UMUMIY XULOSALAR Har bir hududning mahalliy xususiyatlari borligini inobatga olishimiz kerak . buni hududning tabiiy sharoiti , iqtisodiyoti , geografik terminlari jihatidan ozmi ko’pmi farq qilishi , aholining tarixi , etnografiyasidan ko’rish mumkin.
Bugungi davrga qadar o’zbek nomshunosligi uzoq rivojlanish davrini bosib o’tdi. Bugungi kungacha O’zbekiston viloyatlari toponimiyasi va uning bo’limlari bo’yicha ko’plab tadqiqotlar qilindi va bu izlanishlar hamda ilmiy ishlar keyin ham davom etadi. Ilmning chegarasi bo’lmaydi. Nomshunoslikning o’rganilish jarayonida uning har bir bo’limlari alohida o’rganildi. Olimlar va tadqiqotchilar tomonidan chuqur o’rganishlar olib borildi.
Tumandagi oykonimlarning ilk qatlami qachon va kimlar tomonidan yaratilganligi aniq emas. Uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tgan oykonimlar murakkab o’zgarishlarga duchor bo’lgan , hududda yashagan xalqlarning hayotidagi ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar geografik nomlarda o’z aksini topgan. Nurota tumanidagi oykonimlarni o’rganishda tarixiy ma’lumotlarga suyangan holda ish ko’rish maqsadga muvofiq. Chunki toponimika ko’pincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muhtoj. Zero , biror geografik nomni o’rganish uchun , albatta , uning qaysi davrda paydo bo’lganligi va nima sababdan shunday nomlanganligini bilish uchun tarixga nazar solishimiz kerak. Geografik nomlar ijtimoiy hodisa ekanligi , jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liq ekanligi hamda tarixiy jarayonlar tuman toponimiyasiga ma’lum darajada o’z ta’sirini o’tkazgan.
Hududdagi oykonimlarni o’rganish davomida ularning kelib chiqish tarixi, o’ziga xos qonuniyatlari , yasalish xususiyatlariga alohida e’tibor berildi.
Nurota tumanidagi ayrim oykonimlarning lisoniy tahlili masalasiga bag’ishlangan ushbu bitiruv ishi natijasida quyidagi xulosalarga kelindi :
Toponimlar , aholi istiqomat qiladigan maskanlar , qolaversa , umuman olganda , joy nomlarining uzoq o’tmishga borib taqaladigan atoqli otlaridir.
Toponimlarning har biri o’z tasnifiga ega.
Oykonimlar kishilar istiqomat qiladigan shahar , tuman , qishloq , ovul va shu kabi aholi yashash maskanlarining atoqli nomidir.
Oykonimlarning turli , ichki tarkibiy qismlari borki , ularning alohida guruh sifatida o’rganishni talab etadi .
Oykonimlarning yasalish xususiyatiga alohida to’xtalish va