N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k


  Axborot urushi va uning mazmuni



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/79
tarix06.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152700
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q (1)

2. 
Axborot urushi va uning mazmuni. 
Insonlararo o ’zaro 
munosabatlardagi xar qanday ziddiyat - bu, axborotlar ziddiyatidir. 
Axborot har qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur bo Tib, u 
nafaqat, to’qnashuv paytida optimal xatti-harakatlami amalga oshirish, 
balki, maqsadga y o ’nalgan faoliyatni boshqarish imkonini beradi. Tizim 
mavjudligi va barbod b o’lishini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi.
Qadim davrlardan buyon axborotni o ’zaro urush va nizolar 
jarayonida hujum uyushtirish yoki himoyalanish resursi sifatida talqin 
etishga urinishlar bo’lib keladi. Biroq hozirga kelib ilmiy doirada 
«axborot urushi» kategoriya sifatida rasmiy.lashdi. bunday urushlaming 
moxiyatini anglashga doir metodologik yoidashl’lar, nazariyalar 
shakllandi. “Bunday sharoitda, - deb yozadi NA.Kostin, - axborot 
dunyo sahnidagi tarixiy raqobat kechadigan sohaga aylanib, “axborot 
urushi” deb nomlanayotgan faol kurash shakli paydo bo’lmokda”.
Bugungi kunda axborot urushlari haqida k o’p yozilmokda. Bu 
tushunchaning paydo bo ’lish tarixi, ilk marotaba k o ’llanilishi haqida 
turli, ba’zida bir-biriga zid fikr-mulohazalar mavjud. Ularga alohida
147


ravishda to ’xtalmagan holda, bu boradagi ayrim nuqtai nazarlarga 
e ’tibomi qaratish joiz. Manbalarda ta’kidlanishicha, “axborot urushi” 
atamasi ilk bor 1976 yi. “Boeing” kompaniyasi uchun tayyorlangan 
“Qurol tizimi va axboro urushi” deb nomlangan hisobotda Tomas Rona 
tomonidan ishlatilgan. Hujjatda mutaxassis axborot infratuzilmasi AQSh 
iqtisodiyotining muhim komponentiga aylanib borayotgan axborot 
sohasi ham urush, ham tinchlik holatlarida nozik, zaif tarmoq b o ’lib 
qolayogganini ta’kidlagan.
T.Rona tomonidan ilgari surilgan ushbu g’oya harbiylar ommaviy 
axborot vositalari xodimlarida katta qiziqish uyg’otdi, bu borada ilmiy 
tahlillar, intervyular, chiqishlar avj oldi. 1980 yillarga kelib esa 
jamoatchilikda axborotning maqsad hamda qurol, vosita sifatida 
namoyon b o’lishi haqida yagona xulosa shakllandi.
“Sovuq urushi”ning nihoyasi va AQSh oldida yangi vazifalar 
paydo bo’lishi bilan “axborot urushi” atamasi mudofaa vazirligi 
hujjatlariga kiritildi. 
1991 
yil “Sahrodagi bo’ron” operatsiyasi 
mobaynida axborot texnologiyalari ilk marotaba harbiy harakatlaming 
vositasi sifatida ishlatildi.
1996 
yil Pentagon eksperti Robert Banker AQSh mudofaa 
kuchlarining XXI asr uchun yangi harbiy doktrinasiga bag’ishlangan 
m a’ruza qiladi. Unda mutaxassis harbiy harakatlar teatrini an’anaviy 
harbiy makon hamda kibermakondan iborat ikki muhim asoslarda 
tashkil etish g ’oyasini ilgari surdi. Boshqacha aytganda, R.Banker raqib 
harbiy kuchlarini bostirish, neytrallashga qaratilgan an’anaviy harbiy 
konitseptsiyalarning tabiiy to’ldiruvchisi sifatida xizmat qilishi zarur 
bo’lgan «kibermanyovr» doktrinasini taklif etadi. Shu tariqa, quruqlik, 
dengiz, havo y o ’llaridan tashqari harbiy harakatlar tizimiga “infomakon”
- axborot makoni ham q o ’shiladi. Bunday yangi shakl va mazmundagi 
urushlarda raqib tomonning axborot infratuzilmasi va ruhiyati asosiy 
ob’ekt (nishon) bo’ladi.
1998 
yil 
oktyabrda 
AQSh 
mudofaa 
vazirligi 
“Axborot 
operatsiyalarining birlashgan doktrinasi”ni amalga oshirishga kirishdi. 
Aslida, ushbu doktrina avval “Axborot urushining birlashgan doktrinasi” 
deb nomlangan edi. Keyinchalik uning nomi o ’zgartirildi. Bunga sabab
148


esa, “axborot operatsiyalari” va “axborot urushi” tushunchalarining 
o ’zaro munosabatiga oydinlik kiritish edi. Shu tariqa axborot 
operatsiyasi - o ’z axborot tizimlarini himoya qilish jarayonida raqib 
tomonning axborotni to ’plash, qayta ishlash, uzatish va saqlash 
borasidagi ishlarini murakkablashtirish maqsadida amalga oshiriladigan 
xatti-harakat; axborot urushi esa, qarama-qarshi tomonning siyosiy va 
xarbiy boshqaruv tizimi hamda rahbariyatiga qaratilgan kompleks 
ta’sirlar, axborot operatsiyalari majmui, deb ta’riflandi. Bunday ta ’sirlar 
orqali tinchlik va urush holatlarida raqib tomon rahbariyatini 
informatsion ta ’sir o ’tkazayotgan tomonga maqbul qarorlar qabul 
qilishiga erishish maqsadi ko’zlanadi.
Mutaxassislaming ta ’kidlashlaricha axborot urushi milliy harbiy 
strategiyani 
ta ’minlashda 
axborot 
borasida 
ustunlikka 
erishish 
maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakatlami ifoda etadi. Bunda 
raqib tomon axborot tizimlariga ta ’sir o ’tkazish bilan bir vaqtda o ’z 
axborot infratuzilmasi mustahkamlab boriladi.
Axborot sohasidagi ustunlik muayyan holat haqida axborotni 
uzluksiz to ’plash, qayta ishlash va tarqatish qobiliyatini anglatadi. 
Bunday qobiliyat, o ’ziga xoslik esa, raqib tomonga xuddi shunday xatti- 
harakatlami 
amalga 
oshirishda 
to ’sqinliklar 
qilish, 
qarshiliklar 
k o ’rsatishda namoyon b o’ladi. Shuningdek, axborot sohasidagi ustunlik 
harbiy holat haqida real tasavvurga, raqib xatti-harakatlarining aniq va 
interfaol manzarasiga ega b o’lish imkonini beradi.
Bir so’z bilan aytganda, bugungi kunga kelib, axborot sohasi 
ko’plab davlatlar siyosatining ystuvop y o ’nalishiga aylangan. Bu borada 
davlatlar tomonidan axborot agressiyasidan himoya tizimi, ommaviy 
madaniyat ekspansiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan bog’liq keng 
k o ’lamdagi 
ishlar 
amalga 
oshirilmoqda. 
Mustaqillik 
yillarida 
mamlakatimizda ham axborot resurslaridan foydalanish, axborot 
almashinuvi va umuman, axborotlashtirishga doir qonun xujjatlari 
majmui shakllantirildi. Jumladan, «Axborotlashtirish to ’g ’risida»gi 
O ’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida "Axborotlashtirish 
sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va 
axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy
149


jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini 
yaratishga qaratilgan» - degan qoida o ’z aksini topgan.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin