Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


OLTINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNI



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

3.2. OLTINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNI 
MAZMUNI VA XUSUSIYATLARI 
Oltinchi sinfda musiqa o‘qitishning maqsad va vazifalari oldingi sinflarda 
olgan bilim va malakalarini darajasiga asoslanib belgilanadi. Oltinchi sinfda 
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadlar, musiqa tarbiyasining bosh mezoni 
o‘quvchilarning ma’naviy boyligining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqaviy 
madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. Mazkur maqsadlarni quyidagicha amalga 
oshirish belgilanadi: 
Darsning barcha faoliyatlari vositasida doimiy ravishda o‘quvchilarning 
musiqaviy iqtidorini rivojlantirib borish.
Vokal-xor malakalarini rivojlantirib, yakka jamoa bo‘lib kuylash, ikki ovozli 
kuylashga o‘rgatish.
Musiqa idrokini rivojlantirish va asarlarni tuzilishi, shakli, ladi, tempi, 
mualliflari haqida fikr yuritishga o‘rgatish. 
Musiqa savodidan, oddiy musiqa terminlarini va atamalarini mohiyatini 


95 
musiqa amaliyotida bilish va har bir musiqa asarida kuylab borish.
Oltinchi sinf o‘quvchilarining ovoz diapazoni (Do1 - Fa2) bo‘ladi. Oltinchi 
sinfda o‘quvchilarni o‘spirinlik davri boshlanadi. Buning natijasida organizmda 
aktiv o‘zgarishlar ro‘y beradi. Fiziologik-psixologik jihatdan o‘quvchilarni ovozini 
o‘zgarishi, bo‘yning o‘sishi, fanlarga qiziqishi, mustaqil fikr yurita olishi 
qobiliyatlari rivojlana boshlaydi. Natijada bosh miya yetarli darajada ozuqa 
ololmay, horg‘inlik holatlari ro‘y beradi. Ya’ni, dars davomida o‘quvchilarni 
diqqat-e’tibori tarqaladi. Ularni jalb etish qiyinlashadi. Bu davrda ularga jiddiy
mehribona bir munosabatda bo‘lish, do‘stona suhbatlar o‘tkazish talab etiladi. 
Shuning uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchini kuzatib, uni o‘rganishi lozim. Chunki, 
o‘quvchilar kattalarni munosabatiga jiddiy e’tibor beradilar, ular ko‘proq kattalar 
bilan muomalada bo‘lishni istaydilar. Bolalarning intizomida ayrim o‘zgarishlar 
paydo bo‘ladi, ularning istagi va qobiliyati orasida tafovutlar sodir bo‘lib turadi. 
Bularning hammasi o‘qituvchidan yuqori malaka va ko‘nikmalarni talab etadi. 
Bunday holatda o‘qituvchi o‘quvchilarni quyi sinflarda olgan bilim va 
malakalariga va hayotiy dalillarga suyanib ish tutishi yaxshi natija beradi. Buning 
uchun dars mazmunini hayot bilan bog‘lab olib borish zarur. Qo‘shiq o‘rgatish va 
musiqa tinglash jarayonida asarlardan parchalar kuylab ovozlarini sozlashi 
bolalarda qiziqish uyg‘otadi. Bunda ijro uslublarini batafsil tushuntirish lozim. 
Asarlarni tahlil etishda bolalarni aktiv qatnashtirish maqsadga muvofiqdir. Har bir 
xalqning o‘z milliy musiqa san’ati mavjudligi, musiqa har bir tarixiy davrning 
badiiy aksi ekanligi haqida bolalarda aniq tushuncha hosil qilishi lozim. Shu 
asosda o‘zbek musiqasining 
qisqa tarixi cholg‘u asboblari va o‘zbek xalq musiqa janrlari, maqomlari, mumtoz 
qo‘shiqlari, zamonaviy qo‘shiqlarini taqqoslab ko‘rsatish mumkin. Masalan, 
«Shashmaqom» tojik va o‘zbek xalqlarining azaliy birodarlik ramzi ekanligi, 
ularning ko‘p cholg‘u asboblari bir xilda ekanligi va boshqa xalqlar foydalanishi 
mumkinligi haqida xalq musiqasi asosida yaratilgan kompozitorlik asarlar, 
zamonaviy musiqa va Sharq xalqlari musiqasi bilan tanishtirish, taqqoslash lozim. 


96 
Musiqa savodidan o‘lchovlar, ladlar, ton va yarim ton, alteratsiya belgilari
dinamik belgilari, intervallar, reprizalar bilan tanishtirib, musiqiy asarlari tahlil 
qilish yaxshi natija beradi. Oltinchi sinfda o‘quvchilarni ovoz diapazoni 1-ovozlar 
uchun (Do1 - Fa2). II-ovozlar uchun (Sikich-Re2), bu davrda o‘quvchilarga 
qo‘shiqlarni ikki ovozlik qilib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu paytda, 
ayrim o‘quvchilarda mutatsiya davri boshlanadi. Mutatsiya davridan oldin o‘g‘il va 
qiz bolalar ovozi o‘rtasidagi farq uncha sezilmaydi. Mutatsiya paytida qo‘shiq 
o‘rgatish o‘qituvchidan katta mas’uliyatni talab etadi. Qo‘shiqlar bolalarning ovoz 
imkoniyatlariga mos tushishi va dars davomida ularningovozlarini asrab-avaylash 
ishlariga yordam berishi lozim. Darsning asosiy qismini ashula aytishga sarf etib, 
ovozlarini charchatmaslik kerak. O‘quvchilarni ikki ovozga ajratib qo‘shiqlarni 
ikki ovozlik qilib, ularning ovozlariga moslash ovoz tarbiyasining muhim 
vositasidir. Xor bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash faoliyatlari, 
asarlarni tahlil qilishda mavzular asosida mantiqan bog‘lanadi. Yangi dastur 
asosida yil mavzusi, chorak mavzusi va dars mavzusi bir-biri bilan bog‘lanadi. 
Oltinchi sinfda musiqa madaniyati darslarida quyidagi qo‘shiqlar o‘rgatiladi: 
«Bolalar», J. Jabborov she’ri, H. Rahimov musiqasi. «Munajjib bobo», P. Mo‘min 
she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi. «Xush keldingiz», H. G‘ulomov she‘ri, S. 
Boboyev musiqasi. «Dono bola», M. Mirzayev she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi. 
«Go‘shtlar», K. Ganriguliyev she’ri, V. Ahmedov musiqasi.
Oltinchi sinfda quyidagi asarlar tinglanadi: O‘zbek xalq kuylari, «Jonon», 
«Norim-norim», «Gulizorim», A. Navoiy she’ri, Hoji Abdulaziz Abdurasulov 
musiqasi. «Sharq taronalari», U. A’zim she’ri, D. Omonullayeva musiqasi. 
«Qaydasan», T. To‘li she’ri, I. Akbarov musiqasi. «Elizaga», L.V. Betxoven 
musiqasi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin