Mustaqil ish bajardi: 1B-2022 Konchilik ishi talabasi O’rozmatov Azim Nukus-2022



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə4/9
tarix24.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#192691
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KSK m-ish1

AQSH 70-yillar boshidayoq har yili iste'mol qilinadigan marganets, nikel va xromning 90-95% ni, boksitning 85% ni, kaliyning 70% ni, neft va temir rudasining 30% ni chetdan olishga majbur bo`ldi. G`arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiya hozirgi kunda chet el xomashyosiga yanada ko`proq karam bo`lib qolgan. Bunday mamlakatlarda tabiiy muhitga chiqarib tashlangan chiqindilar miqdori ham juda ko`p. Hisoblarga ko`ra 1 tonna tayyor xomashyo olish uchun, masalan, temir olish uchun 5-6 tonna ruda, qo`rg`oshin uchun 60-90 tonna, rux uchun 80-100 tonna, mis olish uchun 100-140 tonna ruda ishlatiladi. 80- yillarda dunyo bo`yicha qazilma boyliklardan 2 mlrd. tonna mahsulot ishlab chiqildi, buning uchun yer ostidan 100 mlrd. tonna ruda, yoqilg`i va boshqa boyliklar olindi. Tabiyki, qayta ishlangan bu qazilma boyliklarning 98-99% chiqindiga aylanib tabiy muhitga tashlab yuborildi. Chiqindilar miqdori ayniqsa ko`mir sanoatida ko`pdir. Ko`mir qazib olishda yiliga 1,5 mlrd. tonna chiqindi chiqadi. Bundan tashqari dunyodagi domna va marten pechlarida har yili 1mlrd. tonnaga yaqin ko`mirning kuli va ruda shlaklari to`planadi. Sobik Sovet Ittifoqi hududida keyingi paytlarda chiqindilarning yillik miqdori 5 mlrd. tonnaga yetdi, ularni saqlash uchun 4mln. gektardan ko`proq yer band bo`ldi. Faqatgina issiqlik elektr stantsiyalaridan 1mlrd. tonna kul va shlak chiqarilib, ularni saqlashga 18 ming gektar yer band bo`ldi.

Kimyoviy o`gitlardan butun dunyo dehqonchiligida keng foydalanilmoqda. Ularni ishlab chiqarish jarayonida har yili 12 mln. tonna fosfagips chiqindi sifatida hosil bo`ladi. Bu-bir tomondan uni saqlash uchun qo`shimcha yer talab qilsa, ikkinchi tomondan u yerga singib, yer osti suvlarini ifloslash xavfini tug`diradi.

Kimyoviy o`gitlardan butun dunyo dehqonchiligida keng foydalanilmoqda. Ularni ishlab chiqarish jarayonida har yili 12 mln. tonna fosfagips chiqindi sifatida hosil bo`ladi. Bu-bir tomondan uni saqlash uchun qo`shimcha yer talab qilsa, ikkinchi tomondan u yerga singib, yer osti suvlarini ifloslash xavfini tug`diradi.


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin