Mustaqil ish mavzu



Yüklə 118,25 Kb.
səhifə5/6
tarix24.10.2023
ölçüsü118,25 Kb.
#160744
1   2   3   4   5   6
biznes muloqot

Muloqot va uning turlari
Muloqotning hayotimizdagi shakl va koʻrinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, oʻsha vaziyatlardan kelib chiqadigan koʻrinishlari va turlari haqida gapirish mumkin.
Har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda boʻladi.
Har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda boʻladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa (masalan, rahbarning oʻz qoʻl ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo,) norasmiy muloqot – bu odamning Shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni oʻsha suhbatdoshlarning fikr-oʻylari, niyat-maqsadlari hamda emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, doʻstlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yoʻlovchilar suhbati, tanaffus vaqti talabalarning sport, moda, Shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos boʻlgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida koʻproq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq koʻngilligi, suhbatlashish yoʻllarini bilishi, til topishish qobiliyati, oʻzgalarni tushunish va boshqa Shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar boʻlolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qoʻl uravermaydi, chunki buning uchun undan rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Faktlar, gʻoyalar, fikrlar, hissiyot va aloqalarning almashinuv jarayonidir. Kommunikatsiya yakka shaxslar va tashkilotlarning mohiyat va tushunchalarini bir-birlari bilan boʻlishish vositasidir. Insoniyatning toʻsiqlar va chegaralar osha aloqa qilish qobiliyati insoniyat rivojiga hissa qoʻshgan. Dunyo bo‘ylab tez va samarali aloqa qilish qobiliyati dunyoni toraytirdi va «globalizatsiya»ni haqiqatga aylantirdi. «Kommunikatsiya» soʻzi lotincha “communicare” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, xabar bermoq, qatnashmoq, boʻlishmoq, umumlashtirmoq degan ma’nolarni anglatadi. Kommunikatsiya muayyan mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlarning bir-birlari bilan va boshqa mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlar bilan oʻzaro faoliyatlari va aloqa qilishlarida muhim oʻrin tutadi. Kommunikativ aloqa inson hayotiga ma’no qoʻshadi. U munosabat yaratishga va muhabbatni shakllantirishga yordam beradi, oʻzaro tushunishni ragʻbatlantiradi. U bizning butun jahon toʻgʻrisidagi bilimimizni boyitib, turmushimizni munosib qiladi.

Yüklə 118,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin