Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix26.02.2020
ölçüsü1,71 Mb.
#30543
1   2   3   4   5   6   7   8   9
70-Lug'at Supl


QUMRON QO‘LYOZMALARI 

IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang. 



QUR’A 

Qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki 

toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali Xudoning 

xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a 

tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon 

qilish kerakligini so‘rashgan. 



QURBONLIK 

Xudoga sajda qilish uchun buqa, qo‘zi, echki, 

kaptar yoki musicha kabi jonivorlar qurbonlik 

qilinardi. Jonivor so‘yilgandan keyin, uning bir 

qismi Xudoga Yoqimli hid bo‘lishi uchun nazr 

sifatida qurbongohda kuydirilgan. Qolgan qismi 

esa ruhoniylarga berilgan yoki sajda qiluvchilar 

tomonidan yeyilgan. Isroil xalqi Xudoga shukrona 

aytish, Xudodan marhamat va baraka tilash, 

gunohlari uchun kechirim so‘rash maqsadida 

qurbonliklar keltirgan. Eski Ahdda aytib o‘tilgan 

beshta qurbonlik turi quyidagicha: 

KUYDIRILADIGAN QURBONLIK, 

KUYDIRILADIGAN NAZR 

Bu turdagi qurbonlikning hamma a’zolari 

qurbongohda batamom kuydirilgan. Bunday 

qurbonlikni keltirishdan asosiy maqsad — 

qurbonlikni kuydirganda chiqayotgan hid bilan 

Xudoni mamnun qilish edi. Levilar 1:1-17, 6:8-

13 ga qarang. 

TINCHLIK QURBONLIGI, TINCHLIK NAZRI 

Bu turdagi qurbonlikning bir qismi 

qurbongohda kuydirilgan, qolgani esa 

ruhoniylarga berilgan yoki sajda qiluvchilar 

tomonidan yeyilgan. Xudoga shukrona tariqasida 

yoki Undan yordam, marhamat va baraka so‘rab 

keltirilgan bu qurbonlik turi boshqa 

qurbonliklarga qaraganda ko‘p qilingan. 

Ko‘pincha Eski Ahdning ibroniycha matnida 

“tinchlik qurbonligi” iborasi “qurbonlik” so‘zi 

bilan ifodalangan. Levilar 3:1-17, 7:11-21 ga 

qarang. 


SHUKRONA QURBONLIGI, SHUKRONA NAZRI 

Tinchlik qurbonligi va tinchlik nazri shu 

nomlar bilan ham atalgan. Levilar 7:11-15 ga 

qarang. 


GUNOH QURBONLIGI 

Bu turdagi qurbonlikni birortasi bilmay 

qilgan gunohi uchun Xudodan kechirim so‘rab 

keltirgan. Bulg‘angan odamni poklash uchun 

keltiriladigan bu qurbonlik poklanish 

marosimining bir qismi edi. Qurbonlikning qoni 

bir necha usul bilan poklanish marosimida 

ishlatilgan. Qurbonlikning bir qismi qurbongohda 

kuydirilgan, qolgani esa yo ruhoniylarga berilgan 

yoki qarorgoh tashqarisida halol joyda kuydirib 

yuborilgan. Levilar 4:1-5:13, 6:24-30 ga qarang. 

AYB QURBONLIGI 

Gunoh qurbonligining maxsus turi. Biror 

odam boshqasini aldaganda, o‘g‘rilik qilganda 

yoki boshqa birovga moddiy zarar yetkazganda 

ayb qurbonligini keltirgan. Birortasi Xudoga 

bag‘ishlangan narsani o‘zlashtirib olganda ham 

ayb qurbonligini keltirishi kerak edi. Aybdor 

odam bu qurbonlikni keltirish bilan birga, 

o‘g‘irlagan yoki zarar yetkazgan narsaning to‘liq 

narxini, buning ustiga o‘sha narsa qiymatining 20 

foizini jarima sifatida to‘lagan. Levilar 5:14-6:7, 



Lug‘at 

24 


7:1-10 ga qarang. 

QURBONLIK KUYDIRILADIGAN QURBONGOH 

QURBONGOH so‘ziga qarang. 



QURBONGOH 

Toshdan yoki loydan qurilgan maxsus joy. 

Qadimda odamlar qurbongohlarda nazrlar va 

qurbonliklar kuydirganlar, tutatqi tutatganlar. 

Qurbongoh muqaddas hisoblangan. 

Muqaddas Kitobning ko‘p o‘rinlarida 

“qurbongoh” so‘zi Muqaddas chodirning 

hovlisidagi, keyinchalik esa Ma’badning 

hovlisidagi bronza qurbongohga nisbatan 

ishlatilgan. Ruhoniylar Isroil xalqi uchun har xil 

qurbonliklar va nazrlar kuydirishda bronza 

qurbongohdan foydalanganlar. 

 

 

BRONZA QURBONGOH, QURBONLIK 



KUYDIRILADIGAN QURBONGOH 

Bronzadan yasalgan bu qurbongoh Muqaddas 

chodirning hovlisida, keyinchalik esa Ma’bad 

hovlisida o‘rnashtirilgan edi. 

 

TUTATQI QURBONGOHI, OLTIN TUTATQI 



QURBONGOHI 

Akas yog‘ochidan yasalgan, usti toza oltin 

bilan qoplangan qurbongoh. Bu qurbongoh 

Muqaddas chodirning, keyinchalik esa 

Ma’badning Eng muqaddas xonasi oldida 

o‘rnashtirilgan edi. Ruhoniylar bu qurbongoh 

ustida Isroil xalqi uchun tutatqi tutatardilar. 

 

QUROLBARDOR 

Qadimda lashkarboshining qurollarini 

ko‘tarib yuruvchi jangchi. 



QUTLUG‘ KECHA 

Iso Masih O‘z o‘limidan oldin shogirdlari bilan 

birga Fisih taomini tanovul qilgan

1

. O‘sha kecha 



Iso shogirdlariga, sizlar birga taom tanovul 

qilganingizda, Meni xotirlanglar, deb buyurgan. 

Iso Masihning izdoshlari Uning bu amriga itoat 

etib, tez–tez yig‘ilib turardilar va birgalikda taom 

tanovul qilardilar. Ular taomni tanovul 

qilganlarida, Iso buyurganday non sindirib 

yerdilar va sharobdan ichardilar

2

. Shu tarzda ular 



Iso Masihga o‘z ehtiromini ko‘rsatib, Iso ularning 

gunohlari uchun qurbon bo‘lganiga 

ishonganlarini tasdiqlar edilar

3

, Iso O‘z sevgisini 



qanday namoyon qilganini xotirlar edilar. Iso 

ularni qanday sevgan bo‘lsa, shogirdlar ham bir–

birlarini shunday sevishlari kerak edi

4



1

 Luqo 22:14-20 

2

 Havoriylar 2:42, 46, 20:7 

3

 1 Korinfliklar 10:16-17, 21, 11:17-34 

4

 Yuhanno 

15:9-17 

QO‘L TEGIRMON 

Ikkita yassi tosh. Bu toshlar yordamida don 

yanchilib, un qilinar edi. Ustki tosh odatda 

dumaloq bo‘lib, o‘rtasida teshigi bor edi. Shu 

teshikdan don solinardi. Ustki toshning dastasi 

bo‘lgan. Shu dastadan ushlab, ustki toshni ostki 

tosh ustida yurg‘izganlar. 

 

 



Lug‘at 

25 


 

 

 



QO‘ZI 

Qadimda qo‘zi va boshqa halol hayvonlar 

Xudoga qurbonlik qilingan

1

. Tavrotga ko‘ra, Isroil 



xalqi Muqaddas chodirda, keyinchalik esa 

Ma’badda qurbonliklar keltirishi kerak edi. Ular 

har kuni ertalab va kechqurun, yangi oy 

chiqqanda va belgilangan bayramlarda qo‘zilarni 

qurbonlik qilardilar

2

. Har yili nishonlanadigan 



Fisih bayramida hamma o‘z uyida olovda 

pishirilgan qo‘zi go‘shtini iste’mol qilardi

3



Shunday qilib, ular Xudo Isroil xalqining to‘ng‘ich 



o‘g‘illarini Misrdagi oxirgi falokatdan Fisih 

qurbonligi orqali qutqarganini eslashardi

4



Odamlar har qanday nopoklikdan tozalanish 



uchun o‘tkaziladigan poklanish marosimlarida 

ham qo‘zilarni qurbonlik qilishardi

5



Ishayo payg‘ambar odamzodning gunohini o‘z 



bo‘yniga oladigan Xudoning quli haqida bashorat 

qilgan. Xudoning bu quli bo‘g‘izlanishga olib 

ketilayotgan qurbonlik qo‘zisiga o‘xshatilgan

6



Yahyo payg‘ambar Iso Masihni butun dunyoni 

gunohlardan poklaydigan Xudoning Qo‘zisi deb 

ataydi

7

. Iso Masih Fisih bayrami ayyomida xochga 



mixlangan. Bir necha yillar o‘tib Pavlus, Iso Masih 

bizning Fisih qurbonligimiz bo‘ldi, deb ta’lim 

bergan

8

. Vahiy kitobida Iso Masih bo‘g‘izlangan 



Qo‘zi kabi tasvirlangan

9

. O‘sha Qo‘zi Xudoning 



dushmanlari ustidan g‘olib chiqadi va Xudo bilan 

birga abadiy hukmronlik qiladi

10



1



 Ibtido 4:4, 15:9, 22:7 

2

 To‘liqroq ma’lumotga ega 

bo‘lish uchun QURBONLIK va BAYRAMLAR 

so‘zlariga qarang. 

3

 Chiqish 12:1-13 

4

 Chiqish 

12:26-27 

5

 Levilar 12:6-7, 14:10-14, 19-20 

6

 Ishayo 

53:6-7 

7

 Yuhanno 1:29, 36 

8

 1 Korinfliklar 5:7 

9

 Vahiy 5:6-14, 7:9-17 

10

 Vahiy 17:14, 21:22-27, 

22:1-5 

RABBIMIZ ISONI XOTIRLASH UCHUN NON 

SINDIRISH 

QUTLUG‘ KECHA iborasiga qarang. 



RABBIY XUDO, RABBIM XUDO, RABBIMIZ 

XUDO 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ… 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



ROMLAR 

Muqaddas chodirning maxsus yasalgan 

qismlari. Kumush tagliklarga o‘rnatilgan romlar 

tik qilib, yonma–yon qo‘yilardi. Chodirning ikki 

yon devori va orqa devori shu romlardan iborat 

bo‘lgan. 

 

RUHONIY 

Diniy xizmat va marosimlarni o‘tkazish uchun 

maxsus tayyorlangan kishi. Qadimgi Isroilda 

Tavrotga ko‘ra, ruhoniy Levi qabilasidan, 

Musoning akasi Horun avlodidan bo‘lishi shart 

edi. Ruhoniylar Muqaddas chodirda, keyinchalik 

Quddusdagi Ma’badda xizmat qilganlar. Ular 

sajda qilishda bosh bo‘lardilar, qurbonliklar 

keltirardilar, diniy rasm–rusum va marosimlar 

o‘tkazardilar. Ruhoniylarga xizmatda levilar 

yordam berardilar

1

. Muqaddas chodirning 



Muqaddas xonasiga, keyinchalik esa Ma’badning 

Muqaddas xonasiga faqatgina ruhoniylar kirishga 

haqli edilar. Ruhoniylarga Isroilda yer ulush qilib 

berilmagan edi. Tavrotga ko‘ra, ular keltirilgan 

qurbonliklardan ulush olib, kundalik ehtiyojlarini 

qondirishardi

2

. Ruhoniylarga odamlar orasidagi 



kelishmovchiliklarni hal qilish va Xudoning 

Lug‘at 

26 


qonun–qoidalarini xalqqa o‘rgatish vazifasi 

topshirilgan edi. 



1

 LEVI, LEVILAR so‘zlariga qarang. 

2

 Sahroda 18:8-

20 

OLIY RUHONIY 

Isroil xalqining eng muhim va eng yuqori 

lavozimdagi ruhoniysi. Oliy ruhoniy o‘z vazifasini 

ado etish uchun maxsus liboslar kiygan. Bu 

liboslar efod, rido, naqshli ko‘ylak, salla, belbog‘ 

va o‘n ikkita qimmatbaho tosh qadalgan 

ko‘krakpechdan iborat edi

1

. Oliy ruhoniy bir yilda 



bir marta — Poklanish kunida o‘zining eng 

muhim vazifasini bajargan. O‘sha kuni oliy 

ruhoniy Muqaddas chodirning, keyinchalik 

Ma’badning Eng muqaddas xonasiga kirgan. Bu 

xonada u o‘zini va Isroil xalqini gunohdan 

poklash marosimini o‘tkazgan. To‘liqroq 

ma’lumotga ega bo‘lish uchun BAYRAMLAR so‘zi 

ostida berilgan POKLANISH KUNI iborasiga 

qarang. 

1

 Chiqish 28–bob va Levilar 8:6-9 

 

RO‘ZA TUTISH 

Muqaddas Kitobda ro‘za muhim ahamiyatga 

egadir. Inson ilojsiz vaziyatlarga tushib qolganda, 

savob uchun emas, balki toat–ibodatga berilib, 

Xudoning madadiga muhtojligini ko‘rsatish 

maqsadida ro‘za tutadi. Insonning hayotida jiddiy 

muammolar paydo bo‘lganda ovqat yeyish kabi 

jismoniy ehtiyojlar ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinadi. 

Tavrotga ko‘ra, Isroil xalqi gunohlaridan 

tavba qilganini ko‘rsatish uchun Poklanish kuni 

ro‘za tutishi kerak edi

1

. Shuningdek, Isroil xalqi 



Bobilda surgunda bo‘lganda ham, surgundan 

keyingi davrlarda ham qayg‘uli voqealarni 

xotirlash maqsadida har yili ro‘za tutgan. 

Ma’badning vayron qilinganini xotirlab ro‘za 

tutganlari buning bir misolidir

2



Belgilangan ro‘zalardan tashqari, Isroil xalqi 

boshqa holatlarda ham ro‘za tutgan. Masalan, 

birortasi yaqin odamining o‘limidan keyin o‘z 

qayg‘usini ifoda etish

3

, mushkul vaziyatda 



Xudodan yordam so‘rash

4

, o‘z gunohidan tavba 



qilganini yoki boshqalarga hamdardligini 

ko‘rsatish maqsadida ro‘za tutgan

5

. Ro‘za odatda 



ibodat bilan bog‘liq bo‘lib, Xudodan yo‘l–yo‘riq 

olish va madad tilash uchun

6

, birovning 



mushkulini oson qilish uchun tutilardi

7

. Isroil 



xalqi orasida, ro‘za tutgan odam Xudodan albatta 

javob oladi, degan qarash keng tarqala boshlagan 

edi

8

. Ammo Eski Ahd davridagi payg‘ambarlar bu 



qarashning mutlaqo noto‘g‘ri ekanini aytganlar. 

Ularning ta’kidlashicha, odam ro‘zani xudbin 

niyatda tutishi kerak emas, aksincha ro‘za 

paytida insonning o‘y–xayoli va xatti–harakatlari 

Xudoga manzur bo‘lishi shart

9



Yangi Ahd davrida yahudiy din arboblari va 

ularning shogirdlari haftada ikki martadan ro‘za 

tutishgan. Ammo Iso Masihning shogirdlari Uning 

yer yuzidagi xizmati paytida ro‘za tutmaganlar, 

Iso osmonga ko‘tarilgandan keyin esa ro‘za 

tutadigan bo‘ldilar

10

. Iso Masihning ta’limoti 



bo‘yicha, odam boshqalarning e’tiborini o‘ziga 

jalb qilmasdan ro‘za tutishi kerak

11



1



 Levilar 16:29-31, 23:26-29 

2

 Zakariyo 7:3-5, 8:19 

oyatlarga va Zakariyo 8:19 izohiga qarang. 

3

 2 Shohlar 1:12 

4

 Naximiyo 1:4, Ester 4:3 

5

 1 Shohlar 7:6, Ezra 10:6, Naximiyo 9:1-2, Doniyor 

9:3-4, Yunus 3:5-8 

6

 2 Shohlar 12:15-23, 

2 Solnomalar 20:3-4, Ezra 8:21-23 

7

 Ester 4:15-17, 

Zabur 34:13 

8

 Ishayo 58:3 

9

 Ishayo 58:3-12, 

Yeremiyo 14:10-12 

10

 Mark 2:18-20, Havoriylar 

13:2-3, 14:23 

11

 Matto 6:16-18 

SADDUQIY 

Iso Masih davrida yahudiylarning muhim bir 



Lug‘at 

27 


diniy mazhabi. Bu mazhab asosan ruhoniylardan 

va zodagonlardan iborat edi. Sadduqiylar katta 

siyosiy kuchga ega bo‘lib, Ma’bad ma’muriyatiga 

ham hukmini o‘tkazardilar. Oliy kengash 

a’zolarining ko‘pchiligi Sadduqiylardan edi. 

Farziylardan farqli ravishda, ular og‘zaki 

tarqalgan urf–odatlarni qabul qilmasdilar, faqat 

Tavrotda yozilgan qonun–qoidalarga rioya 

qilardilar, o‘liklarning tirilishiga ham ishonmas 

edilar. Iso bilan Sadduqiylar orasida ko‘p 

kelishmovchiliklar bo‘lgan. 

SAMARIYA 

Miloddan oldingi 885-874 yillarda 

hukmronlik qilgan shoh Omri davridan boshlab, 

Samariya Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning

1

 

poytaxti bo‘ldi



2

. Eski Ahdda ba’zan Samariya 

degan nom Isroil shohligi o‘rnida ham 

ishlatilgan

3

. Yangi Ahdda esa bu nom ostida 



Iordan daryosining g‘arbidagi, Jaliladan 

janubdagi yerlar nazarda tutilgan. Samariya Rim 

imperiyasining Yahudiya viloyati hududida edi. 

1

 ISROIL so‘ziga qarang. 

2

 3 Shohlar 16:23-24 

3

 3 Shohlar 13:32, 4 Shohlar 17:24 

SAMARIYALIK 

Yangi Ahd davrida Samariyada tug‘ilgan 

odam

1

. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaliklar 



Isroilni, ya’ni shimoliy shohlikni bosib olgandan 

keyin aholisining aksariyat qismini asir qilib olib 

ketdilar. Samariya hududiga esa ajnabiy xalqlar 

majburan ko‘chirildi

2

. Bir necha asrlardan keyin 



yunonlar ham bu joylarga o‘rnashib olganlar. 

Shuning uchun Rim imperiyasi davrida Samariya 

aholisining etnik tarkibi aralash bo‘lgan. 

Samariyaliklar va yahudiylar orasida adovat bor 

edi. Samariyaliklar faqatgina o‘zlarining Tavrotini 

Xudo yuborgan muqaddas bitik deb bilardilar. 

Ularning Tavrot nusxasi yahudiylarning 

Tavrotidan farq qilar edi. Samariyaliklar Xudoga 

Quddusda emas, balki Garizim tog‘ida sajda 

qilganlar

3

. Ular taxminan miloddan oldingi 400 



yilda Garizim tog‘ida ma’bad qurganlar. Bu 

ma’bad taxminan miloddan oldingi 128 yilda 

yahudiylar tomonidan vayron qilingan. Buning 

oqibatida yahudiylar va Samariyaliklar orasidagi 

adovat yanada kuchaygan. 

1

 SAMARIYA so‘ziga qarang. 

2

 4 Shohlar 17:1-6, 24-

41 

3

 Yuhanno 4:20 ga va o‘sha oyatning izohiga 

qarang. 

SAMO 

OSMON, SAMO so‘zlariga qarang. 



SAMOVIY XUDO 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 



SANDIQ 

AHD SANDIG‘I iborasiga qarang. 



SANDIQNING QOPQOG‘I 

AHD SANDIG‘INING QOPQOG‘I iborasiga 

qarang. 

SARDOBA 

Yomg‘ir suvini to‘plash va saqlash uchun 

barpo qilingan sun’iy hovuz. Chuqur qazilgandan 

keyin chuqurning hamma yog‘iga toshlar zich 

qilib terib chiqilardi, toshlar usti suvalib, shu 

tariqa sardobalar yasalardi. Bundan tashqari, 

sardobalar katta qoyalarni o‘yib ham yasalardi. 

 

SARVARI OLAM 

XUDONING NOMLARI iborasiga qarang. 

SEVMOQ 

Ibroniy va yunon matnlarida “sevgi” 

tushunchasini ifodalaydigan bir nechta so‘z 

ishlatilgan bo‘lib, ular mazkur tarjimada “sevgi, 

muhabbat, sevmoq, yaxshi ko‘rmoq” kabi so‘zlar 

bilan berilgan. Muqaddas Kitobda bu so‘zlar 

nafaqat odamlarning o‘zaro munosabatini, balki 

ularning Xudo bilan bo‘lgan yaqin munosabatini 

ko‘rsatish uchun ham ishlatilgan. Odatda o‘zaro 

munosabat o‘rnatib, ahd

1

 tuzgan ikki tomon bir–



biriga nisbatan sadoqatli va iltifotli bo‘lishi talab 

etiladi. 

Eski Ahdda buning eng yorqin misoli 

Xudoning Isroil xalqi bilan bo‘lgan 

munosabatidir. Isroil xalqi Xudoning sevgisini 

qozonmagan bo‘lsa ham, Xudo ularni qanchalik 

sevishini ko‘rsatish uchun ular bilan ahd tuzishga 

qaror qilgan

2

. Bu ahdning shartiga ko‘ra, Isroil 



Lug‘at 

28 


xalqi Egasi Xudoni butun qalbi bilan, jonu dili 

bilan, butun vujudi bilan sevishi va Uning 

amrlarini bajarishi kerak edi

3

. O‘sha amrlardan 



birida aytilishi bo‘yicha inson o‘zgani o‘zini 

sevganday sevishi kerak

4



Iso Masih Xudoni va boshqalarni sevish 



haqidagi amrlarni Tavrotning eng muhim amrlari 

deb hisoblagan

5

. U O‘z shogirdlariga, bir–



biringizni sevinglar, amrlarimga amal qilinglar, 

deb buyurgan

6

. Isoning O‘zi ham samoviy Otasini 



qanchalik sevishini ko‘rsatish uchun Uning 

amrlarini to‘liq bajargan

7



Xudo butun odamzodga bo‘lgan sevgisini 



ko‘rsatish maqsadida bu dunyoga O‘zining 

yagona O‘g‘li Iso Masihni yuborgan edi. Iso Masih 

odamzodning gunohi uchun qurbon bo‘ldi. Isoga 

ishongan har bir inson gunohlaridan butunlay 

poklanadi va abadiy hayotga ega bo‘ladi

8

. Xudo 



sevgi manbayi bo‘lgani uchun Unga ishonganlar 

ham Xudodan namuna olib, bir–birlarini yaxshi 

ko‘rishlari kerak

9



1

 AHD so‘ziga qarang. 

2

 Qonunlar 7:6-9 

3

 Qonunlar 

6:5, 11:1 

4

 Levilar 19:18 

5

 Mark 12:28-34 

6

 Yuhanno 13:34-35, 14:15, 21-24, 15:12, 17 

7

 Yuhanno 14:31, 15:9-10 

8

 Yuhanno 3:16, 

Rimliklar 5:8, 1 Yuhanno 4:9-10 

9

 1 Yuhanno 4:7-8, 

11-12, 16, 19-21 

SIDON 

FINIKIYA so‘ziga qarang. 



SINAGOGA 

Yahudiylar toat–ibodat qilishlari, Muqaddas 

bitiklarni o‘qib–o‘rganishlari va diniy ta’lim 

olishlari uchun yig‘iladigan joy, ibodatxona. 

Sinagogalarda qurbonliklar keltirilmagan, 

qurbonliklar faqat Quddusdagi Ma’badda 

keltirilar edi. 

SION 

Shoh Dovud Yobus xalqidan tortib olgan 

Quddusning bir qismi Sion qal’asi deb atalardi

1



Bu joy Dovud qal’asi deb nom oldi. Keyinchalik 

esa Ma’bad qurilgan tepalik Sion tog‘i deb 

ataladigan bo‘ldi. Eski Ahddagi she’riy 

parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion 

so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning 

xalqiga nisbatan ishlatilgan. 



1

 2 Shohlar 5:6-9 

SIPOH 

Qadimda shohning lashkari safida xizmat 

qilgan jangchi. 

SOVURISH, SHOPIRISH 

 

SOVUT 

Tanani nayza, qilich yoki o‘q zarbidan saqlash 

uchun kiyiladigan zirhli harbiy kiyim. Sovutlar 

odatda hayvon terisidan qilingan, ammo ba’zan 

temir va bronzadan ishlangan. Temir va bronza 

sovutlar juda qimmat bo‘lgan. Kamonkashlar va 

aravakashlar jang paytida himoyalanish 

maqsadida sovut kiyganlar, chunki ularning 

qo‘llari band bo‘lgani uchun qalqon ko‘tara 

olmasdilar. Ba’zan jang otlariga ham sovut 

kiydirilgan. 



SOYLIK 

Ikki adir oralig‘idagi pastlik. Yaqin Sharqda 

ba’zi soyliklar vodiy kabi keng, ba’zilari esa jar 

kabi chuqur va tor bo‘ladi. Yog‘ingarchilik 

mavsumida soylikda suv oqadi, boshqa paytlarda 

esa suvi qurib qoladi. 



SURGUN 

Bu so‘z ostida odatda Isroil va Yahudo 

shohliklari dushmanlar tomonidan bosib olinib, 

aholisining aksariyat qismi boshqa yurtga surgun 

qilingan davr nazarda tutiladi. Muqaddas Kitobda 

bayon qilinishicha, Isroil va Yahudo xalqlari 

Xudoning hukmi oqibatida surgun qilinganlar, 

chunki ular Xudoning Muso orqali tuzgan ahdiga 

sodiq bo‘lmagan edilar

1



Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya Isroilni, 

ya’ni shimoliy shohlikni bosib oldi. Ossuriyaliklar 

Isroil poytaxti Samariyani qo‘lga kiritgandan 

keyin yurt aholisining aksariyatini Ossuriyaning 

turli hududlariga asir qilib olib ketdilar

2

. Isroil 



yurtiga esa ajnabiy xalqlarni majburlab 

ko‘chirdilar

3



Miloddan oldingi 605 yildan boshlab, 



Bobilliklar Yahudoga, ya’ni janubiy shohlikka 

qayta–qayta hujum qildilar. Bu hujumlar 

oqibatida ular ba’zi yahudiylarni Bobilga 


Lug‘at 

29 


asirlikka olib ketdilar. Doniyor payg‘ambar deb 

tanilgan yosh yigit ham mana shu asirlar orasida 

edi

4

. Nihoyat, miloddan oldingi 586 yilda 



Bobilliklar Yahudo poytaxti Quddusni qo‘lga 

kiritib, uni vayron qildilar

5

. Yurt aholisining 



aksariyatini asir qilib olib ketdilar

6

. Asirga 



olinmagan yahudiylar Misrga qochib bordilar

7



Yahudiylar Bobil surgunida bo‘lganlarida ham 

o‘zlariga uy qurganlar, tijorat va dehqonchilik 

bilan shug‘ullanganlar. Ular o‘z diniy urf–

odatlariga rioya qilgan holda, milliy o‘zligini 

saqlab qolganlar. Doniyor va Hizqiyol 

payg‘ambarlar mana shu surgun davrida faoliyat 

ko‘rsatganlar. Keyinchalik Yahudo yurti Forslar 

hukmronligi ostida bo‘lganda, yahudiylardan 

ba’zilari Zarubabel va Ezra boshchiligida 

Yahudoga qaytib borganlar va Quddusda 

Ma’badni qayta qurishni boshlaganlar

8

. Oradan 



yillar o‘tib, Fors shohi xizmatidagi yahudiy 

amaldori Naximiyo ham Yahudoga qaytgan va 

Quddus devorlarini qayta qurish ishlariga 

boshchilik qilgan

9



Ko‘p yahudiylar ona yurtlaridan uzoqda 



yashashda davom etaverganlar. Jumladan, Ester 

kitobida Fors shohligida yashagan yahudiylar 

to‘g‘risida hikoya qilingan. Bu voqealar miloddan 

oldingi beshinchi asrda Fors shohligining 

poytaxti Shushanda bo‘lib o‘tgan. Bobil va 

Misrdagi Iskandariya shaharlari uzoq yillar 

davomida yahudiylarning diniy ta’lim markazlari 

bo‘lib xizmat qilgan. 



1

 4 Shohlar 17:7-23, 24:1-4, 2 Solnomalar 36:13-

21, Yeremiyo 25:1-11 

2

 4 Shohlar 17:5-6 

3

 4 Shohlar 17:24 

4

 Doniyor 1:1-6 

5

 4 Shohlar 

24:20-25:17, Yeremiyo 52:1-16 

6

 4 Shohlar 24:13-

16, 25:11-12, 2 Solnomalar 36:20, Yeremiyo 52:15, 

28-30 

7

 4 Shohlar 25:25-26, Yeremiyo 43:1-7 

8

 Ezra 1:1-5, 2:1-2, 70, 7:1-7 

9

 Naximiyo 1:1-6:16 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin