o'matilgan tartibga talab qilinadigan informatsiyalar soni va sifati miqdori ko'paytmasi) - (emitent tomonidan real ta’minlab berilgan informatsiyaning soni va sifati miqdori ko'paytmasi). Bunda informatsiyaning sifat miqdori emitentning moliya bozoridagi imidjini tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi iqtisodiy (moliyaviy), korporativ boshqaruvi, moliyaviy instru- mentlari va boshqa ko'rsatkichlari asosida baholanishi mumkin bo'lgan reytingi va/yoki reytingi yordamida ifodalanadi. Informatsiyalar soni esa emitent tomonidan berilishi lozim bo'lgan hisobot- lar va ma’lumotlar miqdoridan kel'ib chiqadi. Dunyoning barcha mamlakatlari moliya bozorlarida eng asosiy, salmoqli va sifatli emitent sifatida vakolatli davlat organ- lari (Moliya vazirligi, Markaziy bank) hisoblanadi. Keyingi o'rinda esa mahalliy hokimiyatlar (meriyalar, munitsipalitetlar, hokimiyat- lar) turadi. Davlat organlarining professional emitent sifatidagi faoliyatlari davlat moliyaviy instrumentlarini (milliy valutasi va qimmatli qog'ozlarini) davlatning iqtisodiy siyosatini yuritish maqsadida chiqarish orqali amalga oshiriladi. Xuddi shu maqsadda davlat organlari professional investitsion faoliyatni va professional moliya instituti operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Bu faoliyatlar bilan birga vakolatli davlat organlari moliya bozorini tartiblashtirishni (muvofiqlashtirish va nazorat qilishni) amalga oshiradi. Emitentlar moliya bozorida moliyaviy instrumentlarini chiqa- ruvchi va ulami real bazisiga bo'lgan ekvivalentlilik darajasini ta’minlovchi institutlar rolini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, emitentlar o'zlarining moliyaviy instrumentlari sifat ko'rsatkich- larini aks ettiruvchi biznes kapitali rolini bajaradi. O'z navbatida, bir vaqtning o'zida moliyaviy instrumentlar ulami chiqaruvchi emitentning biznes sifatini aks ettiruvchi bozor kapitali rolini bajaradi. Emitent moliyaviy instrumentlar manbai bo'lib, moliya bozorining investitsion retseptori (moliyaviy resurslarni qabul qiluvchi va ulami ishlab chiqarishda ishlovchi real kapitalga aylan- tiruvchi) va moliyaviy instrumentlami daromad (zarar) bilan ta’minlovchi biznes kapitali (iqtisodiyotning tijorat subyekti bo'lsa, davlat organlari bundan mustasno) hisoblanadi. Qimmatli qog'ozlar emissiyasidagi majburiyatlar bo'yicha javobgarlik emitentlaming zimmasidadir.