Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix15.11.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#69293
  1   2
Mustaqillik deklaratsiyas



O‘z 
Ўз Руc En Kz Tj
Qidirish

Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi
 Mamlakatimizda
20 Iyun 2020

14929
1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan. Joriy
yilning 20-iyun sanasida ushbu tarixiy hujjat qabul qilinganiga 30 yil to‘ladi.
Bu hujjatning tarixiy ahamiyati eng avvalo, mamlakatimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, erkin tafakkur
asosida yashash, fikrlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kabi jihatlar bilan
izohlanadi. Mustaqillik deklaratsiyasida mamlakatimiz hududida asrlar davomida shakllangan davlatchilik,
fan-ta’lim va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tajriba va an’analari o‘z aksini topgan. Mazkur hujjatning
murakkab sharoitlarda qabul qilinishi O‘zbekistonning mustaqillikka erishish sari tashlangan qat'iy va muhim
qadami bo‘ldi.
Shu ma’noda, Mustaqillik deklaratsiyasi nafaqat huquqiy, balki jamiyat va davlat hayoti hamda O‘zbekistonda
yashovchi har bir fuqaroning bugungi munosib hayotini va ertangi taqdirini belgilab beruvchi siyosiy
hujjatdir.
Mustaqillikning o‘tgan davri mobaynida mamlakat ichki siyosiy tizimida davlat hokimiyati idoralari faoliyati
demokratik tartib-qoida va an’analar asosida qayta tashkil qilindi. Xususan, qonunchilik, ijro va sud
hokimiyatlari tashkil topdi. Mamlakatda siyosiy plyuralizmga asoslangan ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllantirildi,
shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bugun O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng va to‘la huquqli a’zosidir. Hozirda O‘zbekiston BMT, ShHT,
MDH, EHXT va IHT kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyatidagi eng asosiy vazifasi –
davlatimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashdir. Bu borada O‘zbekiston izchil tinchlikparvar
siyosatini yuritib kelmoqda. Bunday siyosat o‘zaro ochiq va konstruktiv muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi
qo‘shnichilik tamoyillarini hamda mamlakatimiz atrofida “farovonlik kamari”ni yaratish va mustahkamlashni
o‘zida aks ettiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston bilan keng va faol
h
k li i b
i l b ‘l
l di
Welcome to Telegram 



hamkorligi bunga misol bo‘la oladi.
Tarixan mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining strategik muhim nuqtasida joylashgan. Bunday joylashuv
asrlar davomida mamlakatimiz xalqida bag‘rikenglik, yuksak ma’naviy qadriyatlar, turli millat va elatlar
taqdiriga befarq bo‘lmaslik, aksincha o‘zaro hamkorlikda rivojlanish modelini shakllantirgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda mustaqillikka erishdi.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, yangilanishlar va o‘zgarishlarning tub
mazmun-mohiyati mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan. Xususan, 
siyosiy sohada amalga
oshirilayotgan islohotlar jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning
izchilligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Iqtisodiy sohada zamonaviy rivojlanish tendentsiyalariga mos raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish,
jahon iqtisodiyoti kon’yunkturasiga moslashish, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning mustaqilligini yanada
mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin.
Ijtimoiy sohada aholini har tomonlama himoya qilish, xususan, kam ta’minlangan oilalarni muhofaza qilish,
bepul tibbiy xizmatdan foydalanish va ta’lim olish masalalarini mamlakatda amalga oshirilayotgan kuchli
ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlari sifatida e’tirof etish mumkin.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, mustaqillik deklaratsiyasining tarixiy ahamiyatini yana bir bor e’tirof etgan
holda, uning zamirida mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaro o‘z taqdiriga va mamlakat kelajagiga
nisbatan yuksak mas’uliyatni his qilgan holda yondashishi lozimligi g‘oyasi yotadi.
Abror YUSUPOV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i
Nashr etmoq

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin