Mundarija : Kirish I. Bob. Yuklamalar haqida malumot berish


II.BOB Bog‘lovchilarning stilistik xususiyatlari



Yüklə 158 Kb.
səhifə6/11
tarix15.06.2023
ölçüsü158 Kb.
#131013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
II.BOB Bog‘lovchilarning stilistik xususiyatlari.
Hozirgi adabiy tilimizda ham funktsional ko‘makchilarning mavjudligi, birinchidan, ko‘makchilarning tarixan mustaqil so‘zlardan iborat bo‘lganligi va ularning dastlab leksik ma`no anglatganligidan, ikkinchidan esa, bu jarayon tilda hali ham davom etib kelayotganligidan dalolat beradi. Bu toifadagi ko‘makchilar tilimiz tarixi tadqiqotchilarining kuzatsh ob`ekti bo‘lgan va bu tadqiqotlar natijasi ularning asosan fe`l, ot, ravish, ravishdosh singari mustaqil so‘z turkumlaridan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Ana shunday mulohazalarni U.Tursunovning “O‘zbek tilida so‘ng ko‘makchilar”, Kononovning “Poslelogi v sovremennom uzbekskom literaturnom yazike”, A.A. Koklyanovaning “Poslelogi i slujebnie imena v uzbekskom yazike”, G.F. Blagovaning “XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilar haqida”, S.Mutallibovning “Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk (XI asr yozma yodgorliklari asosida)”, A.M. SHerbakning “Grammatika starouzbekskogo yazika”, G‘.Abdurahmonov va SH. SHukurovning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”, H.G‘. Ne`matovning “XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar”, T.Rustamovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar”, “Sof ko‘makchilar”, e. Fozilovning “O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi”, J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi. Ikkinchi qism. Tarixiy morfologiya.Ikkinchi bo‘lim” kabi asarlaridan topishimiz mumkin bo‘ladi.
Funktsional ko‘makchilarning sof ko‘makchilardan ajralib turadigan xususiyati ularning hozirgi o‘zbek adabiy tilida bir tomondan o‘zning dastlabki leksik ma`nolarini saqlab kelayotganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan gapning shakllanishida ma`lum grammatik vazifalarni bajarishi bilan bog‘liq. Ulardagi bu xususiyatni H.Ne`matov ravish ko‘makchilar misolida quyidagicha izohlagan: “Ravish ko‘makchilar so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi, o‘ta abstrakt ma`noga ega ekanligi va shuning uchun kelishik formalarini ko‘makchilarga yaqinlash(tir)sa, o‘z grammatik ma`nosining mustaqil so‘z – ravishning lug‘aviy ma`nosi bilan aloqadorligi va nutqda mustaqil qo‘llana olish qobiliyati bilan ot ko‘makchilarga yaqin turadi; ravish ko‘makchilar sof va ot ko‘makchilar orasida oraliq o‘rinni egallaydi. Bu oraliq o‘rin asosida ravish ko‘makchilarda yo sof ko‘makchilarga (ya`ni grammatik ma`nosining leksik ma`nodan batamom uzilishi) yoinki ot ko‘makchilarga o‘tish (ya`ni egalik va kelishik affikslari bilan birikib kelish) tendentsiyasi ko‘zga yaqqol tashlanadi. SHuning uchun uze, otru ravish ko‘makchilar o‘z xususiyati bilan sof ko‘makchilarga yaqinlashsa (mas., anin otru (Q.2562)- “bu tufayli andin otru o‘rnida, senin uze - sende”), boshqa bir necha ko‘makchilarda (chunonchi asra, tegre, on, basa va h.k.) ot ko‘makchilarga o‘tishni ko‘rish mumkin”. (Ne`matov H.G‘. XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar, 45).
H.G‘.Ne`matov funktsional ko‘makchilarga nisbatan “mustaqil-yordamchi so‘zlar” atamasini qo‘llaydi. Olimning fikri qanchalik ilmiy asosga ega ekanligini anglab olish maqsadida uning bu borada qayod etganlarini batafsil keltirishga to‘g‘ri keladi: “Mustaqil va sof yordamchi so‘zlardan farqlash maqsadida ham mustaqil, ham yordamchi vazifasida kela oladigan so‘zlarni mustaqil-yordamchi so‘zlar deb ataymiz.
Sof ko‘makchilar funktsiyasi, morfologik o‘zgarmasligi, alohida urg‘uga ega emasligi, mustaqil so‘zlarsiz qo‘llana olmasligi bilan, qisman bo‘lsa-da, qo‘shimchalarga (kelishik affikslariga) o‘xshasa, mustaqil-yordamchi so‘zlar morfologik xususiyatlari, yakka holda qo‘llanila olishi bilan mustaqil so‘zlarga yaqin turadi. Demak, mustaqil-yordamchi so‘zlar sof yordamchi so‘zlar va sof mustaqil so‘zlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi.
…dialektik materializm noantogonistik qarama-qarshi tomonlar bir-birini rad etibgina qolmay, ularning birlashishini ham tan olish dialektikaning muhim elementlaridan biri ekanligini uqtiradi. …Ikki qarama-qarshi elementlar (elementlar gruppasi)ning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi element dialektik logikada oraliq uchinchi (vklyuchennioe tret’e) deb ataladi va u dialektik logikaning muhim elementlari sanaladi. Dialekti logika ta`limoticha, ikki o‘zaro qarama-qarshi element orasidagi orliq uchinchi, uning ta’iati ochilmaguncha, elementlarning mohiyati o‘rganilgan hisoblanmaydi.

Yüklə 158 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin