N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”
Talabalarningmustaqilishinitashkiletishningasosiyvabirinchitamoyiliuningsistematiktarzda,ya’nidoimiy,uzluksizravishdaamalgaoshirishdir. Ma’lumki, o‘quv jarayonini tashkil etishda qat’iy ketma-ketlik, uzviylikni muntazam olib borish talab qilinadi. Talaba auditoriyada olgan bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirish uchun har kuni mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Bugungi o‘tiladigan mavzuni yaxshi tushunishi va o‘zlashtirishi uchun o‘tilganlarni o‘z qobiliyati va olgan bilimi darajasini yanada chuqurlashtirishga intilishi, mustaqil takrorlashi, o‘rganishi zarur. Chunki ma’ruzada talabaga yo‘llanma beriladi. Dars davomida mavzuga tegishli barcha asosiy savollarni muhokama qilib bo‘lmaydi. Uning iloji yo‘q, ma’ruzada o‘tilgan, muhokama qilingan masalalarni psixologlarning tadqiqoti natijalariga ko‘ra, atigi 5 foizi talabalar yodida qolar ekan. O‘zi o‘qib o‘rgangani, o‘rganganlarini boshqalarga o‘rgatishi esa bir necha baravar ko‘p yodida qolar ekan. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, talabaning o‘zini mustaqil tayyorlanib o‘qishi fanni o‘rganishda, uni asosiy mazmunini tushunish va o‘zlashtirishida, tahlil qilishi, o‘z fikrini ifodalashida muhim rol o‘ynaydi.
Talabaning mustaqil ishidan maqsad o‘qituvchining rahbarligi va nazoratiasosidamuayyano‘quvishlarinimustaqilravishdabajarishuchunzarurbo‘lganbilimvako‘nikmalarnishakllantirishvarivojlantirishdir. Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
internet tarmog‘idan samarali foydalanish;
berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko‘rsatilgan kamchiliklarni qayta ishlash.
ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.
13.2. Mustaqil ishni tashkil qilishning shakllari, xususiyatlari va tamoyillari
Talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo‘lib, ularni bir qismi o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan. Uni har bir talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya’ni talabalar o‘z xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin.