Kritik nuqta
=
Umumiy summadagi doimiy sarflar
Birlikdan kutilayotgan marjinal daromad
Bizning misolda bu quyidagicha bo’ladi:
30000000 : 516700 = 58061 dona = 58062 dona,
62 mln. so’m : 120000 dona = 516700 so’m.
Marjinal yondashishda menedjer doimiy sarflar haqida ma’lumot oladi; ular
umumiy marja bilan qoplanadimi yoki yo’qmi?
Mahsulotning har bir turidan marjinal daromadning hajmi haqida, har bir
mahsluotning marjinalligi haqida ma’lumotlarni yig’adi va chuqur o’rganadi.
Bizning misolda:
A mahsuloti = 400
/
2000 x 100 = 20 %,
V mahsuloti = 1100
/
3000 x 100 = 36,7 %.
Mahsulotning marjinalligi - bu daromadga (bahoga) foizli nisbatda bo’lgan
mahsulot birligiga to’g’ri keladigan marjinal daromaddir.
Marjinal daromad narxni qayta ko’rib chiqish, ishlab chiqarilayotgan
mahsulot assortimentini o’zgartirish, mahsulotni sotishni rag’batlantiruvchi
mukofotlarning miqdorini o’rnatish, reklama kampaniyasini o’tkazish va boshqa
marketing muomalalar bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv qarorlari asosida yotadi.
320
Grafik usul zararsizlik bo’yicha iqtisodiy va buxgalterlik modullarining
grafiklarini tuzish asosida yalpi daromadning sotishga, xarajatlar va foydaning
ishlab chiqarish hajmiga nazariy bog’liqligini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish hajmining xarajatlari va foyda hulqining iqtisodiy moduli
subyekt qancha va qanday sharoitlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
o’sayotgan miqdorini sotishi mumkinligini ko’rsatadi. Uning asosida narxlarning
pasayishini sotish hajmining o’sishiga, demak, ishlab chiqarish hajmiga bo’lgan
ijobiy va salbiy ta’sirini aniqlash mumkin (9.2-chizmaga qarang).
Daromad
va
sarflar,
m.s.
A
V
S
D
K
0 Ishlab chiqarishning hajmi
9.2-chizma. Хarajatlar va mahsulot hajmining grafigi
AD chizig’i- yalpi xarajatlar- AV bo’lagi ishlab chiqarishning katta
bo’lmagan hajmida ularning o’sishini ko’rsatadi, VS bo’lagida yalpi xarajatlar
chizig’i tenglasha boshlaydi. Bu demak, subyekt ishlab chiqarish quvvatlarini,
ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz grafigini va mahsulotni seriyali chiqarishni
to’laroq ishlatishi mumkin. S nuqtasidan yuqoriroqdagi bo’lakda yalpi xarajatlar
chizig’i o’sa boshlaydi. Bu ishlab chiqarish imkoniyatining loyiha darajasidan
yuqoriroq ishlatilishini ko’rsatadi: xom-ashyo yetishmasligi, ishlab chiqarish
jarayoni grafigining doimiy buzilishi, vaqtdan tashqari ishlarning mavjudligi va
321
mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarning tezda oshishini keltirib chiqaruvchi
boshqa hodisalardan iborat.
AK chizig’i ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan doimiy
xarajatlarning hajmini ko’rsatadi. Subyektning yalpi daromadi mahsulotga bo’lgan
narxlarni ko’rsatuvchi OS chizig’ida ko’rsatilgan.
Iqtisodiy modul asosan ishlab chiqarish hajmining o’sishi va pasayishi
holatlarida o’zgaruvchan xarajatlarning hulqini yoritadi. Iqtisodchilar ikki turdagi
ta’sirni ajratadilar: masshtabning o’suvchi va salbiy ta’siri.
Masshtabning o’suvchi ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan
xarajatlar ishlab chiqarishning past darajalarida yuqori va ishlab chiqarishning
ko’proq unumliroq darajasida tenglashadi.
Masshtabning salbiy ta’siri- mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan sarflar
zaxiralarning taqchilligi va tanqis sharoitlar natijasida ishlab chiqarishning
samarali darajasidan tashqarida tezda o’sib ketadi.
Zararsizlikning buxgalteriya moduli- bu yalpi daromad bilan yalpi
xarajatlarning ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liqligining chiziqli
grafigidir. Тahlil uchun asos bo’lib zararsizlik (kritik) nuqtani hisoblash xizmat
qiladi. Foyda maydoni bilan zararlar maydoni kritik nuqtadan o’nga va chapga
tarqaladi (9.3-chizmaga qarang).
Yalpi
daromad
va sarflar,
m.s.
Darom
ad
S
D
322
V
A
K
doimiy
0
Mahsulot biriligi va sotish hajmi
Zarar Kritik nuqtadagi hajmi Foyda
9.3-chizma. Zararsizlikning buxgalteriya moduli
Grafikda zararsizlikning bitta V nuqtasi va ishlab chiqarish hajmining loyiq
maydoni (diapazoni) ko’rsatilgan. shunda AK chizig’i doimiy xarajatlarni, AD-
yalpi xarajatlarni ko’rsatadi, KD bo’lagi o’zgaruvchan xarajatlarning hajmini, OS-
mahsulotni sotishdan tushgan daromadni tavsiflaydi. Buxgalteriya moduli
kelajakka rejalashtirilgan ishlab chiqarish darajasida yalpi xarajatlar va
daromadlarning o’zgarishini ko’rsatadi.
Real sharoitlarda xarajatlarning hulqi nafaqat ishlab chiqarishning jismoniy
hajmiga bog’liq.
Ular bilan birga xomashyo va materiallar, sotib olinadigan YaТMlar, ishlab
chiqarish unumdorligi, texnologiya va rejani tuzishdagi o’zgarishlar, iqtisodiy
taqchillik va boshqalarga bo’lgan narxlar ham ta’sir ko’rsatadilar. Shuning uchun
foyda, xarajatlar va hajm hulqini tahlil qilishda hisoblarning aniqligi va
323
ishonchliligini chegaralovchi kamchiliklar ishlatiladi va ular quyidagilardan
iborat:
yalpi xarajatlar va mahsulotni sotishdan tushgan daromad qat’iy
belgilangan va chiziqli hisoblanadi;
hamma xarajatlar doimiy va o’zgaruvchanlarga bo’linadi;
doimiy sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydoni darajasida
mustaqil bo’lib qoladi;
o’zgaruvchan sarflar ishlab chiqarishning o’rganilayotgan maydonida
hajmga nisbatan to’g’ri mutanosib; mahsulot sotish narxi o’zgarmaydi;
ishlab chiqarishda ishlatiladigan material va xizmatlarga bo’lgan narxlar
o’zgarmaydi;
tizimli siljishlar yo’q;
ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng, yoki sotilmagan mahsulotning
boshlang’ich va yakuniy zaxiralarining o’zgarishlari orasidagi farq uncha ko’p
emas.
Shunday qilib, xatolar doimo qayta ko’rib chiqiladi, chunki biznes dinamikali
emas. Boshqaruv hisobi xarajatlarning xulqi haqida doimo ma’lumot tayyorlaydi
va vaqti-vaqti bilan sinish nuqtasini ya’ni kritik nuqtani aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |