Pedagogik diagnostika maqsadlarni amalga oshirishda
tarbiyachi tomonidan bolalarni kuzatish katta ahamiyatga
ega. Kuzatish - bolalar rivojlanishidagi ijobiy o'zgarishlarni
ularni tabiiy sharoitda [uyda, guruhda, ochiq maydonchada),
kun davomida turli vaziyatda, butun yil davomida to'plangan
ma'lumotlarni hujjatlashtirib borgan holda baholashning eng
samarali va ishonchli usulidir. Pedagogning ishi ayni pedagogik
kuzatuvdan boshlanishi zarur, chunki u bolani tushunishga,
bolani tushunishdan esa - u va oila a'zolari bilan o'zaro
aloqalarning strategiyasini tanlab olish imkonini yaratadi.
Kuzatish
- bu bolaning ishlayotgan yoki o'ynayotgan
paytida, uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish
jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish orqali xatti-harakatining
turi, bilim olish bo'yicha qiziqishlari, ko'nikmalar darajasi va
rivojlanishdagi ijobiy o'zgarishlarni aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: