Halqasimon bir bog‘lamli ro‘yxat boshidan element o‘chirish algoritmi
Quyidagi rasmda ro‘yxat boshidagi elementni o‘chirish amali ko‘rsatilgan:
1- elementni o‘chirish uchun uni ko‘rsatuvchi Head ni 2-elementga to‘g‘irlaymiz;
oxirgi element, ya’ni Tail ko‘rsatayotgan elementni ko‘rsatkich maydonini 2-elementga to‘g‘irlab qo‘yamiz;
1-elementni xotiradan o‘chirib tashlaymiz.
Element o‘chirish algoritmining C++ da dasturi
void Del(){
Node *delItem=Head;//ўчириладиган элементни белгилаб олиш
Head=Head->Next;//рўйхат бошини кейинги элементга кўчириш
Tail->Next=Head;//охирги элемент кўрсаткичини 2-элементга кўчириш
delete delItem;//рўйхат бошидаги элементни ўчириш
}
Halqasimon bir bog‘lamli ro‘yxat ni ekranga chiqarish
void Show()
{
Node *p=Head;
while (p!=Tail)
{
cout<
data<<" ";
p=p->Next;
}
cout<
data<
}
Halqasimon ikki bog‘lamli ro‘yxat
Halqasimon ikki bog‘lamli ro‘yxatda xar bir element ikkita ko‘rsatkichli maydonga ega bo‘lib, ular o‘zidan oldingi va keyingi elementlarga ko‘rsatkich xisoblanadi. Birinchi elementning chap ko‘rsatkichi oxirgi elementni, oxirgi elementning o‘ng ko‘rsatkichi birinchi elementni ko‘rsatadi.
Halqasimon ikki bog‘lamli ro‘yxatni C++ da e’lon qilish