Moyli ekinlarning umumiy tavsifi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə7/19
tarix26.03.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#90088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Moyli ekinlarning umumiy tavsifi

Parvarish. Kungaboqar maysalari hosil bo'lguncha qatqaloqqa, be­gona o‘tlarga qarshi ikki izli qilib boronalash o‘tkaziladi. Begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa, maysalar unib chiqquncha gerbitsidlar ham qo‘llaniladi. O‘simlik 1—2 barg hosil qilganda qatorlarga ko‘ndalang qilib ikkinchi boronalash o‘tkaziladi. O‘simliklar jarohatlanmasligi uchun boronalash kichik tezlikda va o'simlikning turgor holati pasayganda o'tkaziladi.
Qator oralari KRN—4,2 kultivatorlari bilan ishlanadi. Birinchi kul-
tivatsiya 6—8 sm, ikkinchisi 8—10, uchinchisi 6—8 sm chuqurlikda o'tkaziladi. Qator oralarini ishlash o‘simlik bo‘yi 60—70 sm ga yet- ganda to'xtatiladi. Sug‘orishlardan keyin tuproq yetilishi bilan qator oralarini ishlash yaxshi natija beradi.
Kungaboqar gullaganda asalari uyalarini ekinzor yaqiniga joylash- tirish puch urug'lar hosil bo'lishini keskin kamaytiradi. Asalari uyala- rining 1—2 donasini 1 gektarga joylashtirish urug‘ hosilini 1—1,5 s ga oshiradi.
Sug‘orish. Kungaboqar 1 s urug‘ hosil qilishi uchun 175—185 t suv sarflaydi. Moyli kungaboqarni sug'orish rejimi nam to‘playdigan sug‘orish va o‘suv davridagi sug‘orishlardan iborat. Nam to'playdigan sug‘orish kuzgi shudgorlashdan keyin 2000—3000 m3/ga me’yorda o‘tkaziladi. O‘suv davridagi sug‘orishlar 3 marta bo‘lganda, birinchisi savatchalari hosil bo‘lishida, ikkinchisi gullashning boshlanishida, uchin­chisi urug" to‘lishining boshlanishidan oldin o‘tkaziladi (Krujilin). Sug'orish me’yori 600—1000 m3/ga. Gullashda tuproqdagi CHDNS 70 %, gullash-pishishda 80 % dan kam bo'lmaganda, gektaridan 30—32 s urug‘ hosil olish mumkin.
Sug‘orishlar soni, me’yori, yog‘ingarchiliklar, sizot suvlarining joy- lashish chuqurligiga bog'liq holda 3—6 marta o‘zgarishi mumkin. Sug'oriladigan yerlarda moyli kungaboqar urug'i hosili 2 baravar va undan ko‘proq oshishi mumkin.
Hosilni yig‘ishtirish. Kungaboqar urug'larining ekinzorda 90 % sa- riq-qo‘ng‘ir, qo‘ng‘ir tusga kirib, savatchalar qurib, urug‘ namligi 12—

  1. % ga yetganda hosil yig'ishtirishga kirishiladi.

Urugdar qiyg'os bir tekis yetilishini ta’minlash uchun gullashdan keyin 40—45 kun o'tgach, urug'lar namligi 30—35 % ga yetganda 20 kg/ga me’yorda xlorat magniyni desikant sifatida 100 1 suvga aralashtirib qo‘llash yaxshi natija beradi.
Bunda desikatsiya o'tkazilgandan keyin 10—15 kun o‘tgach, urugiar namligi 12—16 % kamayadi. Desikant sifatida reglonning 3 kg/ga me’yorda qo'llanilishi ham yaxshi natija bermoqda.
Hosilni yig‘ ishtirish PNP—1,5 maxsus moslamasi bilan jihozlangan SK—5 «Niva» yoki «Keys» kombaynlarida o'tkaziladi. PSP—1,5 mos­lamasi bilan jihozlangan kombayn savatchalarni qirqadi, yanchadi, urug'larni bunkerda to'playdi, poyalarni 10—12 sm balandlikda qirqib

  1. sm maydalab, dalaga sochib tashlaydi.

Yanchib olingan urugMar OVP—20 rusumli mashinalarda tozalana- di va keyin don tozalaydigan OS—4,5 A, ZAV—20, ZAV—40 yoki Petkus-gigant mashinalaridan o‘tkaziladi.
Saqlanayotgan urug'larda namlik 7 % dan oshiq bo'lmagan holda, 1 m qalinlikda saqlanadi. Xaltalarda saqlansa namlik 8—10 %, texnikaviy maqsadlarda ishlatiladigan urug'lardagi namlik 10—12 % dan ortiq bo‘lmasligi talab qilinadi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin