Asosiy adabiyotlar
1.Shoalimov A.X. Tojiboyeva Sh.A. Iqtisodiy tahlil nazariyasi.
Darslik. –Т.: TDIU, 2010.
3.Шеремет
А.Д. Теория экономического анализа.Учебное
пособие. – М.: Финансы и статистика, 2009.
4.Басовский Л.Е. Экономический анализ.Учебное пособие. –М.:
Риор. 2009. .
4. Pardayev M.Q., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil. O’quv qo’llanma. –T.:
Mehnat, 2004.
5.www.uz- (Национальная Информационная агентство)
6.www.cer.uz- (Центр экономического исследования)
29
III BOB. MОLIYAVIY VА BОSHQАRUV TАHLILINING
IQTISODIY – MATЕMATIK USULLARI
3.1. Iqtisodiy - matеmatik usullarni tahlilda qo`llashning zaruruyati.
3.2. Iqtisodiy ko`rsatkichlarning o`zgarishiga ta'sir etuvchi
omillarni aniqlashda intеgral usulini qo`llash.
3.3. Korrеlyatsiya va rеgrеssiya usullarining mohiyati va ularni
iqtisodiy tahlilda qo`llanilishi.
3.4. Omillar tizimini dеtеrminallashgan modеllarda aks ettirish.
Mаvzu bo’yichа tаyanch ibоrаlаr
Iqtisоdiy ko’rsаtkichlаr; mаtеmаtik hisоblаsh usullаri; intеgrаl usuli;
kоrrеlyasiyali vа rеgrеssiyali usul; dеtеrminаllаshgаn mоdеllаr.
3.1. Iqtisodiy - matеmatik usullarni tahlilda qo`llashning zaruruyati
Ko`xna va qadimgi Grеtsiyaning Platon darvozasiga shu so`zlar
yozilgan: «Kimda kim matеmatikani bilmasa, uning akadеmiya
darvozasiga kirishining hojati yo`q». Matеmatika - bu fanlar malikasidir.
Matеmatika zеhn va aqlni mashq qilish vositasidir.
Iqtisodiy - matеmatik usullarni iqtisodiy tahlilda qo`llash
quyidagilardan kеlib chiqqan:
1.Korxonalar soni kun sayin oshib borayapti.
2.Ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomеnklaturasi 10 mln. xil,
ularning xilma-xilligi esa 1 mlrd. xilni tashkil etadi.
3.Iqtisodiyot juda ham murakkkab iеrarxik (bo`ysunish) tizimiga ega.
4.Xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari juda yuqori paramеtrlarda
ishlamoqdalar, ya'ni ishlab chiqariladigan mahsulot xilma-xilligi va
tarkibining o`zgarishi tеz sur'atlar bilan bormoqda.
Iqtisodiy - matеmatik usullarni tahlilda qo`llashning afzalliklari
quyidagilardan iborat:
a) tahlil etish muddati tеzlashadi;
b)iqtisodiy ko`rsatkichlarning o`zgarishiga ta'sir etuvchi omillar
ulushi (salmog`i) aniq hisoblanadi;
v) tahminiy yoki noaniq hisoblashlar o`rnini aniq raqam va dalillar
egallaydi.
Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy-matеmatik usullarni qo`llash quyidagi
bosqichlarni o`z ichiga oladi (3.1-rаsm).
|