Mundarija : kirish I. Bob. Маrkаziy оsiyodа ilm-fаn, mаdаniyat rivоjigа qo’shgаn hissаsi bilаn bоg’liq muаmmоlаr



Yüklə 212,5 Kb.
səhifə2/7
tarix07.10.2023
ölçüsü212,5 Kb.
#152904
1   2   3   4   5   6   7
Ilm-fаn vа tа’lim sоhаsining glоbаllаshuvi nа uning g‘оyaviy-mаfkurаviy jihаtlаri.

Kurs ishinig vazifalari: Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish maqsadida davlatimiz rahbarining farmoni bilan qabul qilingan, “O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” ushbu sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko'tarishga zamin yaratadi.Ushbu strategiyada intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, oliy ta'lim tizimini rivojlangan jahon tajribalari asosida tashkil etish, oliy ta'lim muassasalarini jahonning eng reytingi baland ta'lim muassasalari qatoriga kiritish, oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, professor-o'qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi sifat darajasiga ko'tarish, bu o'zgarishlar dunyo ilm-fani tizimida e'tirof etilishiga erishish uchun vazifalar belgilandi.Bugungi kunda ilm-fan taraqqiyoti dunyoning nufuzli oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqoqot muassasalaridan boshlanayotgani barchamizga ma'lum. Shu sababli ham mamlakatimizda dunyoning etakchi oliy ta'im muassasalarining filiallarini ochish, ta'lim tizimi raqobatbardoshligini ta'minlash, shu maqsadda xususiy ta'lim muassasalari faoliyatini yo'lga qo'yish, professor-o'qituvchilarning ilmiy tadqiqotlari natijalarini dunyoning etakchi ilmiy jurnallarida e'lon qilishga katta e'tibor qaratilmoqda.Mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilgan ishlohotlarning bir qismi sifatida harbiy ta'limda ham ilm-fanni rivojlantirish, harbiy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan keng ko'lamdagi islohotlarni e'tirof etishimiz zarur. Chunki, yaqin yillargacha harbiy ta'lim tizimi yopiq, mamlakatimiz ta'lim tizimidan deyarli ajralib qolgan, asosan amaliy mashg'ulotlarga asoslangan bo'lib, ilmiy-tadqiqot, xorijiy hamkorlik ishlariga eetibo kam edi.Islohotlar natijasida harbiy ta'lim tizimiga ham Institut, Akademiya, Universitet kabi dunyoda tan olingan tushunchalar kirib keldi. Harbiy ta'lim sohasidagi islohotlarning eng ahamiyatli natijalaridan biri sifatida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy texnika institutini O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etilganligi bo'ldi. Davlatimiz rahbari ushbu qarori bilan jamoat xavfsizligini ta'minlash bugungi kunda davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligini yana bir bor ko'rsatib o'tdilar. Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida”gi Farmonining e'lon qilinishi, ushbu Farmon bilan “O'zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligi kontseptsiyasi”, “2022-2025- yillarda O'zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi” hamda “2022-2025- yillarda O'zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlanishi ham jamoat xavfsizligini ta'minlash milliy xavfsizlikni ta'minlashning ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligini ko'rsatadi.Prezidentimiz tomonidan aynan Harbiy-texnika institutining bugungi kunda mamlakatimizda yagona bo'lgan harbiy universitet etib qayta tashkil etilishi, jamoat xavfsizligini ta'minlashdek muhim sohaga kadrlar tayyorlashni aynan ushbu ta'lim muassasasiga ishonib topshirilishi ham bejiz emas. Mazkur ta'lim muassasasi O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimiga o'tkazilganidan so'ng, oxirgi 3 yil davomida ilmiy salohiyati avvalgi 10 foizdan deyarli 70 foizga etib, nafaqat harbiy, balki mamlakatimizning barcha oliy ta'lim muassasalari ichida etakchi o'rinlardan birini egalladi. Universitet professor-o'qituvchilari tomonidan oxirgi uch yilda 100 ga yaqin darslik, 160 ga yaqin o'quv qo'llanma, 150 dan ziyod boshqa turdagi o'quv-metodik adabiyotlar yozildi. 40 dan ortiq ilmiy-amaliy anjumanlar to'plamlari, 20 ga yaqin amaliy tavsiyalar nashr etildi. Avvallari bironta ham ilmiy darajalar beruvchi kengash faoliyat yuritmagan bo'lsa bugungi kunda Universitetda 6 ta ixtisoslik yo'nalishlari bo'yicha 2 ta ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda. Universitetda o'qitiladigan ta'lim yo'nalishlari soni avvalgi 5 tadan 9 taga oshirildi, magistratura, sirtqi ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim fakul`tetlari tashkil etildi.

Yüklə 212,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin