Mustaqillik va madaniy taraqqiyot Reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix24.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#101876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MUSTAQILLIK VA MADANIY TARAQQIYOT (1)

Muzey. Jamiyat madaniyma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va 
mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida 
mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar 
barpo etishga alohida e’tibor berildi. 
Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda 
hofiz Hojixon Boltaboyev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy 
san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining 
Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uymuzeyi, Toshkentda 
o‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova 
muzeyi, o‘zbek raqqosasi Mukarrama Turg‘unboyeva muzeyi singari uy muzeylari 
tashkil etildi. Shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ko‘plab muzeylar ochildi. 
1996-yil 1-sentabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo‘lgan Olimpiya 
shonshuhrat muzeyi faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu muzey o‘zbekistonlik 
sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, 
mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo‘lib qoldi.1996-yil 18-
oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar 
davri ruhini aks ettiruvchi o‘sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurolaslahalar, 
lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyimboshlari, oltindan yasalgan uybuyum 
ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning 
astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar 
bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga 
oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 
2002-yilda Termizda Arxeologiya muzeyi bunyod etildi. 


14 
O‘zbekiston Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi «Muzeylar faoliyatini 
tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni va uning bajarilishini 
ta’minlashga qaratilgan Respublika hukumatining 1998yil 5 dekabrda qabul qilingan 
«Muzeylar 
faoliyatini 
qo‘llabquvvatlash 
masalalari 
to‘g‘risida»gi 
qarori 
mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat 
ishlari vazirligi, «Oltin meros» jamg‘armasi, Badiiy Akademiya, Moliya vazirligi, 
Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va 
moliyaviy ta’minoti bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga 
olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan 
moliyaviy jihatdan qo‘llabquvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish
ilmiyuslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llabquvvatlash maqsadida 
1998-yilda 
«O‘zbekmuzey» Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining 
muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali 
ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila 
boshlandi. Faqat 1999-yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy 
yodgorliklar bilan boyidi. 
O‘zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta 
muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, 
betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlareksponatlar saqlanmoqda va 
aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta 
shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta 
arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. 
Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzeyqo‘riqxonalarida butun 
dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari 
saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida 
e’tirof etilgan. 
O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o‘lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati 
asarlaridan iborat etnografik ko‘rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy 
kamolati yo‘lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz 
muzeyqo‘riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, 
obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, 
Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O‘zbekiston muzeylarining 
eksponatlari namoyish etildi. 
Sport. Mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy 
qismi sifatida rivojlantirildi.
1992-yil 5-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy 
tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun 
keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari – sport 
sog‘lomlashtirish klublari, bolalaro‘smirlar sport maktablari, olimpiya o‘rinbosarlari 
bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o‘yingohlar, sport zallari, maydonlari, 
hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport 
bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.1992-yil yanvarda O‘zbekiston Milliy 
olimpiya qo‘mitasi tuzildi va 1993yil sentabrda xalqaro olimpiya qo‘mitasining 
101sessiyasida rasmiy e’tirof etildi.


15 
Sportning boks turi jadal o‘sdi. 17 marta jahon chempioni Artur 
Grigoryan, Sidney Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullayev kabi 
bokschilarimiz nomi jahonga mashhur. 1999-yil avgust oyida Amerikaning Xyuston 
shahrida o‘tkazilgan X jahon chempionatida O‘zbekiston boks komandasi 83 
mamlakat o‘rtasida AQSH va Kuba komandalaridan keyin faxrli uchinchi o‘rinni 
egalladi.
Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng 
zamonaviy Yunusobod tennis majmuyi barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 
19942002 yillarda O‘zbekiston Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis 
musobaqalari o‘tkazildi. 1999yilning iyul oyida Londonda o‘tgan tennis bo‘yicha 
yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda To‘laganova Uimbldon 
uchrashuvida g‘olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo‘lga 
kiritdi. 
1998-yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‘ining eng baland 
«Everest» cho‘qqisiga ko‘tarilib, O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilar. 
Mustaqillik sharofati bilan milliy o‘zbek kurashi tiklandi. 1992-yilda Termiz va 
Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa 
o‘tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro 
ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o‘rin oldi. 1999-
yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 
sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 
o‘zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga 
kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga 
taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom 
Karimov saylandi. 2000-2002yillarda London shahrida 3 marta Islom Karimov nomi 
bilan ataluvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 2002 yil oktyabrda Xalqaro kurash 
assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbek milliy 
kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyoda e’tirof topdi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o‘yinlari, 
Jahon va Osiyo chempionatlari va boshqa musobaqalarda qatnashib, 3000 dan ortiq oltin, 
kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.Shunday qilib, mustaqillik yillarida 
O‘zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma’nomazmun bilan boyidi, jahon sportiga 
qo‘shildi va xalqaro maydonda salmoqli o‘rinni egalladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin