Mustaqil ish Toshkent 2022



Yüklə 0,85 Mb.
tarix06.02.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#83123
Nobel mukofoti kimyo

Kimyo

Toshkent Davlat Texnika Universiteti Mashinasozlik fakulteti TMJ 100-21 guruh talabasi Abdulazizov Qudratbek Akbarjon o'gʻli

Mustaqil ish

Toshkent 2022


Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari
Kimyo bo‘yicha 2021-yilgi Nobel mukofoti germaniyalik Benjamin List va amerikalik Devid Makmillanga “assimetrik organokatalizni rivojlantirgani uchun” beriladi.
G‘oliblarni e’lon qilish marosimini translyatsiya qiluvchi Nobel qo‘mitasi veb-saytida olimlarning tadqiqotlari haqidagi press-reliz ham chop etilgan.
Kimyo bo‘yicha 2021-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
10 million shved kronasi (1,14 million dollardan ortiq) miqdoridagi mukofot ikki laureat o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Katalizatorlarning faqat ikkita turi bor deb hisoblanardi: metallar va fermentlar. List va Makmillan bir-biridan mustaqil ravishda molekulalarni yaratishning yangi usulini — kichik organik molekulalarga asoslangan assimetrik organokatalizni ishlab chiqdi.
Nobel qo‘mitasi press-relizida aytilishicha, u yangi farmatsevtika mahsulotlarini tadqiq qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, bundan tashqari, kimyoning yanada barqaror bo‘lishiga yordam beradi.
“Organokataliz aqlbovar qilmas darajada tez rivojlanmoqda. Bunday reaksiyalar yordamida tadqiqotchilar endi yangi farmatsevtika vositalaridan tortib quyosh panellarida nurni yuta oladigan molekulalarga qadar hamma narsani yanada samarali tarzda yaratishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
List 1968-yilda Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida tug‘ilgan va doktorlik darajasini 1997- yilda Frankfurtdagi Gyote universitetida olgan.

Hozirda u Germaniyaning Myulxaym-na-Rur shahridagi Maks Plank nomli ilmiy tadqiqotlar jamiyati tadqiqot institutlaridan birining rahbari.
Makmillan 1968-yilda Shotlandiyaning Bellzxill shahrida tug‘ilgan. Keyinchalik u AQShga ko‘chib o‘tgan. 1996-yilda Irvayn shahridagi Kaliforniya universitetida doktorlik dissertatsiyasini olgan. Hozir u Prinston universiteti professori.
2020-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti genomni tahrirlash usullarini ishlab chiqqani uchun Emmanuel Sharpantye va Jennifer Dudnega topshirilgandi.
2020-yil kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini CRISPR/Cas9 genomlarni tahrirlash uslubini yaratgani uchun Jennifer Dudna va Emanuel Sharpentega berildi, deya xabar berdi RIA Novosti
Hozirda Germaniyada faoliyat olib borayotgan fransuz mikrobiologi Sharpante va uning amerikalik hamkasbi bioximik Jennifer Dudna (Kaliforniyadagi Berkli universiteti, AQSH) bir necha yil avval bakteriyalarda viruslardan saqlanish uchun molekulyar «immunitet» mavjud ekanligini kashf qilishdi. Bu kashfiyotni esa turli xil organizmalardagi genomlarni o‘ta aniqlik bilan tahrirlashda qo‘llashga muvaffaq bo‘lindi.
Hozirgi kunda butun dunyo olimlari og‘ir kasalliklar, shu jumladan, OITS va turli xil irsiy xastaliklarni davolashda biror yondashuv ishlab chiqishda «genomni tahrirlash» usulidan foydalanishadi.

Eslatib o‘tamiz, 5 va 6 oktyabr kunlari Nobel qo‘mitasi fiziologiya va tibbiyot, shuningdek, fizika sohasi bo‘yicha laureatlarni e’lon qilgan edi.
Hafta so‘ngida, 12 oktyabr kuni Shvetsiya davlat banki tomonidan 1969 yili ta’sis etilgan iqtisodiyot bo‘yicha Alfred Nobel yodgorlik mukofoti kimga atalgani e’lon qilinadi.

Bu yil har bir Nobel mukofotining miqdori 10 mln shved kronasiga (1,1 mln AQSH dollari) teng.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin