Wi-Fi qisqartmasi inglizcha «Wireless Fidelity» so‘zidan kelib chiqadi, u “simsiz aniqlik” ma’nosini bildiradi. Bu nom ancha oldin muomalaga kirgan Hi-Fi (Hi Fidelity) atamasiga o‘xshash ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasiga berilgan. Odatiy kabelli tarmoqlardan farqli ravishda WLAN (Wireless Local Area Network) simsiz aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun yuqori chastotali radioto‘lqinlar ishlatiladi. Wi-Fi ostida ko‘zda tutiladigan IEEE 802.11standartlari oilasi bir necha 802.11a, 802.11b va 802.11g varintlarni o‘z ichiga oladi, ulardan har biri ma’lumotlarni uzatish tezliklari bilan farqlanadi [2,19,20]. Wi-Fi texnologiyasi 90-yillardan boshlangan. 1999 yilda 802.11b standartni ishlab chiqish yakunlandi, 2000 yilda esa simsiz aloqa uchun birinchi qurilmalar paydo bo‘la boshladi. Wi-Fi korporativ kabelli tarmoqlarga muqobil – oddiy va harajatlar bo‘yicha tejamli texnologiya sifatida o‘ylangan, chunki kabelni yotqizilishini talab qilmaydi, lekin samaradorligi kam emas. Lekin Wi-Fining imkoniyatlar korporativ foydalanuvchilarni oddiy tarmoqqa bilashtirishga qaraganda ancha keng. Shuning uchun bu texnologiyani qo‘llaydigan qurilmalarning paydo bo‘lishi bilan jamoat joylari - aeroportlar, mehmonxonalar, kafe va restoranlarda tezkor ulanish nuqtalari (yoki «xot-spotlar») ham paydo bo‘ldi va bu bilan foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar – qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetga ulanishni ochdi. Wi-Fi texnologiyasi yordamida xuddi ajratilgan liniya yordamida ulanganidek Internetdan foydalanish mumkin. Yagona farq, endi qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetda ishlash bilan birga erkin harakatlanish mumkin.