Mustaqil ish mavzu: suv resurslaridan foydalanish yo'llari


Qishloq xo’jaligi yyer fondining tarkibi, ahamiyati va o’ziga xos



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
QISHLOQ XO\'JALIGIDA SUG\'ORISH VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH YO\'LLARI

2.Qishloq xo’jaligi yyer fondining tarkibi, ahamiyati va o’ziga xos 
xususiyatlari
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida 
Qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik byerildi. Chunki respublika sanoatining 
ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozlasha, to’qimachilik, yengil sanoatni 
oziq-ovqat, kimyo sanoatini qishloq xo’jalik mashinasozligining va boshqalarni 
rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir. 
Shu bilan bir qatorda O’zbekiston aholisining va foizdan ortig’i qishloq joylarida 
yashaydi. Shuning uchun ham barcha tashvish va muammolarni echish qishloq 
xo’jaligini isloh qilishdan boshlanadi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligida band bo’lgan 
odamlarni barchasiga yyer, suv va texnika vositalarini yetkazib byerish ham 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yyer esa har bir xalqning asosiy boyligidir. 
Agar yer sanoat ishlab chiqarishning imoratlari turadigan oddiy bir baza bo’lsa, 
qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi, ya’ni yerga ishlov 
byerish yo’li bilan ishlab chiqarishga ta’sir etib, undan hosil yetishtirib oladilar. 
Yer bir paytda ham mehnat predmeti sifatida ham mehnat quroli sifatida qishloq 
xo’jaligida yuzaga chiqadi. 
Mehnat predmeti sifatida yuzaga chiqganda yer mehnat yo’naltirilgan ob’ekt 
bo’ladi. Mehnat quroli sifatida yuzaga chiqqanda, yerga zarur biologik sharoitlarni 
tug’dirish natijasida o’simlik rivojlaniladi. 
Qishloq xo’jaligida yerdan foydalanishda tuproqning eni yuqorigi qatlamidan 
foydalaniladi, ya’ni ma’lum darajada fizik-ximiyaviy xossalarga ega bo’lgan 
qatlamlaridan foydalaniladi. Tuproqning unumdorligi qanchalik yaxshi bo’lsa, 
hosildorlik shuncha yuqori bo’ladi. Tuproqnnig unumdor bo’lishi esa undagi ozuqa 
moddalarining miqdoriga sharoitiga qishloq xo’jaligida ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanish darajasiga fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq 
etishga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi kishilar mehnatiga bog’liq. 
Tuproq unumdorligigi quyidagi turlardan iborat. 
1. Tabiiy va ozuqaviy ya’ni iqtisodiy 
2.Potensial – ya’ni foydalanish mumkin bo’lgan. 


1) Tuproqning tabiiy unumdorligi uning paydo bo’lishida uzoq davom etadigan 
jarayonlar natijasida vujudga keladi. U tuproqning fizik, ximik va biologik 
xossalarida iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Tabiiy unumdorlik ob’ektiv 
xususiyatdir. U aksariyat ya’ni potensial unumdorlik holatida bo’lib, qishloq 
xo’jaligida ishlab chiqarishda yerdan foydalangan vaqtdagina samarali natija 
byeradi. 
Yerning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi: 
a)Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlab chiqarish vositasi bilan almashtirib 
bo’lmaydi. 
b) yerdan to’g’ri foydalanisa, u hech qachon eskirmaydi, aksincha, yerga qancha 
yaxshi ishlov byerilsa, yer yaxshilanib boradi, hajmi ko’payib boradi. 
v) yer insoniyatni barcha avlodalari uchun abadiy ishlab chiqarish vositasidir. 
g) yer-tabiat mahsuli 
d) yerni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib bo’lmaydi. 
e) yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xoxlaganda ko’paytirish imkoniga ega 
emas. Demak, yagona to’g’ri yo’l – mavjud yer resurslaridan samarali 
foydalanishdir. 
Lekin, sanoatning o’sishi, kommunikasiyaning o’sishi aholining ko’payishini 
tabiiy holda birikishiga to’g’ri keladigan yer maydonining qisqarishiga olib keladi. 
Ayrim hollarda esa insoniyat yerdan to’g’ri foydalanmasligi oqibatida yerning 
ketishiga ham olib keladi. 
Taraqqiyotning tuproq yeroziyasi sho’r bosish kabi salbiy oqibatlarni kamaytirish 
uchun har bir davlatning va yerdan foydalanuvchilarinng muhim vazifasidir. 
Ta’kidlab o’tilganldarning barchasi mavjud yerlardan qaysi turlarini joylashtirish 
turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmini qanday bo’lsin 
maqsadga muvofiqligi inkor yetib bo’lmaydigan talablarni keltirib chiqarar. 
Yerning jamiyatdagi ahamiyati nihoyatda beqiyosidir, unda aholi yashash uchun 
binolar, uy-joylar quriladi. Xalq xo’jaligi uchun inshootlar, korxona, muassasa, 
o’quv binolari, ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari lar quriladi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin