Z=S
L
50% / S
min
(4)
bu erda S
min
zaharli moddaning minimal konsentrasiyasi;
S
L
50% zaharli moddaning shunday konsentrasiyasiki, uning ta’sirida tajriba
o’tkazish uchun olingan xayvonlarning 50% i halokatga uchragan.
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, S
min
qancha katta bo’lsa, Z shuncha kichik
bo’ladi, demak zaharli modda xavfli hisoblanadi. SHuni alohida ti’kidlash kerakki,
RECHKdan tashqari, har bir ifloslantiruvchi manbalar (sex, ishlab chiqarish
korxonalari, avtotransport turlari, o’choqlar, ventilyasiyalar va boshqalar) uchun tabiatni
muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan ruxsat etilgan chegaraviy tashlama
(RECHT)lari belgilab qo’yiladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir korxona yoki yangi
loyihalanayotgan sanoat korxonasi uchun atmosfera havosiga chiqariladigan
tashlamalarning RECHTsi chegaralab qo’yiladi. RECHTning joriy etilishidan asosiy
maksad – zaharli moddalarning atmosfera havosiga chiqarishda ularning miqdori
RECHKsidan oshib ketmasligini ta’minlashdan iborat.
RECHT t/yil. yoki g/s lar bilan o’lchanadi. Agar RECHT g/s larda o’lchanadigan
bo’lsa, o’lchash davomiyliga 20 minutdan oshmasligi kerak. Agar bitta korxonada yoki
bir joyda ko’rilgan korxonalarda ob’ektiv sabablar bilan RECHT miqdori joriy
etilmagan bo’lsa, unda tabiatni muhofaza kilish davlat qo’mitasi bilan kelishilgan holda
77
tashlamalarning bosqichma-bosqich kamaytirish chora-tadbirlari ishlab-chiqiladi. Har
bir bosqichning muddati belgilanadi va atmosfera havosiga chiqariladigan
tashlamalarning miqdori ularning RECHKsiga tenglashtiriladi.
Sanoat korxonalarida RECHK va RECHTlarning joriy etilishi atmosfera
havosining musaffoligani saqlashda va xususan, iison sog’ligiga zarar etkazmaslik
yo’lida olib boriladigan ishlar va g’amxo’rliklarning katta bir namunasidir.
|