Mundarija: kirish I bob. Kompozitsiya


Mashhur rassomlar ijodida kompozitsiyasi masalalari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə3/8
tarix16.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114544
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'ral Tansiqboyev ijodida manzara janri

1.2. Mashhur rassomlar ijodida kompozitsiyasi masalalari
Tasviriy kompozitsiya masalalari haqida gapirar ekanmiz, albatta bu borada samarali ijod qilgan yetuk musavvirlar asarlariga murojaat qilamiz. Bunday musavvirlar hoh manzara, hoh boshqa janrda asar yaratmasin ularning ijodida kompozitsion yechim nechog’liq to’g’ri topilganligining guvohi bo’lamiz. Shunday mashhur rasssomlardan biri-xalq rassomi O’rol Tansiqboyevning ba’zi asarlarida kompozitsiya masalalari qanday hal qilinganligini ko’rib chiqamiz.
XX asrning 50 yillarida uzbek manzara janrida O’rol Tansiqboyev karvonboshi bо‘ldi. Qishlok xо‘jalik mavzusiga oid asarlar yarata boshladi.
1950 yilda «О‘zbekistonda bahor», «Paxtani sug‘orish» asarini yaratdi. Tongda esayotgan mayin shabada va shildirab oqayotgan suv, salqin tabiatning uyg‘onishi tomoshabinda quvonchli hissiyotni uyg‘otuvchi ta’sirchan vositadir. Xayotning obyektiv qonunlari va inqilobiy rivojlanishining epik holatda yuzaga kelishi «Ona о‘lka» asarida (1951 y.) о‘z aksini topdi. Kompozitsiya yechimini -diorama usulida yechish, rassom ijodining xarakterli nuqtalaridan bо‘lib qoldi. Ayniksa holat chо‘lni ochishga bag‘ishlangan «Taxyatosh» va «Issiq kо‘l» nomli asarlarida namoyon bо‘ladi. Manzara kompozitsiyasini panorama usulida tasvirlash rassomga xos xususiyatlardan biridir. «Qayroqqum GES tongi» (1957 y) eng yaxshi industrial manzara asarlaridan biri deb tan olingan. (B.V. Veymarn, U, Tansiqboyev Moskva Izd. Iskusstva 1958 g). Asar 1957 yili Moskvada sobiq ittifoq kо‘rgazmasida va Bryuseldagi kо‘rgazmada namoyish etilib kumush medal bilan takdirlangan. Hozir u Moskvadagi Sharq xalklari Davlat san’at muzeyida saqlanmoqda. Qarshimizda katta keng gidroelektrostansiyaning qurilish panoramasi, biryuza rangli «Qayroqqum» dengizi, kompozitsiya markazida esa gidrostansiya qurilishi tasvirlangan. Tepalikdagi buldozer, tо‘g‘on ustidagi kranlar, oldingi plandagi qumli dо‘ngliklar, tо‘g‘on orqasidagi chо‘l manzarasi, chо‘lda hosil bо‘layotgan mо‘jizani eslatadi. Eng asosiysi manzara asarida qayrokqumda haqiqatni poetik talqin etish mahorat bilan kо‘rsatib berilgan. Yorqin dekorativ iliq, sovuq tuslardagi kontrast pushti, tilla, kо‘kbiryuza ranglarda gо‘zal tabiatning bepoyon kengligidagi kaynok xayot uz aksini topgan. Dengiz sathidagi quyosh nurlarida yarqirab turgan о‘ynoki bliklar rassom tomonidan juda katta mahorat bilan tasvirlab berilgan.

1-rasm. O’.Tansiqboyev. «Qayroqqum GES tongi» (1957 y)



2-rasm. I.K.Ayvazovskiy. “Kamalak”
Kompozitsiya masalari haqida gapirganda mashhur rus rassomi I.K.Ayvazovskiy yaratgan rangtasvir asarlarini ham chetlab o’tish qiyin. XIX asrda yashab o’tgan bu rassom asosan daengiz manzaralari bilan bog’liiq shunday ajoyib kompozitsiyalar kompozitsiyalar yaratdiki, ularni ko’rgan tasviriy san’at ixlosmandi bu ijodkor mahoratiga so’zsiz tan beradi. Buning boisi nimada? Mana misol uchun uning “To’qqizinchi bal”karetinasini ko’rib chiqaylik. Cheksiz dengizda birdaniga boshlangan tufon kemani halokatga keltirgan. Shiddatli to’lqinlar orasida jon saqlash uchun intilayotgan kishilar bu bo’ron bilan kurashmoqda.Ularning talvasali harakatlari va ovozlari qudratli to’lqinlar orasida ilojsiz va ojizdek ko’rinadi. Rassom bu kartinasida inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarning bir ko’rinishi misolida tabiatning qudratli kuchini, inson zotining har doim u bilan hisoblashishi kerakligini ko’rsatadi guyo.Eng asosoiysi inson hayotning naqadar qimmatliligi, har qanday vaziyatda ham yashashga bo’lgan intilish hech qachon so’nmasligini ajoyib bo’yoqlarda ko’rsatadi. Rassomning mahorati shundaki, u o’z oldiga juda murakkab bo’lgan kompozitsiya yaratrishni maqsad qilib qo’ygan va uning uddasidan chiqa olgan. Asar tuzilishiga e’tibor beradigan bo’lsask, dovuldan chayqalayotgan dengiz to’lqinlari orasida ko’rinayotgan kema uzoqroqda, ya’ni xiraroq ranglarda tasvirlanib, qayiq va sollarda omon qolishga intilayotgan dengizchilar esa yaqinroq planlarda tasvirlangan. Mahobatli to’lqinlar quyosh nurlarida xilma-xil tovlanib, uning zarralari yaltirab ko’rinadi. Buyuk rassom ana shu murakkab ranglar jamlanmalarini shu qadar ustalik bilan torganki, undagi ranglar koloriti, ularning yorqin jilosi kishini beixtiyor o’ziga maftun qiladi.
Maishiy janrdagi tematik kartinani yaratish mazmun va goyani ochib beruvchi voqea bilan bog‘liq va vokeaning eng xususiyatli, kiziqarli nuqtasini tasvirlashni talab etadi.
Inson yashab turgan muhitda sodir bо‘layottan vokealarni ifodalovchi bu janr qadim zamonlarda paydo bо‘lgan. Utgan asrning demokratik rassomlari halq hayotini astoydil haqkoniy, tasvirlab berganlar. Bunga I. Repinning «Yangi kuyovni kuzatish», YE. Makovskiyning «Xiyobonda», V. Perovinning «Uchovlon» va : boshqa suratlari о‘ziga xos misol bо‘la oladi. Yoshlarning kundalik hayoti, [ mehnati, о‘qishi tasviriy san’at maishiy janrning bir qator asarlarida о‘z aksini topdi. V.Laktionovning «Frontdan xat» F.Reshetnikovning «Yana ikkimi», «Ta’tilga keldi» asarlarida Vatanga muhabbat, maktab hayoti bilan boglik g‘oyalar tasvirlangan. Maishiy janrda ham kompozitsiyaning talablari mavjud. Mazmun va goyani kompozitsiyaning ma’lum vositalarida ochib berish: kо‘rish nuktasi ufq, fazoviy uzoqlashish, shuningdek, kompozitsiya markazi, asosiy va ikkinchi darajali predmetlar yorug‘ligi, tue, rang, kolorit munosabatlariga rioya qilishdan iborat. Perspektiva qonunlari, muvozanat, simmetriya, dinamika vazifalaridan tо‘gri foydalana bilish kerak. Kompozitsiya tuzilishi xona chekkasi (interyer) yoki ochiq havoda bо‘lsa-da, asosiy о‘rinni odam qiyofasining tasviri egallaydi. Rassomning hayotni kuzatishi natijasida bо‘lgan mavzuga oid kо‘plab bajarilgan xomaki chizgi, etyud, eskizlar kompozitsiya tuzilishiga asos bо‘ladi. Ikki, uch figurali kompozitsiya tuzish uchun uyda yoki ishxonada odamlarning mehnat qilish yoki dam olish jarayonini tasvirlash uchun uning kasbi, xarakterini, hayotdagi voqeaning qiziqarli holatini о‘rganish lozim. Naturadan bajarish bilan bir qatorda xayoldan va tasavvur qilib ishlashni, mashq qilishni odatga aylantirish kerak.
O’zbekistonga XX asr boshlarida kelib samarali ijod qilgan rus rassomi P.P.Benkov maishiy janrning ham mohir ustasi edi.
Rassom 1930 yili Xivaga, kеyin Samarqandga kеldi. Bu ajoyib o’lkaning tabiatni, xayoti, odamlari yangi ijodga ilxomlantirdi. Tеz orada u qozon shaqridan Samarqandga ko’chib kеlib ijodini ikkinchi yangi bosqichini boshladi.
Rassom shahar tor ko’chalarini kеzib, maschit- madrasalarga, xonadonlarga kirdi, bozordagi shovqin- suron, savdo – sotiq bilan band, ranglarga boy libosdagi odamlar xayotini erinmay soatlab kuzatdi. Ularni quyosh nurida toblangan chеxralarini mashaqqatli mеqnat evaziga еtishtirilgan mеva nozi – nеmatlarning rang – barangligi uni ko’zini qamashtirdi, yangi ijodga ilxom baqishladi.
Shunday qilib ilk bor «Xivalik qiz» suratini yaratdi. Pеshin payti, charoqon quyosh nuriga qarq cho’milgan Xiva xovlilarining birida o’smir qiz charx yigirib o’tiribdi. Uning egnida guldor ko’ylak, boshida chiroyli do’ppisi. Ko’zlarini diqqat bilan boqishi, boshini sal egilganligi, qo’llarning harakati, uning bеrilib ishlayotganidan dalolat bеrib turibdi. Surat bo’yoqlarining yorqinligi, uni erkin uslubda ishlaganligi tufayli, asardagi milliy koloritni yanada chuqo’r xis etamiz.
«Uzum uzish» yoki «Dugonalar» kartinasida ko’pmillatli vatanimizda xalqlar do’stligi qoyasi obrazi ochib bеrilgan. Janubning saxiy quyoshi, go’zal farovon turmushi asar kompozitsiyasida moxirona xal etilgan. Qalin navda va barglari orasidan tushgan quyosh nurlarida pishib еtilgan uzum boqlari manzarasi fonida ikki qiz tasvirlangan. Biri o’zbеk qizi, ikkinchisi rus qizi, ular kompozitsiya ma'naviy markazini tashkil etadi. Asarning pеrsonajlari, zavq bilan tamosha qilayotgan, qizlar ham, bolalar ham kеksa bog’bon ham bir oila a'zolaridеk ko’rinadi. Tasvir yorqin bo’yoqlarda ishlagan, unda havo ko’p, sеrquyosh O’zbеkistonning go’zal tabiati juda yaxshi nafis ranglarda aks ettirlgan.



3-rasm. Z.Inag’omov. “Choyga”

4-rasm. I.Y Repin. “Ivan Grozniy va uning o’g’li Ivan”. 1885 y.




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin