Mustaqil ish mavzu: Nutqning to’g’riligi,aniqligi,tozaligi,mantiqiyligi,ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi bajardi: Xurramov Lochinbek tekshirdi: toshkent-2022



Yüklə 160,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.12.2022
ölçüsü160,06 Kb.
#75963
1   2   3
Документ 27

o`zidir.Shunday qilib, aniqlik bu so`zning o`zi ifodalayotgan 
voqyelikka mos va muvofiq kelishidir. 
Nutqning mantiqiyligi 
Tinglovchilarga haqiqatni yetkazish va ularni u yoki bu fikrning 
to`g`riligiga ishontirish bilan bog`liq har qanday nutqiy jarayon 
o`zaro bog`liq uch unsurdan tashkil topadi.Birinchi unsur - 
isbotlanishi kerak bo`lgan fikr. Ikkinchisi - fikrning to`g`riligini 
isbotlovchi asos va dalillar. Uchinchisi - namoyish, ya`ni fikr va asos 
(dalil)lar o`rtasidagi aloqani kursatuvchi mantiqiy bog`lanish. 
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari to`g`rilik va aniqlik bilan 
chambarchas bog`langandir. Chunki grammatik jihatdan to`g`ri 
tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz 
tanlangan leksik bir-lik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi 
tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o`quvchiga 


ifodalanayotgan fikrning to`liq borib yetmasligiga, ba`zan umuman 
anglashilmasligiga sabab bo`lishi mumkin. 
Nutqning tozaligi
Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida 
adabiy til me`yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, 
namunaviy nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda 
shakllangan bo`lishi, turli g`ayriadabiy va g`ayriaxloqiy til 
elementlaridan xoli bo`lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo`lib, 
nutqiy tozalikning tildan tashqari paralingvistik jihatlari ham undan 
kam bo`lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma`naviy-axloqiy 
qadriyat-larga ega bo`lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, 
dunyo hamjamiyati bilan teng mavqyeda muloqotda bo`layotgan 
o`zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo`lishi lozim. 
Nutqimizning sofligiga, asosan, quyidagilar ta`sir qiladi:
1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos so`z, ibora, shuningdek
grammatik shakllar, so`z va so`z birikmalarining talaffuzi, urg`usi.
2. O`rinsiz qo`llangan chet so`z va so`z birikmalari.
3. Jargonlar.
4. Vulgarizmlar.
5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan «parazit» so`zlar. 
Nutqning tozaligi, ya`ni sof adabiy tilda muloqot qilish o`quvchilar va 
talabalarning nutq madaniyati hamda mahoratini egallash, notiqlik 
sifatlariga erishishlari uchun muhim bosqich sanaladi. Bu esa tildan 
foydalanishda nihoyatda e`tiborli bo`lishni talab qiladi. 
Nutqning ta`sirchanligi 
Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan og`zaki nutq jarayoni 
nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul 
qilinishidagi ruhiy vaziyatni e`tiborga olish ham muhim sanaladi. 
Ya`ni notiq auditoriyani hisobga olishi ularning bilim darajasidan 
yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha 
kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi 
nazorat qilib borilishi lozim bo`ladi. Malakali bilimga ega bo`lgan 
kishilar oldida jo`n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq 


bo`lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma`lumotga ega bo`lmagan 
auditoriya oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yo`l qo`yib 
bo`lmaydi. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. 
Va butun diqqat-e`tibor ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha 
tinglovchilarga yetkazish vazifa qilib qo`yiladi. So`zlovchining o`z 
nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo`lgandagina quruq 
rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo`ladi. So`zlovchi va tinglovchi 

Yüklə 160,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin