardan
iborat?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1. O'yin qanday turlarga bo'linadi?
a) ijodiy, qoidali
b] syujetli-rolli, sahnalashtirilgan
v) qurish-yasash, didaktik
g) harakatli, qoidali
2. O'yin MTMlarda qaysi paytlarda o'tkaziladi?
a) ertalab nonushtagacha, nonushtadan keyin
b) mashg'ulot o'rtasida, uyqudan keyin
v) sayr vaqtida
g] hamma javoblar to'g'ri
3. O'yinchoqlarga qanday talablar qo'yiladi?
a) pedagogik, gigiyenik, badiiy talab
b) psixologik, gigiyenik talab
v) pedagogik, psixologik talab
g) estetik talab
366
4. Harakatli o'yinlar qachon rejalashtiriladi?
a] ertalabki va kechki sayr soatlarida kuniga 1-2 marta
b] ertalabki gimnastika vaqtida
v) kunning ikkinchi yarmida
g] mashg’ulotlar vaqtida
5. Hozirgi pedagogik adabiyotlarda o'yinchoqlar qanday
turlarga bo'linadi?
a) syujetli, didaktik, qurish-yasash, sport, motorli
b) texnika, harakatli
v) yumshoq o'yinchoqlar
g) qurish-yasash
367
|