mazmuniga va tarbiyachi belgilagan metodik usullarga
bog'liq.
Odatda metodika kabinetida «MTMda ta'lim -tarbi
ya dasturi»ning hamma bo'lim lari bo'yicha metodik
qo'llanm alar bo'ladi. Yetishmaganini tarbiyachi o'zi tay-
yorlaydi, ba'zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bo
lalarini jalb etadi. Mashg'ulot uchun kerakli m ateriallar
ni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, di
daktik m ateriallar hamma bolalar uchun yetarli ekanligi-
ni tekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o'tkazadigan bo'lsa, u old
indan ekskursiya o'tkaziladigan joyga borib kelishi, kuza
tish uchun obyekt tanlashi, bolalarni qanday joylashtirish-
ni o'ylab qo'yishi, eng yaqin va xavfsiz m arshrutni tanlashi
kerak. Mayda sanoq m aterial!, rasm mashg'uloti, applikatsi-
ya, qurish-yasash uchun m ateriallar, she'r, ertak m atnlari
oldindan tayyorlab qo'yiladi. Ba'zi mashg'ulotlarga tay
yorgarlik ancha oldin boshlanadi. Masalan, kichik guruh
bolalariga ekish yoki ko'chat o'tkazishga qiziqish uyg'otish
uchun ularga ko'karib turgan o'simlikni ko'rsatish kerak.
Buning uchun uni avval yetishtirish zarur.
Navbatchilar mashg'ulotga kerakli jihozlarni tayyorlay-
dilar, stol, stullarni qulay qilib joylashtiradilar, qo'llanma
va, m ateriallarni qo'yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya va mu
siqa mashg'ulotlaridan oldin bolalar poyabzalni almashti-
radilar, sport formasini kiyadilar.
Dostları ilə paylaş: