hamda 18/1-sonli “Tugallangan kapital mablag‘ sarflashlar bо‘yicha xarajatlar”
nomli qaydnomalarda yuritiladi.
18
Asosiy vositalar va nomodiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq kapital
qо‘yilmalar hisobining о‘ziga xos xususiyatlarini kо‘pib chiqamiz.
Misol. Korxona etkazib beruvchiga montaj talab qiluvchi ishlab chiqarish
uskunasini etkazib berish uchun 18400 ming sо‘m miqdorida 100 foiz bо‘nak
о‘tkazdi. Ushbu uskunani etkazib berish uchun tpanspopt tashkilotiga 330000 sо‘m
tо‘landi. Etkazib beruvchidan olingan uskuna korxona omboriga kirim qilindi.
Korxonaning yordamchi tsexi tomonidan amalga oshirilgan uskunani montaj qilish
bо‘yicha xarajatlar 540000 sо‘mni tashkil qildi.
Usqunani xarid qilish, etkazib berish va montaj qilish bо‘yicha haqiqiy
xarajatlar kapital qо‘yilmalar tarkibiga kiritilib, sо‘ngpa ular asosiy vositalar
ob’ektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga asosan asosiy vositalar tarkibiga
о‘tkaziladi, ya’ni bunda uskunaning boshlang‘ich qiymati 19270000 sо‘mni tashkil
qiladi.
Dostları ilə paylaş: