369
5-guruh
40
43
3
S
6-guruh
55
53
-2
I
3. Yalpi daromad- ja’mi (1-2)
250
240
-10
S
Shundan: 1-guruh
80
28
-52
S
2-guruh
50
46
-4
S
3-guruh
25
28
3
I
4-guruh
30
49
19
I
5-guruh
35
52
17
I
6-guruh
30
47
17
I
4. Muomala xarajatlari- ja’mi
180
160
-20
I
Shu jumladan:
mehnat xaqi sarfi
60
55
-5
I
mehnat xaqi jamg’armasidan ajratma
24
22
-2
I
ijara to’lovi
15
15
0
-
litsenziya to’lovi
10
10
0
-
AV va NMA eskirishi
20
20
0
-
reklama sarfi
19
18
-1
I
idora sarfi
22
22
0
-
boshqa sarflar
14
12
-2
I
5. Foyda yoki zarar (3-4)
70
80
10
I
* I-ijobiy, S-salbiy
Hisobotdan ko’rinib turibdiki, o’tgan oyda do’kon budjet ko’rsatkichlarining
hamma parametrlari bo’yicha rejani bajargan. Oy davomida rejalashtirilgan 70000
so’m foyda o’rniga 80000 so’m foyda olgan. Ushbu 10000 so’m
ortiqcha foyda
do’kon direktorining nazorat qiladigan sarflarga to’g’ri ta’sir qilishining natijasi
370
hisoblanadi. Тasdiqlangan budjetga asosan mart oyida do’konning muomala
xarajatlari 180000 so’m qilib belgilangan. Haqiqatda esa 160000 so’m sarflanib
20000 so’m tejalgan. Lekin foyda bo’yicha budjet topshirig’i esa faqat 10000
so’mga ortiqcha bajarilgan. Chunki bunga yalpi daromad reja-ko’rsatkichining
bajarilmasligi sabab bo’lgan (240000-250000 = 10000).
Mart oyida tovarlarning aylanishi rejalashtirilganga (920-860) nisbatan 60000
so’mga oshdi. Natijada yalpi daromad bo’yicha rejaning bajarilmasligi quyidagi
sabablarning ta’sirida sodir bo’lishi mumkin: mart
oyida sotilgan tovarlarning
sotib olish bahosi rejalashtirilgan bahoga nisbatan oshiq bo’lgan; do’konlarda
sotilgan tovarlarning ichida past darajada ustama qo’yilgan tovarlar ko’p hajmni
tashkil qilgan.
Demak, 1-sabab ushbu do’kon direktorning qaroriga bog’liq emas, balki bu
tashqi omil, ya’ni tartibga keltirilmaydigan sarflar hisoblansa, ikkinchi sababni esa
direktorning o’zi nazorat qilishi mumkin edi, chunki ustama qo’yish masalasini
do’konning direktori yecha oladi. Direktorning faoliyatini
baholash jarayonida
ushbu sabablar va ularning isboti inobatga olinishi lozim.
Хulosa qilganda har bir do’kon faoliyatining samaradorligi tovarlarning
aylanishi hajmining ko’rsatkichi bilan baholanadi. Lekin ushbu baholash xolis
hususiyatga ega bo’lishi lozim. Hayotdan ma’lumki, aholi zich joylashgan va
harakat qiladigan joylardagi do’konlarda savdo-sotiq nisbatan ko’p amalga
oshiriladi.
Bundan tashqari, tovarlarni sotish hajmi tovarlarning turi, ularga talab
va savdo litsenziyasining mavjudligiga ham bog’liq. Shunga o’xshagan
masalalarni asosan kompaniyaning bosh direktori yechadi va bu omillar do’kon
direktori faoliyatining sifati bilan bog’liq emas. Natijada ushbu omillar u yoki bu
do’konning budjeti shakllantirilayotganda va uning faoliyati baholanayotganda
hisobga olinishi lozim. Ushbu yuqorida tasnif berilgan va yoritilgan baholash
chegaralari moliyaviy chegaralarga kiradi.
371
Faoliyatini baholashning nomoliyaviy chegaralariga
esa xizmat qilishning
sifati, sotuvchilarning xushmuomala va chaqqonligi kiradi. Chunki ushbu xatti
harakatlari bilan sotuvchilar do’kondan xaridorlarni quruq chiqarmay u yoki bu
tovarni sotib olishga undaydilar. Markaziy idora va omborlar faoliyatining
natijasini baholash tartibi foyda markazlarining faoliyatini baholash kabi
belgilanadi. Quyida mart oyida markaziy idoraning xarajatlar bo’yicha
tuzilgan
budjetining bajarilishi bo’yicha hisoboti keltirilgan (9.11-jadvalga qarang).
B- buxgalteriya, K-kompyuter bo’limi, Т- ta’minot bo’limi, M- ko’chmas
mulk bo’limi, S- sotish bo’limi.
Хarajat markazlarining xodimlarini rag’batlantirish uchun esa ularning
shaxsiy faoliyati, qo’shgan xissasi, ijrochilik qobiliyati, madaniyati e’tiborga
olinadi. Rag’batlantirishlar pul ko’rinishida- mukofot,
dam olish uylariga va
davolashga bepul yo’llanma, sayohat, xizmat lavozimining pog’onasidan
ko’tarilish ko’rinishida bo’ladi.
Hisobotda sarflangan xarajatlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilganligi uchun
«
+
» belgisi ijobiy va «-» belgisi salbiy holatlarni bildiradi. Mart oyida
kompaniyaning ma’muriyati tomonidan sarflangan xarajatlarning budjetga
nisbatan 160000 so’mga tejalgani ko’rinib turibdi. Ushbu ko’rinishdagi tuzilgan va
taqdim qilingan hisobotda xarajatlar uning turlari- moddalari bo’yicha
nazorat
qilishdan tashqari har bir mas’uliyat markazlari bo’yicha ham nazorat va tahlil
qilish imkoniyatini yaratadi.
9.11-jadval
Kompaniya idorasining mart oyidagi budjetining bajarilishi bo’yicha
hisobot (ming so’m)
Dostları ilə paylaş: