Mundarija kirish asosiy qism 1 – bob. Moddiy-texnika resurslar tushunchasi


Aylanma mablag`lar va ulardan foydalanish



Yüklə 131 Kb.
səhifə4/7
tarix26.06.2023
ölçüsü131 Kb.
#135112
1   2   3   4   5   6   7
sanjar qishloq xojaligi

1.4. Aylanma mablag`lar va ulardan foydalanish

Ishlab chiqarish jarayoni samarali olib borilishida asosiy fondlar bilan bir qatorda aylanma mablag`larning ahamiyati cheksizdir. Ular ishlab chiqarish jarayonining albatta bo`lishi lozim bo`lgan shartlaridan biridir. Aylanma fondlar bir ishlab chiqarish siklida ishtirok etadi. O`zining qiymatini tayyor mahsulotga to`liqligicha bir ishlab chiqarish jarayonida o`tkazadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, o`z fizik ko`rinishini qisman, aksariyat holda esa butunlay o`zgartiradi. Ana shunday talablarga javob bergan fondlar aylanma fondlar deb yuritiladi. Aylanma fondlar, xo`jalikning hisob raqamlarida mavjud bo`lgan pullari, sotilgan, lekin hali puli kelib tushmagan mahsulot uchun mablag`larini qo`shib hisoblaganda, aylanma mablag`lartushunchasi kelib chiqadi. Aylanma mablag`lar – ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotni sotish maqsadida zarur aylanma fondlarni va muomila fondini tashkil etish uchun avanslashtirilgan pul mablag`lari yig`indisidir. Biror bir ishlab chiqarish aylanma mablag`larsiz yuz berishi mumkin emas. Ularning turkimini quyidagi chizma orqali ko`rish mumkin.





Aylanma mablag`larning tarkibi.


Aylanma mablag`lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi:


1). Aylanma mablag`larning aylanish koeffitsiyenti:



Bunda: R – ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan va ko`rsatilgan hizmat evaziga olingan pul tushumi, so`m;


M – asosiy podaga o`tkazilgan yosh chorva mollarining qiymati, so`m;
S – asosiy podani sotishdan tushgan pul tushumi, so`m;
O – aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`i, so`m.

2) Aylanma mablag`larning o`rtacha bir aylanish muddati yilning 360 kunini aylanma mablag`larning aylanish koeffitsiyentiga bo`lish orqali hisoblanadi.


3) 1 so`mlik pul tushumiga to`g`ri keladigan aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`i.
4) 1 so`mlik aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`iga to`g`ri keladigan sotilgan mahsulot hajmi.
Aylanma mablag`lar manbasiga ko`ra, o`z mablag`lari va chetdan jalb etilgan mablag`larga bo`linadi.



Yüklə 131 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin