Mundarija kirish Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot


Mahsulot sotishdan olingan yalpi



Yüklə 76,3 Kb.
səhifə10/18
tarix17.05.2022
ölçüsü76,3 Kb.
#58259
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
amaliyot 20222222]

Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda tahlili



Ko’rsatkichlar

Hisobot yili boshida

Hisobot yili oxirida

O’zgarishi

Mutloq (+;-)

Nisbiy %

1

Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum, ming so’m

150564

165341

14777

8.93

2

Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi, ming so’m

115354

134020

18666

13.92

3

Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi foyda, ming so’m

35210

31321

-3889

-12.41

Moliyaviy natijada qilingan xarajat olingan daromad summasidan ortib ketsa, u zarar hisoblanadi. Ammo moliyaviy natijaning qator ko’rsatkichlari mavjud bo’lib, ularning barchasi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda o’z aksini topadi va ushbu hisobot davridagi daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi oraliq va yakuniy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Daromad va xarajatlarni taqqoslash orqali quyidagi ko’rsatkichlari aniqlanadi. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar); asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar); umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar); moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar); soliq to’laguncha bo’lgan foyda (zarar); soliqqa tortiladigan foyda (zarar); favqulodda foyda (zarar); sof foyda (zarar). Ushbu moliyaviy natija ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega va turli xil maqsadlar uchun qo’llaniladi. Jumladan, ular hisobot davrida korxona faoliyatining samaradorligini baholashda va tahlil qilishda mustaqil o’rinni egallaydi. Ayniqsa samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlashda foydalaniladigan soliq to’laguncha bo’lgan foyda, mahsulot sotishdan olingan foyda va korxonaning sof foyda ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlarini to’g’ri aniqlash daromad va xarajatlarni to’g’ri tasniflash bilan bevosita bog’liq. «Хarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq korxonalarning xo’jalik faoliyati natijasida oladigan daromadlari quyidagi asosiy bo’limlar bo’yicha guruhlanadi: mahsulot sotishdan olingan sof tushum; asosiy faoliyatning boshqa (operatsion) daromadlari; moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; favqulodda daromadlar. Daromadlarning bunday guruhlanishi, korxonaning turli xil faoliyatidan olingan daromadlarini hisobotda alohida ko’rsatish zarurati bilan izohlanadi. Bu korxona faoliyati bilan qiziquvchi tomonlar uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirish imkonini beradi. Korxona faoliyatining sof moliyaviy natijasini aniqlash uchun hisobot davrida qilingan barcha sarf va xarajatlar to’g’ri taqsimlanishi lozim. Barcha xarajatlar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga va tannarxga kiritilmaydigan, ammo davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlarga bo’linishi zarur. Davr xarajatlari, soliq to’laguncha bo’lgan foydani hisoblashda inobatga olinadi. Bundan tashqari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda moliyaviy faoliyat va favqulodda holat bo’yicha xarajatlar ham alohida ko’rsatiladi . Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda daromadlar olish bilan bog’liq xarajatlarni quyidagi “NEW DAY NEW ERA” misolida ko’rsatish mumkin:




Yüklə 76,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin