Mustaqil ish mavzu: suv rеsurslаridаn sаmаrаli


RESPUBLIKAMIZDA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHDAGI



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#145710
1   2   3   4   5   6   7
SUV RЕSURSLАRIDАN SАMАRАLI FОYDАLАNISHNI RАG`BАTLАNTIRISHNING MАVJUD TIZIMI

RESPUBLIKAMIZDA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHDAGI 
MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI 
Insoniyat yigirma birinchi asrda juda ko‘p muammolar bilan yuzma-yuz 
boʻlmoqda, ana shunday global muammolardan biri – suv muammosidir. Ona 
sayyoramiz aholisi soni yildan-yilga oshib borar ekan, oziq-ovqat xavfsizligini 
taʼminlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qurg‘oqchilik va yerlarning 
choʻllanishining oldini olish singari og‘riqli muammolar jahon hamjamiyatini 
jiddiy tashvishga solmoqda. Har qadamda yangilanishlar, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishlar 
bo‘layotgan 
bizning 
hozirgi 
zamonimizda 
raqamli 
texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa suv xo‘jaligi tizimida ulkan 
o‘zgarishlar yuz bermoqda. So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali 
foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi 
obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar 
amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va 
iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib 
borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda, va 
shu bilan bir qatorda aytib o‘tish joizki, joriy yilda respublikamizda foydalanilgan 
o‘rtacha yillik suv miqdori 51-53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va 
soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, 
ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan. Bu kabi muommolarni 
bartaraf etish uchun Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi suv 
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030-yillarga mo‘ljallangan 
konsepsiyasi
larni 
ishlab chiqilgan[1]. Ushbu 
konsepsiyada.
Bulardan O‘zbekiston Respublikasi Suv 
xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini 
bosqichma-bosqich kamaytirish hamda suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti 
tamoyillarini, autsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish 
hisobidan tejaladigan mablag‘lar suv inshootlarini modernizatsiya qilish, suv 
xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va 


xodimlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltirish ko‘zda 
tutilgan. 
Respublika hududi o‘ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega bo‘lib, tabiiy 
drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi darajasining yuqoriligi 
natijasida bir qator hududlar “birlamchi sho‘rlangan”. Shu bilan birga, suv 
resurslaridan oqilona foydalanmaslik va boshqa antropogen omillarning salbiy 
ta’siri natijasida ayrim hududlarda yerlarning “ikkilamchi sho‘rlanishi” kuzatilib, 
45,7 foiz sug‘oriladigan yer maydoni turli darajada sho‘rlangan. Global iqlim 
o‘zgarishi natijasida Markaziy Osiyoda so‘nggi 50-60 yil davomida muzliklar 
maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko‘ra, harorat 2
0
S ga 
ortganda muzliklar hajmi 50 foizga, 4
0
S ga isiganda esa 78 foizga kamayadi. 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi 5 foizga, 
Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. O‘zbekistonda 2015-
yilgacha bo‘lgan davrda suvning umumiy taqchilligi 3 mlrd kub metrdan ortiqni 
tashkil qilgan bo‘lsa, 2030-yilga borib 7 mlrd kub metrni, 2050 yilga borib esa 15 
mlrd kub metrni tashkil qilishi mumkin. Shu kabi muommolarni xal qilish uchun 
biz albatta suvdan oqilona foydalanishimiz zarur va bu hayotimiz uchun muhim. 
Shuning uchun zamonaviy texnalogiyalarni mamlakatimizda keng joriy qilish va 
chet el texnologiyalarini o‘zimizda qo‘llashimiz kerak, bunga misol qilib 
Germaniyaning “Zim Plant Technolgy” kompaniyasi ishlab chiqqan texnologiyani 
ko‘rishimiz 
mumkin 
[2]. 
Ushbu
texnalogiyadagi datchiklar yordamida qishloq xo‘jaligida suvni tejashimiz mumkin

 
 
Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan suvning ko‘p qismi ishlatilmay yerga 
tushadi, yoki bug‘lanadi. Shuning uchun Germaniyaning “ZIM Plant Technology” 
kompaniyasi barglarga yopishtirilgan va o‘simliklarga qancha suv kerakligini 
aniqlaydigan sensorlarni ishlab chiqdi. Odamlardagi qon bosimi o‘lchagichiga 
o‘xshab, sensorlar barglarning ichki hujayra bosimini o‘lchaydi va ma’lumotlarni 
serverga uzatadi. Hujayralardagi bosim qanchalik yuqori bo‘lishiga qarab, 
o‘simliklar kerakli miqdorda suv bilan ta’minlanadi. Har bir o‘simlik o‘ziga xos 
sensorga muhtoj emas. 20 gektar maydon uchun fermerlarga atigi oltita datchik 


kerak. Shunday qilib, ularni optimal sug‘orish mumkin. Shu kabi tejomkor 
texnalogiyalardan hamkorlikda bizning xam zaminimizda qo‘llasak albatta o‘z 
natijasini beradi. Bunday texnalogiyalar juda ko‘p misol qilishimiz mumkin, va 
tadbiq qilishimiz natijasida Zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalardan 
foydalanish ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishida qishloq xo‘jalik ekinlarini 
sug‘orishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 175 ming 
gektardan 2025-yilgacha 1 million gektarga, 2030-yilga kelib 2 million 
gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 77,4 mingdan 
2025-yilgacha 300 ming gektargacha va 2030-yilga kelib 600 ming gektargacha 
yetkazilishini amalga oshirishimiz mumkin. “Smart Water” (“Aqlli suv”) axborot-
kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida suv o‘lchash tizimi joriy etilgan 
suv xo‘jaligi obyektlari soni 61 tadan 2020-yilda 151 tagacha, 2024-yilda 18576 
tagacha (100 foiz) ko‘paytirish ko‘zda tutilgan [3]. 
Respublikamizda suv resurslari cheklangan bo'lishiga qaramasdan, uni 
tejashga kam e'tibor berilayapti, natijada suvning ko'p qismi bekorga sarf 
bo'lmoqda. Deyarli barcha iste'molchilar doimiy ravishda me'yordan ko'p suv 
olishga harakat qiladilar. Bu esa ekin maydonlarida er osti suvlari sathining 
ko'tarilishiga, erlarning qayta sho'rlanishiga olib kelmoqda. O'z navbatida sho'rni 
yuvish uchun yana katta miqdorda suv sarflanib, natijada sug'oriladigan erlarda 
hosil bo'ladigan qaytarma suvlar miqdori ham ortmoqda. SHundan ko'rinib 
turibdiki, sug'orishda suvni tejashning katta imkoniyatlari mavjud. Bunga, avvalo, 
kanallar o'zanini betonlash, nov (lotok)lardan foydalanish yo'li bilan sug'orish 
tarmoqlarining foydali ish koeffitsientini oshirish, hamda sug'orishning ilg'or 
usullarini qo'llash bilangina erishish mumkin. erishish mumkin. 
Suv resurslarini kamayishdan saqlashning asosiy rezervlaridan yana biri 
sug'orishda qaytarma suvlardan unumli foydalanishdir. Respublikada bu suvlar 
asosan ekin maydonlaridan, sanoat korxonalaridan va maishiy- kommunal 
tarmoqlardan qaytgan suvlardan tashkil topgan bo'ladi. 1956-1980 yillar 
mobaynida tabiiy botiqlarga oqizilgan qaytarma suvlar hajmi 77,1 km3 ni tashkil 
etgan. 
Keyingi yillarda daryolar, ko'llar, suv omborlarining suvi unga sanoat va 
shaharlar oqava suvlarining, ekin maydonlarida hosil bo'ladigan qaytarma 
suvlarning qo'shilishi natijasida keskin yomonlashib ketdi. Bu jarayon ayni paytda 
quyidagi sabablarga bog'liq holda yanada jadallashmoqda va xavfli tus olmoqda. 
1. SHahar xo'jaligining va sanoatning, ayniqsa, uning ximiya va metallurgiya 
tarmoqlarining suvga bo'lgan talabi ortmoqda, va tabiiy suvlar ifloslanishining 
manbai bo'lgan oqava suvlar ham ko'paymoqda. 
2. Oqava suvlarni daryo va ko'llarga oqizish tabiiy suv manbalaridan 
foydalanishning bir turi deb qaraldi. Ayniqsa, daryolar ifloslangan oqava suvlarni 
yo'q qilishda o'ziga xos tabiiy inshoot deb qabul qilindi. Ko'pchilik hollarda suvni 
sun'iy tozalash inshootlarini qurish tugallanmay turib, sanoat ob'ektlari ishga 
tushirib yuborilmoqda. 
3. Oqava suvlarni sun'iy tozalashning hozirgi kundagi imkoniyatlariga 
ortiqcha baho berilayapti. 


4. Ayrim mutaxassislar, olimlar tomonidan "tabiiy suvlar ifloslanishining yo'l 
qo'yilishi mumkin bo'lgan me'yori" degan noto'g'ri nuqtai-nazar ishlatilmoqda. 
Hozirgi kunda "bu yo'nalish suvning iflosla-nishini chegaralaydi", deb qarash 
o'zini oqlamaganligi hammaga ma'lum bo'lib qoldi. 
5. Tabiiy suv manbalariga ekin maydonlaridan chiqqan suvlarning 
oqizilishidir. 
6.Suv tejamkor usullardan foydalanmasdan sug'orishni tashkil etish. 
Suv resurslaridan foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish. Suv 
resurslaridan foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish uchun ko'pchilik 
olimlarning fikricha, quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutish lozim: 
1. SHaharlarning oqava suvlaridan dehqonchilik, asosan, em-xashak 
etishtiriladigan dalalarini sug'orishda foydalanish mumkin, albatta, gigiena nuqtai-
nazaridan, bunday dalalarda to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilinadigan ekinlar 
ekilmaydi. Eng muhimi bu suvlar tuproq tarkibiga ziyon etkazmaydi. Bunday 
tajribalar Rossiyada va boshqa chet el mamlakatlarida o'tkazilgan hamda ijobiy 
natijalar olingan; 
2. Sanoat korxonalarini aylanma suv ta'minotiga o'tkazish zarur. Bunda 
korxona suvni o'ziga kerakli darajada tozalaydi va undan qayta foydalanadi. SHu 
maqsadda korxona talab darajasidagi suvni bir yo'la oladi, mahsulot ishlab 
chiqarishda butunlay sarf bo'lgan qismi (umumiy suv miqdoriga nisbatan 10-15 
foiz) esa suv manbaidan doimiy ravishda to'ldirib boriladi. Bu tizimning qulay 
tomoni shuki, birinchidan, oqava suvlarning daryolarga oqizilishiga chek qo'yiladi, 
ikkinchidan, korxona o'zi ifloslantirgan suvni tozalashga majbur bo'ladi. Bunda 
korxonaning o'zi ortiqcha ifloslanishni oldini olishga harakat qiladi, natijada suvni 
tejash uchun rag'batlantiruvchi iqtisodiy omil vujudga keladi; 
3. Ayrim ximiyaviy korxonalarning ifloslangan suvlarini, agar ularni tozalab 
qayta ishlatish imkoni bo'lmasa, alohida havzalarga yig'ib, tabiiy yoki sun'iy holda 
bug'latib yuborish kerak; 
4. SHaharlarda suv ta'minoti tarmoqlarini ikki yo'nalishda, birinchisini 
ichimlik, maishiy va oziq-ovqat sanoati uchun, ikkinchisini esa sanoatning boshqa 
tarmoqlari uchun tashkil etish zarur. Bu tartib toza suvni tejash imkonini beradi; 
5. SHaharlardagi yirik sanoat korxonalarida (asosan ximiya, metallurgiya) 
iloji boricha suvdan foydalanish me'yorini kamaytirish uchun kurashish kerak. Bu 
toza suvning miqdorini va shu bilan birga sifatini saqlash choralaridan biridir; 
6. Daryolarda kam suvli davrda ularning suvini bir muncha ko'paytirishga 
erishish lozim. Buning uchun mavjud suv omborlaridan tadbirkorlik bilan 
foydalanish va agromelioratsiya usullarini qo'llash talab etiladi; 
7. Ekin maydonlarini sug'orish natijasida hosil bo'lgan qaytarma suvlardan 
unumli foydalanish lozim. Ularning tabiiy botiqlarga oqizilishiga va behuda 
sarflanishiga iloji boricha yo'l qo'ymaslik kerak. 
8.Qashqadaryo viloyatida qurilgan SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi tomonidan 
ishlab chiqarilgan plastmassa quvurlarni sug'orish maqsadlariga foydalanishni 
yo'lga qo'yish orqali suvni isrof bo'lish oldini olish mumkin. 
9.Respublikamizda tomchilatib sug'orishni tashkil etish. 


O'lkamiz sharoitida foydalaniladigan suv resurslarining asosiy qismi (90 
foizdan ortig'i) irrigatsiya maqsadlarida ishlatiladi. Uning qolgan qismidan esa 
sanoatda hamda maishiy va kommunal maqsadlarda foydala-niladi. Ma'lumki, 
yuqoridagi har uch yo'nalish ham yildan-yilga ko'proq suv talab qilmoqda va shu 
sababli o'lkamizda suv muammosi tobora tig'iz bo'lib qolmoqda. Ana shunday 
sharoitda suvdan tejab-tergab foydalanish, uning samarasiz yo'qotilishiga yo'l 
qo'ymaslik, qaytarma va oqava suvlardan unumli foydalanish, eng muhimi suv 
manbalarini ifloslanishdan va ortiqcha minerallashuvdan saqlash asosiy vazifa 
bo'lib qoldi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin