Mundarija kirish i-bob diniy bag`rikenglikning jamiyatdagi takomillashuvi


 Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi



Yüklə 26,1 Kb.
səhifə4/5
tarix11.05.2023
ölçüsü26,1 Kb.
#111799
1   2   3   4   5
O`ZBEKISTON DINIY BAG`RIKENGLIK

2.2 Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi
O’zbekistonda yashab faoliyat ko’rsatayotgan turli din vakillarining ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo’l ochildi. Yosh davlatimiz din ma’naviy-madaniy hayotning uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirdi. Mamlakatimiz rahbari dinga bo’lgan yangicha munosabatni "dunyoviylik –dahriylik emas" degan tamoyil asosida aniq va ravon belgilab berdi. 1998 yilda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to’g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilinib, davlat va din munosabatlari qonuniy tartibga solindi. Mazkur qonunning maqsadi har bir shaxsning erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’iy nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat
Bugungi kunda mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub tashkilotlar o’rtasida o’zaro hurmat va bag’rikenglik muhiti o’rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O’tgan 20 yil mobaynida bu yo’nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi - bag’rikenglikning muhim omillaridan biri bo’lgan millatlararo va dinlararo totuvlik to’la ta’minlandi. Bugun mamlakatimizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2000 dan ortiq diniy tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda, Toshkent islom universitet, 9 ta o’rta maxsus islom bilim yurti ishlab turibdi.
Hozirgi kunning eng asosiy vazifalaridan biri xalqimizning diniy e’tiqodiga zid bo’lgan zararli oqimlarning yurtimizga kirib kelishining oldini olish, an’anaviy, ma’rifiy, mo’tadil islomni yot g’oyalar ta’siridan saqlashdan iborat.
Dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik ta’minlanishini belgilaydigan sohalar juda ko’p. Ta’lim-tarbiya sohasi, shubhasiz, ular orasida alohida ahamiyatga ega. Chunki millatimizning, xalqimizning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bog’liqdir.

Xulosa
Xulosa shuki, "O’zbekiston-umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", "Bag’rikenglik - o’zbek xalqining buyuk fazilati","O’zbekiston - bag’rikeng diyor", "Diniy e’tiqodlar - tinchlik xizmatida"kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu g’oya xalqimizning, millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan har bir insonning hayotida mustahkam o’rin egallaydi.
Tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o‘zi bizga turli millat, e’tiqod va din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina umumiy bo‘lgan O’zbekiston har millatimizning kelajagini ta’minlashga erishish mumkinligini ko‘rsatib turibdi.
O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g‘oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, dinlararo totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Mustaqillik bizga ana shu ezgu an’analarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo‘lib o‘tishini ta’minlash imkonini beradi.



Yüklə 26,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin